Mavzu: pulning mohiyati va nomoyon



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə6/14
tarix02.01.2022
ölçüsü458,9 Kb.
#40201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 5438406994580996967[1]

Pul- to`lov vositasi

Pulning to`lov vositasi ekanligi nasiyaga sotilgan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlarga ularning haqi to`langanda, qarzga olingan mablag`lar qaytarilganda namoyon bo`ladi.

Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun olib chiqqan vaqtda, iste`molchining shu tovarni sotib olish uchun yetarli miqdorda naqd puli bo`lmasligi mumkin. Natijada tovarni nasiyaga sotishga zarurat tug`iladi, ya`ni tovarning pulini to`lash muddati kechiktiriladi. Iste`molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to`lov muddati kelgandan keyingina to`laydi. Bu holda tovarlar harakati bilan pul harakati bir vaqtning o`zida sodir bo`lmaydi. Tovar harakati sodir bo`lgandan so`ng ma`lum muddat o`tgach pul harakati amalga oshadi.

Masalan: 10 avgustda tovarlar yetkazib berildi, puli esa 20 avgustda to`landi.

Aksariyat hollarda tovar uchun avvaldan avans (bo`nak) to`lanadi, so`ng tovarlar yetkazib beriladi. Ma`lum muddat o`tgach esa, oxirgi hisob - kitoblar qilinadi. Masalan, 1 avgustda tovarlar uchun bo`nak to`landi, 10 avgustda tovarlar yetkazib berildi, 20 avgustda esa oxirgi hisob - kitoblar qilindi.

Pulning to`lov vositasi ekanligi iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblarni keltirib chiqaradi. Pulning to`lov vositasi ekanligi quyidagi hollarda ko`rinadi: - korxonalar va tashkilotlar o`rtasida yetkazib berilgan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun xaq to`langanda;

- davlat byudjetiga soliqlar to`langanda;

- banklardan olingan qarzlar qaytarilganda, foizlari to`langanda;

- ish haqi, nafaqa, stipendiya va boshqalar to`langanda;

- boshqa har xil qarzlar va majburiyatlar to`langanda.

Pul to`lov vositasi vazifasini bajarganda to`lovlar naqd pul yoki naqd pulsiz amalga oshirilishi mumkin.


Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin