Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog‘oz pullargagina xos bo‘lgan
hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo‘llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o‘zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan, deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko‘proq oltin pul kerak bo‘ladi. Demak, bu holatda tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro‘y beradi;