Mavzu: Пул кредит сиёсати


Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi kanallari



Yüklə 491,5 Kb.
səhifə8/13
tarix29.05.2022
ölçüsü491,5 Kb.
#59956
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Пул кредит сиёсати

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi kanallari.


Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi o’zida Markaziy bank foiz stavkalari o’zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o’tkazish jarayonini aks ettiradi.
Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

Foiz kanali pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o’zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko’rsatib, investitsiya / jamg’arma darajasini o’zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o’zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o’zgarishi, o’z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi.
Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud bo’lmasada, foiz stavkasi o’zgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga oshadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo’yicha tahlillar ular orasida barqaror bog’liqlik mavjudligini ko’rsatmoqda.
Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O’zbekiston sharoitida cheklanganligini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Xususan, banklararo pul bozorida tijorat banklari faoliyatining sustligi va operatsiyalar hajmlarining kichikligi foiz kanalining samaradorligini pasaytiradi.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tug’ilganda Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish bo’yicha operatsiyalar amalga oshiriladi.
Likvidlik taqdim etish va jalb qilish bo’yicha pul-kredit siyosati instrumentlari turlarining kengaytirilishi Markaziy bankning asosiy operatsiyalari bo’yicha foiz koridorini shakllantirishga hizmat qiladi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor mexanizmlari ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi transmission mexanizmning foiz kanalini sezilarli darajada mustahkamlab boradi.
Kredit kanali pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir kanallaridan biri bo’lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.Mazkur kanalning samaradorligi ko’p jihatdan kredit resurslariga bo’lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining o’zgarishiga nisbatan ta’sirchanligiga bog’liq hisoblanadi.
Umumiy depozit va kreditlar tarkibida xorijiy valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi hamda xufyona iqtisodiyotning mavjudligi kabi omillar iqtisodiyotni kreditlash hajmiga ta’sir ko’rsatishga asoslangan pul kredit siyosatining samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi.
O’z navbatida, tijorat banklari tomonidan kreditlarni bozor shartlari asosida berilmasligi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida imtiyozli va maqsadli kreditlar berilishi kredit kanali samaradorligining pasayishiga sabab bo’ladi.
Odatda bunday hollarda Markaziy bank tijorat banklariga nisbatan prudensial nazorat talablarini kuchaytirish va pul-kredit siyosatining instrumentlaridan oqilona foydalanish asosida milliy valyutadagi kredit va depozitlarning jozibadorligini oshirish siyosatini olib boradi.

Yüklə 491,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin