Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа



Yüklə 39,25 Kb.
səhifə8/11
tarix20.01.2023
ölçüsü39,25 Kb.
#79781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. (1)

5.2. Pul agregatlari
Pul agregatlari pul massasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Har qanday Markaziy bank pul agregatlarini shakllantirishda quyidagi pintsiplarga asoslanadi:
1. Pul agregatlari likvidlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarga likvidlilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarni ketma-ket qo‘shib borish
yo‘li bilan shakllantiriladi.
2. Har bir pul agregati o‘zidan oldingi pul agregatini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan pul agregatlariga kiradi:
M0 – muomaladagi naqd pullar;
M1 = M0 talab qilib olinadigan depozitlar + chekli omonatlar + yo‘l cheklari;
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari;
M3 = M2 + depozit sertifikatlari + jamg’arma sertifikatlari + davlatning qimmatli qog’ozlari.
Qayd etish joizki, AQSh bank amaliyotida pul massasini tavsiflash
maqsadida quyidagi pul agregatlaridan foydalanilmoqda:
M0 - Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar;
M1 - M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari + kredit
kartochkalari;
M2 - M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar + jamg’arma
depozitlari + pul bozorining depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar +
qisqa muddatli REPO bitimlari + yevrodollardagi depozitlar;
M3 - M2 + yirik summadagi depozit sertifikatlari + moliya
bozorlarida muomalada bo‘lgan o‘zaro fondlarning pul mablag’lari +
muddatli REPO hisobarqamlari + yevrodollardagi muddatli shartnomalar; L – M3 davlatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari + korporativ qimmatli qog’ozlar + jamg’arma obligatsiyalari + bank aktseptlari.
6.Pul-kredit sektori tahlili uslubiyati. Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish. Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharhi.
Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir
qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi. Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pulkredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisobkitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi. Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, xorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narxlar va TBning holatiga ta’sir mexanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu paragrafda TBga monetary yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narxlar va TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin. Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli xil vosita va yondoshishlardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar nazariy asoslarining markaziy elementi bo‘lib pul-kredit agregatlari va soliq-budjet operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, TBning yakuniy holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit sektori hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda muhimdir. Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiga qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar makroiqtisodiy statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy holatni
kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta
ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga
oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 39,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin