2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo‘lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog‘laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og‘irligini o‘zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o‘z qadrini yo‘qotishini keltirib chiqargan.Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo‘lgan chog‘da ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro‘y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo‘lgan pul massasi - oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko‘payib, muomala vositasini bajarish uchun pul yetishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg‘arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi. Real qiymatga ega bo‘lmagan qog‘oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog‘oz pullarni jamg‘arma sifatida muomaladan