Mavzu: pythonga kirish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100430
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu pythonga kirish python dasturlash tili



MAVZU: PYTHONGA KIRISH 
 
1.1. Python dasturlash tili 
Python - yuqori bosqichli dasturlash tili hisoblanib, tirli xil ilovalarni yaratish uchun 
mo„ljallangan. Ya'ni Python dasturlash tili yordamida veb-ilovalar, o„yin ilovalari, 
oddiy (nastol'niy) dasturlar yaratish hamda berilganlar bazasi bilan ishlash mumkin. 
Ayniqsa Python dasturlash tilining tezlik bilan tarqalishiga uning mashinali o„rgatish 
va sun'iy intellekt sohalaridagi tadqiqot ishlarida keng qo„llanilishi sabab bo„lgan. 
Python dasturlash tiliga 1991 yil Golland dasturchisi Guido van Rossum asos 
solgan. Shundan beri ushbu til rivojlanishning ulkan yo„lini bosib o„tdi va 
2000yilda 2.0 versiyasi, 2008 yil esa 3.0 versiyalari chiqarildi. Versiyalar 
orasidagimuddatning uzoqligiga qaramasdan doima versiya ostilari chiqariladi. 
Shundayqilib, ushbu material eng oxirgi 3.7 versiyasi asosida tuzilgan. 
Python dasturlash tilining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
Skriptli til. Dastur kodi skriptlar ko„rinishida bo„ladi; 
Turli dasturlash paradigmlarni, xususan ob'ektga yo„naltirilgan va funksional 
paradigmlarni o„zida mujassamlagan; 
Skriptlar bilan ishlash uchun interpretator kerak bo„lib, u skriptni ishga tushiradi va 
bajaradi. 
Portativlik va platformaga bog„liqmaslik. Kop'yuterda qanday operasion tizim 
Windows, Mac OS, Linux bo„lishidan qat'iy nazar, ushbu operasion tizimda 
interpretator mavjud bo„lsa, foydalanuvchi tomonidan yozilgan skript kod 
bajariladi. 
Xotiraning avtomatik boshqarilishi; 
Turlarga dinamik ajratilishi; 
Pythonda dasturning bajarilishi quyidagicha bo„ladi: Dastlab mant muharririda ushbu 
dasturlash tili asosida ifodalar ketma-ketligidan iborat skript kod yoziladi. Ushbu 
yozilgan skript kod barajirilish uchun interpretatorga uzatiladi. Interpretator skript 
kodni oraliq baytkodga tarjima qiladi. Keyin virtual mashina 


baytkodni operatsion tizimda bajariladigan instruksiyalar (mashina buyruqlari) 
to„plamiga o„tkazadi. 
Rasm №1. Pythonda dasturning bajarilishi jarayoni. 
Shu ta'kidlash lozimki, rasman interpretator tomonidan dastlabki kodning baytkodga 
tarjima qilinishi va virtual mashinaning ushbu baytkodni mashina buyruqlari 
to„plamiga o„tkazilishi ikkita turli jarayon bo„lsada, ammo amalda ular bitta 
interpretatorning o„zida birlashtirilgan. 
Python juda oddiy dasturlash tili bo„lib, u ixcham shu bilan bir vaqtda sodda va 
tushinarli sintaksisga ega. Shu sababli Python o„rganish uchun juda oson til sifatida 
butun dunyoda eng tez tarqalayotgan tillardan biri sifatida e'tirof etiladi. Bundan 
tashqari ushbu tilda hozirgi kunga kelib, turli sohalarga (veb, o„yin, mul'timediya, 
ilmiy tadqiqot) mo„ljallangan katta hajmdagi kutbxonalar majmui yaratilgan bo„lib, 
uning tobora mashhurlashib borishiga sabab bo„lmoqda. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin