Mavzu Pul nazariyalari va ularning mohiyati-hozir.org
3. Pulning nominallik nazariyasi Nominal pul nazariyasi xususidagi tadqiqotlar natijasida ushbu nazariyani turlicha nomlanishining guvohi bo'ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida yozilgan adabiyotlarda “номиналистическое теория денег”, “металлическая теория денег” tarzida, o'zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning nominalistik nazariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bolmagan pul nazariyasi” tarzidagi so'z birikmalarini uchratish mumkin.
Shu bois, dastlab pulning “metall bolmagan nazariyasi”
haqida ayrim mulohazali holatlami oydinlashtirib olish
maqsadga muvofiq degan fikrga keldik. Metall bolmagan
pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin
etilishining asosiy sabablaridan biri, pul nazariyasi to'g'risida yaratilgan iqtisodiy asarlaming deyarli barchasi xoriji tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga undan so‘ng esa o'zbek tiliga o'girilganligida bolsa kerak.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog'oz pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bolsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadigan bolsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar nazariyasi” tarzida
ifodalash ham mumkin boladi.
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida
yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu
nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini
beradi.
Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlami quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar talimotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII-XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bolmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog'oz pullar emas, balki haqiqiy bolmagan tanga monetalar tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685-1780) va
Dj.Styuart (1712-1780) hisoblanadi. Ulaming nazariyalari
asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan
yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal
qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi
shundaki, ulaming talimotiga ko'ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo'jalik doirasida tolov vositasini bajaradigan pullaming kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bolgan talab asosida o'zgarib turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri
asosan XIX asming oxiri va XX asming boshlariga to‘g‘ri
kelib, uning ko'zga ko'ringan tarafdorlaridan biri, nemis
olimi G.Knapp (1842 - 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul
nazariyasini, uning talimoticha malum qiymatga ega bolmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi. Nominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ulaming talimotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning talimotida inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullaming qiymati davlat tomonidan emas, balki ulaming emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bolib, ushbu qiymat
o'zgarishga moyildir, ya’ni ulami muomalaga chiqargan
emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab
qolish imkoniyatiga ega bolmaydilar.
Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari
qog'oz pullaming qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki
tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g'oyani ilgari suradilar. Nominal pul nazariyasi vakillarining talimoti
Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida namoyon boldi. Biroq,
ushbu talimotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada
1920 yillarda yuz bergan giperinflyatsiya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan
juda katta miqdordagi qog'oz pullar juda tez muddatda
700-800 foiz darajasida inflyatsiyaga uchrashi natijasida
mamlakatda pul-kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning
natijasida ishlab chiqarishga bolgan qiziqish pasayib,
kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlami sotish hisobiga qo'shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo'shimcha moddiy ne’matlami yaratish malum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o'zining qiymatini yo'qotar edi.
Tahlillar natijasi shuni ko'rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o'matilib, uning amal qilishi ham toliq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan talimot o'zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog'oz pullarning nominali davlat tomonidan o’rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to’lig’ligicha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish
qobiliyatini mustahkam yoki zaif bolishi davlatning
nazdidan anchagina yiroqda bolib, davlat unga ta’sir o’tkazish imkoniyatiga ega bolmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo’ldi.