3 Pulning funksiyalari va turlari .
Pul to’rtta, ya’ni qiymat o’lchovi , muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funksiyalarini bajaradi . Pulning qiymat o’lchovi funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baxo shaklida aks ettirish orqali namoyon bo’ladi . Pulning qiymat o’lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o’lchaydi.
Pul - muomala vositasi
Iqtisodiyotda tovarlar harakati pul harakatini keltirib chiqaradi va aksincha, pul harakati tovarlar harakatini ta`minlaydi. Pul yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Pulning muomala vositasi ekanligi tovarlarni naqd pulga sotilishi jarayonida namoyon bo`ladi. Bu vazifani banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan banknotlar va tangalar bajaradi. Bunda tovar harakati pul harakatiga mos keladi, ya`ni bir vaqtning o`zida pul to`lanadi va tovar sotib olinadi.
Masalan, talaba do`konga kirib pul to`lab kitob yoki daftar sotib oldi. Pul muomala vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
- bu vazifani faqat naqd pullar bajaradi;
- tovar va pul o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda harakat qiladi.
- tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;
- tovar sotuvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi munosabat tugallanadi, tomonlar tovarga yoki pulga ega bo`ladilar.
Pul ishtirokisiz tovarni tovarga almashtirish barter deyiladi. Barter ma`lum kelishilgan narxlarda amalga oshiriladi.
Barter bozor iqtisodiyotiga to`g`ri kelmaydi, shu sababli pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo`lgan sharoitda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |