print
(
"F.I.SH.:",”Eshmatov”,”Toshmat”
)
Natijada ular ekranga probel bilan ajratilgan holatda chop etiladi.
F.I.O:
Eshmatov Toshmat
Agarda
print() funksiyasi ma`lumotlarni chop qilish uchun mo‟ljallangan bo‟lsa,
input() ekrandan berilganlarni kiritish uchun qo‟llaniladi.
input() funksiyasiga
argument sifatida biror bir satr berilishi mumkin. Ushbu satr konsol ekranida aks
ettirilib, kiritilishi kerak bo‟lgan berilganlar uchun
yordamchi taklif vazifasini
bajaradi. Masalan:
name =
input
(
"F.I.O.: "
)
print
(
"Salom"
, name)
Natijaning konsol ekranidagi ko‟rinishi quyidagicha bo‟ladi:
F.I.O.: Eshmatov Toshmat
Salom Eshmatov Toshmat
1.3. O’zgaruvchilar va berilganlar turlari
Pythonda, boshqa dasturlash tillaridagi kabi o‟zgaruvchilar aniq bir turdagi
berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Pythonda o‟zgaruvchilar
alfavit belgilari
yoki tag chizig‟i belgisi bilan boshlanishi va tarkibi son, alfavit belgilari, tag chizig‟i
belgilaridan iborat bo‟lishi, ya`ni bir so‟z bilan aytganda identifikator bo‟lishi kerak.
Bundan tashqari o‟zgaruvchi nomi Pythonda ishlatiladigan kalit so‟zlar nomi bilan
mos tushmasligi shart. Masalan, o‟zgaruvchi nomi
and, as, assert, break, class,
continue, def, del, elif, else, except, False, finally, for, from, global, if, import, in, is,
lambda, None, nonlocal, not, or, pass, raise, return, True, try, while, with, yield kabi
kalit so‟zlar nomi bilan mos tushishi mumkin emas.
Masalan, o‟zgaruvchini aniqlash (hosil qilish) quyidagicha amalga oshiriladi:
a =
14
name =
"SDY"
Yuqorida
a va
name o‟zgaruvchilari yaratildi va ularga qiymat berildi. Shuni alohida
ta`kidlash kerakki, Pythonda o‟zgaruvchini dastlab e`lon
qilish degan tushuncha
mavjud emas (masalan: c++ tilida
int a kabi o‟zgaruvchi e`lon qilinadi), balki
o‟zgaruvchi kiritiladi va unga qiymat beriladi (masalan:
a=14). Berilgan
qiymatga ko‟ra interpretator o‟zgaruvchining turini aniqlaydi.
Pythonda
o‟zgaruvchilarni nomlashning ikki turi: “camel case” va “underscore notation”
turlaridan foydalanish tavsiya qilingan.
“camel case” turida o‟zgaruvchiga nom berilganda, agar o‟zgaruvchi
nomi alohida
so‟zlar birikmasidan tashkil topgan bo‟lsa, ikkinchi so‟zdan boshlab har bir so‟zning
birinchi harfi katta harfda (katta registr) bo‟lishi talab qilinadi. Masalan:
firstName =
Dostları ilə paylaş: