Mavzu: Пул кредит сиёсати


O’zbekiston Respublikasida Majburiy rezervlar me’yorlari



Yüklə 491,5 Kb.
səhifə4/13
tarix29.05.2022
ölçüsü491,5 Kb.
#59956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Пул кредит сиёсати

O’zbekiston Respublikasida Majburiy rezervlar me’yorlari.



Majburiyat turi

Muddati

Majburiy rezerv normativlari


(2018-yildan boshlab kuchga kirgan.)



Yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari



2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

7%

Boshqa majburiyatlar

14%

Yuridik shaxslarning chet el valyutadagi depoizitlari



2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

8%

Boshqa majburiyatlar

16%

Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari



2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

2%

Boshqa majburiyatlar

4%

Jismoniy shaxslarning chet el valyutadagi depoizitlari



2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

3%

Boshqa majburiyatlar

6%

Keyingi yillardagi bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko’payishiga olib keladi. Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining ko’payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko’paytiradi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Pul-kredit siyosati vositalari albatta alohida–alohida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Bulardan kelib chiqqan holda savol tug’iladi, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishni orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o’sishini rag’batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo’lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Pul-keredit siyosatini yuritish vositalarining yana ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi turlari ham mavjud. Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklaridan va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiayalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki aholidan bu qiimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zaxiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozordagi operatsiyalarni, ya’ni davlat qimmatli qog’ozlarini taklif qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar bilan birgalikda amalga oshiradi.
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga harakat qiladi. Buning uchun, o’zida mavjud bo’lgan o’zining qimmatli qog’ozlarini u ochiq bozorda aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qog’ozlarini (sotish yoki harid qilish y’li bilan ) taklifi oshib borgan sari, unga bo’lgan baho pasayib boradi, o’z navbatida, unga bo’lgan foiz (ya’ni, qimmatli qog’ozlarni sotib olganlarga foiz shaklida to’lanadigan haq) oshadi, bu esa unga bo’lgan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qog’ozlarni ko’proq harid qila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralari qisqaradi, o’z navbatida, bu hol pul taklifining bank multiplikatoriga teng nisbatda qisqarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pultaklifining ortishiga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maqsad qilib olgan.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalaridan biri – bu, hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko’zda tutilmagan zarurat tug’ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo’lgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo’shimcha zaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O’z navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko’paytiradi. Yana shunday holler mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini ko’tara borib, tijorat banklari tomonidan qo’shimcha zaxiralarni olish yo’lidagi to’siqlarni biroz ko’targanday bo’ladi va kreditlar berish bo’yicha ularning faoliyatlarini pasaytiradi, shu yo’l bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo’lsa, unda tijorat banklari ko’proq kredit olishga harakat qiladilar. Natijada banklarning ortiqcha zaxiralari ortib boradi va muomiladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori bo’lsa, unda banklar kamroq kredit olishga, olganlari esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank zaxiralari qisqaradi, muomiladagi pul miqdori kamayadi.
(2-jadval.)

Yüklə 491,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin