Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа


Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash



Yüklə 39,25 Kb.
səhifə6/11
tarix20.01.2023
ölçüsü39,25 Kb.
#79781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. (1)

Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalariga nisbatan
limitlar belgilash.

Ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini
yuqori chegarasini belgilash, ya’ni foiz stavkalarini limitlash qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida ham 1999 yilga qadar tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilab qo‘yish amaliyoti mavjud edi. Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash. Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash, ya’ni depozitlarga to‘lanadigan foizlarning yuqori chegarasini belgilash depozitlarning qimmatlashib ketishining oldini oladi.
Selektiv kreditlash. Selektiv kreditlashni tanlanma kreditlash deb ham atash mumkin. Selektiv kreditlash Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi yoki tarmog’ini bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tratta – bu uzatma tijorat vekselidir. Tijorat veksellarining ikki turi mavjud:
oddiy va uzatma tijorat veksellari. Tijorat veksellarini boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Shu jihatdan olganda, ular pulning to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi.

5.Pulga bo‘lgan talab, pul taklifi va pul agregatlari. Pulga bo‘lgan talab va uni baholash
M. Fridmen miqdoriylik nazariyasini pullarga bo‘lgan talab
nazariyasi ekanligini o‘zining ilmiy izlanishlarida e’tirof etgan23. Shu
jihatdan olganda, pullarga bo‘lgan talab konsepsiyasi monetarizmning
asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. M. Fridmenning pullarga talab nazariyasida pullarga bo‘lgan nominal talab nominal daromad va nominal foiz me’yorining funktsiyalari sifatida ifodalanadi:
+ - Md= f (Yn, i),
bunda:
Md — pullarga bo‘lgan nominal talab;
Yn — nominal daromad;
i — nominal foiz me’yori.
Yuzaki qaraganda ushbu tenglama J. Keynsning pullarga bo‘lgan
talab nazariyasini eslatadi. Buning sababi shundaki, J. M. Keynsning
pullarga talab konsepsiyasida talab foiz me’yorining dinamikasi asosida
aniqlanadi. J. Keyns va uning izdoshlari foiz stavkasini pullarga bo‘lgan
talab va taklifni tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar.
J. M. Keynsning nazariyalarida pullarga ishlab chiqarishning endogen omili sifatida qaraladi24 va pullarni likvidli aktiv sifatida
saqlashning sub’ektiv asoslari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy
e’tibor ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda pul
mablag’laridan foydalanishga qaratildi. J. Keynsning pullarga talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o‘rin egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish yo‘li bilan ishsizlik darajasi va iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qilish mumkin, deb hisoblaydi.

Yüklə 39,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin