Mavzu: pulning mohiyati va nomoyon


Pul - jamg`arma to`plash vositasi



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə7/14
tarix02.01.2022
ölçüsü458,9 Kb.
#40201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
2 5438406994580996967[1]

Pul - jamg`arma to`plash vositasi

Kishilarning olgan daromadlari qilgan sarf-harajatlaridan ko`p bo`lsa, daromadning qolgan qismini jamg`arib borishlariga imkoniyat tug`iladi. Ular o`z jamg`armalari hisobidan turli moddiy boyliklar (kvartira, dala hovli, avtomashina yoki uy jihozlari) sotib olishlari, to`y-ma`raka qilishlari, sayohatga borishlari, davolanishlari mumkin.

Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan so`ng, ma`lum muddat davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul jamg`armaga aylanadi, ya`ni harakatdan ma`lum muddatga chetga chiqadi va bo`sh turib qoladi.

Pulning jamg`arma va boylik to`plash vositasi bo`lishiga asosiy sabab, unga hohlagan vaqtda, juda tez fursatda hohlagan tovarni sotib olish, uni har qanday to`lovni to`lashga ishlatish mumkin. Pul boylik jamg`arishning eng qulay vositasi hisoblanadi, chunki u yuqori likvidlik darajasiga ega. Kishilar o`z boyliklarini pulda emas, balki boshqa shakllarda, masalan, oltin, qimmatbaho metallar va toshlar, san`at asarlari, noyob buyumlar, uy-joy, yer, mashina, asbob-uskuna, davlat yoki korxonalarning qimmatli qog`ozlari va boshqalarda mujassamlashtirishlari mumkin. Ammo ularni pulga aylantirmasdan turib, boshqa maqsadlarda sarflab bo`lmaydi.

Kimdir o`z pulini uyida, kimdir esa bankda saqlaydi. Pul mablag`larini banklarda omonatlar shaklida saqlashning qulayliklari quyidagilardan iborat:

- ishonchli va behavotir saqlanadi;

- ishlab chiqarishga sarflash va iqtisodiyotni rivoj-lantirishga imkoniyat yaratiladi;

- foiz ko`rinishida daromad keltiradi, ya`ni o`z-o`zidan ko`payib boradi. 3




Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin