Mavzu: Пул кредит сиёсати


Pul-kredit va fiskal siyosatning o’zaro bog’liqligi, uning yetkazish mexanizmi. Qattiq va yumshoq pul-kredit siyosati



Yüklə 491,5 Kb.
səhifə6/13
tarix29.05.2022
ölçüsü491,5 Kb.
#59956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Пул кредит сиёсати

Pul-kredit va fiskal siyosatning o’zaro bog’liqligi, uning yetkazish mexanizmi. Qattiq va yumshoq pul-kredit siyosati.


Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonaviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIMga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga har xil baho beradilar. Keynschilar fikricha, monetarist siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Keynschilar pul taklifining YaIMga ta’sirini quyidagi ketma –ketlikda amalga oshadi deb hisoblashadi:

  • Pul taklifining o’zgarishi foiz stavkasining o’zgarishiga olib keladi;

  • Foiz stavkasining o’zgarishi o’z navbatida, investitsiyalarga bo’lgan talabni o’zgartiradi;

  • Investitsiyalarga talab o’zgarishi yalpi talab (yalpi xarajatlar)ning o’zgarishiga olib keladi;

  • Yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmiga (YaIMga) ta’sir etadi.

Monetaristlar pul miqdorining o’zgarishi bilan YaIM o’zgarishi o’rtasida yaqinroq aloqa mavjud; ya’ni pul miqdorining o’zgarishi bevosita YaIM o’zgarishiga olib keladi deb hisoblashadi.
Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar.
M x V = R x Y
Agar R x Y = nominal YaIM bo’lsa, unda tenglamani quyidagicha yozish mumkin bo’ladi:
M = YaIM / V;
Bu erda: M - pul taklifi;
V - pulning aylanish tezligi yoki aylanishlar soni;
R - tovar va xizmatlarning o’rtacha bahosi; Y - real YaIM.
Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar.
Hozirda mavjud bo’lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo’shib, o’zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv ko’proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi.

Markaziy bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.


Agar pulga talab inflyatsiya tasirida ko’paysa qattiq pul kredit siyosatini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Mabodo pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash o’rinlidir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yanada oshadi. Xususan, davlat iqtisodiyotga kredit tizimi orqali faol ta’sir ko’rsata boshlaydi.
Bunda ssudaga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz vositasidan foydalanadi. Ma’lumki, kredit munosabatlarida Markaziy bank markaziy zaxira vazifasini o’taydi va ular davlat ta’sirida bo’ladi. Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni markaziy zaxira tizimi orqali o’zgartiradi. Ushbu jarayonni uch xil yo’l bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, davlat markaziy zahira tizimi orqali banklar mablag’ining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, markaziy zaxira tizimi o’zi boshqa banklardan oladigan foizlarni o’zgartiradi. U boshqa banklarga past foiz hisobidan qarz berib, ularga moliyaviy yordam ko’rsatadi. Imtiyozli qarz olish banklarga quvvat berganidan ular kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishga ta’sir eta oladilar.
Uchinchidan, davlat markaziy zaxira tizimi orqali xazina veksellarini (majburiyatlarini) tarqatadi, o’z zayomlarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarni sotib oladi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o’tkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi.
Pul kredit siyosatining ishlab chiqarish hajmiga ta’siri yuqorida ta’kidlanganidek pul taklifi o’zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi o’zgarishining esa investitsiya xarajatlari hajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar hajmiga ham) va yalpi xarajatlar o’zgarishining ishlab chiqarish ya’ni yalpi taklif hajmiga ta’siri ko’rinishida bosqichma-bosqich ro’y beradi. Foiz stavkasining pul o’zgarishiga tasirchanligi past bo’lishi pul kredit siyosatini amalga oshirishda muammolarni keltirib chiqaradi.
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas bog’liq. Agarda Markaziy bank qayd qilingan valyuta kursini saqlab turishni maqsad qilib qo’ysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo’lmay qoladi. Chunki almashinuv kursini ta’minlab turish uchun valyuta zaxiralarini ko’paytirib yoki kamaytirib turish iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul-kredit va fiskal siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar ham mavjud. Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orqali qo’llab-quvvatlashni amalga oshirmoqchi bo’lsa, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi ko’proq pul-kredit siyosatining harakteriga bog’liq. Chunki bu mo’ljallanayotgan xarajatlar qimmatli qog’ozlar (ya’ni, obligatsiyalarni)ni chiqarish evaziga amalga oshsa, pulga bo’lgan talab oshadi va natijada esa foiz stavkalari ko’tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Yoki Markaziy bank hukumatning yuqoridagi siyosatini qo’llab-quvvatlash uchun pul taklifini ma’lum miqdorda ko’paytirsa, pul qadrsizlanishi mumkin.
Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat tomonidan olib boriladigan fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Pul-kredit siyosati va fiskal siyosati orasida ham ma’lum bir farqlar mavjud.
Mamlakatning iqtisodiy mavqei barqaror iqtisodiyot tomonidan kuzatilishi, boshqarilishi va solinishi mumkin. Mamlakatning moliya va pul kredit siyosati bu ikki chora bo’lib, barqarorlikni ta'minlashga va muammosiz rivojlanishga yordam beradi. Fiskal siyosat davlatning soliqlardan tushadigan daromadlari va turli loyihalar bo'yicha xarajatlari bilan bog'liq siyosatdir. Pul-kredit siyosati boshqa tomondan, asosan iqtisodiyotdagi pul aylanishi bilan bog'liq.
Fiskal siyosat iqtisodiyotning maqsadlariga erishish uchun hukumatning soliqqa tortish, xarajatlar va turli moliyaviy operatsiyalar sxemasini nazarda tutadi. Boshqa tomondan, mamlakat iqtisodiyotidagi kredit oqimini boshqarish uchun Markaziy bank kabi moliya institutlari tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati, sxemasi.



Yüklə 491,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin