Akkeditiv – mijozning topshirigiga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir.
Unga ko’ra akkreditiv ochgan bank (bank imitent) uning kontragenti - mablaglarni oluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish yoki boshqa bankka bu turdagi to’lovni bajarish uchun vakolat berish majburiyatini mablaђlar oluvchi tomonidan xujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda oladi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
- qoplangan (deponentlangan);
- qoplanmagan (kafolatlangan).
Akkreditivlar bank tomonidan ko’zda tutilmagan xolatlarning alohida hisob varaqlarida va 22602 – «Mijozlarning akkredtivlar bo’yicha depozitlar» hisob varaђida hisobga olinadi. Ќar bir mablaђlarni oluvchi uchun unga xizmat kursatuvchi bankda akkreditivlar bo’yicha alohida depozit hisob varaqlari ochiladi.
Šoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, bank emitent uni ochish vaqtida mijozning o’z mablaђlarini yoki unga berilgan kreditni bank – emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga utkazishi shart.
Šoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank – emitent ijrochi bankka akkreditivning butun so’mmasini bank – emitentning ijrochi bankida yuritilayotgan hisob varagidan kuchirish xuquqini beradi.
6. Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish
Plastik kartochkalar tegishli bankda kartochka egasining hisob varagi mavjudligini tasdiklovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish xuquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to’lov vositasini o’zida ifoda etadi.
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan, mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat kursatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomondan, o’rtasida bo’ladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarda, shuningdek naqd pul berish punktlari (terminal) va bankomatlardan naqd pul olishda qullaniladi.