Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog'oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yerda qog'oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o'zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o'zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflyatsiya - tovarlar narxining o'sishidir, degan ta’rifning to'liq va yetarli emasligini ko'rsatadi.