7. Hisob – kitob qatnashchilarining xuquq va majburiyatlari va boshqalar
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Korxona va tashkilotlar o’z pul mablaђlarini (qarzga olganlarini ham) banklarda saqlashi zarur;
2. Barcha naqd pulsiz hisob – kitoblarni bank orqali o’tishi;
3. Xo’jalik subyektlari hisob – kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari.
4. Xo’jalik subyektlarining hisob – kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bankni aralashmasligi;
5. Tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshirilishi;
5. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
5. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
Hisob – kitoblar shakli deganda xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan hisoblashuv xujjatlarining turi va xujjat aylanishi tartibi bilan farq qiladigan mablaђlarni naqd pulsiz utkazish shartlari tushuniladi.
Hisob - kitob operasiyalari banklar tomonidan korxona uchun ochilgan hisob varaqlaridan mijoz bilan hisob – kitob xizmati kursatish yuzasidan to’zilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 1998 yil 27 iyundagi 60 – sonli «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida Nizom»ga asosan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
To’lov talabnomalar bilan hisob-kitoblar
To’lov talabnomalar bilan hisob-kitoblar
To’lov talabnoma – bu mablag oluvchining begilangan so’mmani to’lovchi tomonidan bank orqali to’lashi to’ђrisidagi talabini o’z ichiga olgan hisob – kitob xujjatidir.
Talabnomalar yuklab junatilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, kursatilgan xizmatlar, shuningdek tomonlar shartnomasida ko’zda tutilgan boshqa to’lovlar uchun quyilishi mumkin.
Talabnomalar tomonlar o’rtasida to’zilgan shartnomaga asosan akseptli va akseptsiz bo’lishi mumkin.
Bank tomonidan to’lovchilarga talabnomalarni quyidagi akseptlash tartibi va muddati belgilangan:
- Bir xudud ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni banka kelib tushgan kunidan tashqari 3 ish kunida
- Boshqa xududlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalar bankka kelib tushgan kunidan tashqari 5 ish kunida
- To’lovchining asosli iltimosiga ko’ra 10 ish kunigacha
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi.
To’lovchining hisobvaraђida mablaђlar yetarli bo’lmaganda talabnoma to’lovini bank qisman amalga oshiradi. Šolgan so’mmadagi talabnoma 2 – kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa tomonida to’langan so’mma yozib ko’rsatiladi.