Mavzu: Pul nazariyalari va ularning mohiyati


Pulning metallik nazariyasi



Yüklə 38,35 Kb.
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü38,35 Kb.
#181759
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Pul nazariyalari va ularning mohiyati-hozir.org

2. Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi XVI - XVII asrlarda dastlab
kapitalning boylik sifatida jamg'arish, kapitalistik
tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga
keldi. Agar, kapitalizm natural - feodal tuzum sharoitida
rivojlanib uning asosini bozor munosabatlari tashkil
etishini e’tiborga olsak, pulning metallilik nazariyasi
kishilik jamiyatining natural - feodal tuzumi davriga borib
taqaladi.
Malumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall
asosida aniqlanadi, metall tangalar o'zida pulning haqiqiy
qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb
etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo’llab quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog'oz pul nazariyasini inkor etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari
ushbu talimotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallami, ya’ni kumush va oltin tangalami nazarda tutadilar. Ulaming talimotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo’lib, ular o‘z qiymatlarini yo’qotmaydi. Shu bilan birga, kumush va

oltin pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari


asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyatsiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya talddlaydilar.
Dastlab pulning metallilik nazariyasi Angliya iqtisodiy
nazariyachilarining talimotlarida paydo bolgan. Metall pul
nazariyasi tarafdorlari sifatida U.Stafford (1554-1642) -
T.Men (1571-1641), D.Nors (1641-1691)larni takidlash
mumkin. Ular pul nazariyasi asosida metall pullar ijtimoiy
ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tabiiy ravishda
vujudga keladigan jarayon sifatida emas, balki metall
pullarni vujudga kelishini kishilik jamiyatining malum
davrida shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida qarashgan.
Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari Fransua
Kene va Adam Smitlar ekanligini takidlash maqsadga
muvofiq. Klassik maktabning fiziokratlar yo'nalishining
asoschisi Fransua Kene o'zining ishlab chiqarish va takror
ishlab chiqarish munosabatlariga bag'ishlangan asarida
metall pul nazariyasiga yetarlicha e’tibor qaratadi.
Xususan u: “takror ishlab chiqarish qo'shimcha xarajat
(investitsiya) lar hisobiga uzluksiz yangilanib turadi.
Qo'shimcha xarajatlar metall ko'rinishida pullar hisobiga
amalga oshirilib, metall pullar ishlab chiqaruvchi va
iste’molchi o'rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok etadi, iste’mol qiymatiga ega bolgan tovarlar
ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so‘ng
ushbu jaryonni tark etadi va iste’mol qilinadi. Biroq, pullar
esa ayirboshlash jarayonida takror va takror ishtirok etadi,
aynan shu jarayonda pullaming metalll tangalardan iborat
bolishi, birinchidan ular o'zining dastlabki xossasini yo'qotmaydi, ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati
o‘z aksini topgan” - degan talimot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi.
Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi
Adam Smit bozorda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi
o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar “ko’rinmas qo’l”
qoidalari va “tabiiy tartiblash” tizimi yordamida amalga
oshiriladi, aynan shu munosabatlarda metall tangalar
ushbu jarayonni amalga oshirishda muhim moliyaviy
mexanizm sifatida ishtirok etadilar, degan talimotni ilgari
suradi. Ularing nazdida “ko'rinmas qol” talab va taklif
bolib, ishlab chiqaruvchi o‘zi yaratgan moddiy ne’matlari
bilan bozordagi taklifni shakllantiradi, iste’molchi esa
malum darajadagi ehtiyojini qondirish uchun qilgan
harakati natijasida talabni vujudga keltiradi. Aynan mana
shu jarayonda tomonlaming manfaatlari bozorga taklif
etilayotgan moddiy ne’matlar massasi va ulami sotib olish
uchun zarur bolgan pul massasi o‘rtasidagi bogliqlik
natijasida o'zining yechimini topadi. Agar iste’mol uchun
taklif etilayotgan tovar massasi pul massasiga nisbatan
ko‘p bolsa ulaming bahosi pasayadi va iste’molchining
tanlov imkoniyatlari ortadi va aksincha.
Adam Smitt va boshqa metall pul nazariyasi tarafdorlari aynan mana shu jarayonda muomalada metal tangalaming ishtirok etishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlaming haqiqiy qiymatini xolisona baholashda qol kelishi asosida metal pul nazariyasini ilgari suradilar. Chunki tolov vositasi sifatida metall tangalar amal qilgan sharoitda bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar hajmi pul hajmidan kam bolganda, metall tangalaming ortiqcha qismi pul sohibi tomonidan moddiy boylik sifatida jamg'armaga yo'naltiriladi, ya’ni metall tangalar (asosan oltin, kumush tangalar nazarda tutilayapti) kam miqdorda taklif etilayotgan tovar va moddiy ne’matlar qiymati (bahosi)ni sun’iy ravishda ortib ketishiga yol qo'ymaydi. Buning asosiy sababi metall pullar haqiqiy qiymatga ega bolib, kelgusida ham ular o‘zining qiymatini yo‘qotmasligi pul sohibiga katta ishonch baglshlaydi va avtomatik ravishda
bozordagi talab va taklifga qarab malum davrda to’lov
vositasi sifatida, malum davrda esa moddiy boylik sifatida
namoyon boladi.
Bizning nazarimizda, metall pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy yutuqlari ham shunda bolib, muomalada metall pullar tolov vositasi vazifasini bajargan
paytda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi vujudga kelmagan, shu bilan birga davlat tomonidan pul-kredit
siyosatini amalga oshirish va tartibga solish kabi masalalariga ehtiyoj tugllmagan. Shu bilan birga, pulning metallilik nazariyasi tarafdorlarining ayrim kamchiliklari mavjud bolib,ularning asosiylari quyidagilarda ko'rinadi.
Birinchidan, pulning metallik nazariyasi tarafdorlari
pulning barcha funksiyalarini bajaruvchi haqiqiy pullami
keyinchalik ulaming o'rinbosarlari hisoblangan qog'oz
pullar bilan almashtirilishini inkor etdilar. Ular haqiqiy
qiymatga ega bolgan metall pullami qog'oz pullarga
almashtirish mumkinligini va uning tabiatini tasawur qila olmadilar. Biroq, o'sha davrlarda ham qog'oz pullar Xitoyda
juda keng miqyosda tolov vositasini bajarar edi.
Ikkinchidan, metall pul nazariyachilari pullami tovar
ayirboshlash munosabatlari ta’sirida vujudga kelganligini,
shuningdek, pulning tarixiy - iqtisodiy kategoriya
ekanligini tushunib yetmadilar.
Uchinchidan, metall pul nazariyachilari talimotida
boylikning asosini savdo tashkil etadi, boylikning asosini
oltin va boshqa qimmatbaho metallami jamg'arishda degan
noto'g'ri tasawur mavjud edi. Bu jamiyatda har qanday
boylikning asosida oltin yoki qimmatbaho metallar emas,
balki boylik kishilaming moddiy va ma’naviy jihatdan
yetukligi hamda har qanday boylikning asosida mehnat
yotishini inkor etishdi.
XVIII asr va XIX asming birinchi yarmida metallik pul
nazariyasi bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari talablarini to'liq
qondirmay qoldi, bu ushbu nazariyaning o'z o'rini
yo'qotishiga olib keldi. Biroq bu jarayon juda uzoq muddat
davomida qiyinchiliklar bilan yuz berdi, chunki metallik
pul nazariyasini yoqlab nemis (K.Knis, 1821-1898 yy.),
ikkinchi jahon urushidan keyin amerikalik (M.Xalpem),
fransuz (Sh.Rist, A.Tulemon, J.Ryueff, M.Debre), angliyalik
(R.Xarrod) iqtisodchilar shular jumlasidandir. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlaming tobora rivojlanib borishi, shu bilan birga kishilaming ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar bilan ko'payishi muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog'oz pullar ham tolov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyutsion tarzda malum ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z о‘mini qog'oz pullarga bo'shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Yüklə 38,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin