Mavzu: pythonga kirish


Turga keltirish (turga o’girish) funksiyasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu pythonga kirish python dasturlash tili

1.5. Turga keltirish (turga o’girish) funksiyasi 
Pythonda sonlar ustuda amal bajaruvchi ichki funksiyalar juda ko‟p. Xususan, int() va 
float() funksiyalari argument sifatida berilgan qiymatlarni mos ravishda butun va 
haqiqiy sonlarga o‟girish uchun ishlatiladi. Masalan: 
a = 
int
(
10.0

print
(a)
# 10



b = 
float
(
"12.3"

print
(b)
# 12.3

c = 
str
(
12

print
(c)
# "12"

d = 
bool
(c) 
print
(d)
# True
Turga keltirish funksiyalari odatda konsol ekranidan kiritilgan qiymatlarni kerakli 
turga o‟girish (chunki konsoldan kiritilgan ixtiyoriy qiymat str turiga tegishli bo‟lishi 
oldindan qabul qilingan) va ifodalarda bir turdan ikkinchi turga keltirish zarur bo‟lgan 
hollarda ishlatiladi. Masalan: 
son1 = 
3
son2 = 
input
() 
print
(son1 + son2) 
Ushbu dastur bajarilishi jarayonida turlar mos kelmasligi (TypeError: unsupported 
operand type(s) for +: 'int' and 'str') to‟g‟risidagi xatolik ro‟y bergani haqidagi 
xabarni chiqaradi. Turga keltirish funksiyasidan foydalanib quyidagicha dasturni qayta 
yozamiz: 
son1 = 
3
son2 = 
"12"
res = son1 + 
int
(son2) 
print
(res)
#15
Ushbu dastur konsol ekraniga 15 degan javobni chiqaradi. Demak turga keltirish amali 
int
()
joyida to‟g‟ri qallanilgan. 
float() turga keltirish funksiyasi ham xuddi yuqoridagidek ishlatiladi. Faqat 
suzuvchan nuqtali haqiqiy sonlar ustida amallar bajarilganida natija har doim ham biz 
kutganday bo‟lmaydi. Masalan: 
son1 = 
4.01
son2 = 
5
son3 = son1 / son2 


print
(son3)
#0.8019999999999999
Ushbu dasturda javob 0.802 chiqishi kerak edi, lekin uni javobi yuqoridagi misolda 
ko‟rinib turganidek 0.8019999999999999 qiymatni ekranga chiqaradi. Bu qiymat hato 
emas. Haqiqiy sonlarning kompyuter xotirasida saqlanish formati butun sonlarnikidan 
farqlanadi. Shu sababli suzuvchan nuqtali sonlar qiymati taqriban saqlanadi (absolyut 
xatolik inobatga olmasa ham bo‟ladigan darajada kichik). Shuning uchun haqiqiy 
sonlarni yahlitlash uchun round() funksiyasidan foydalaniladi. 
son1 = 
4.01
son2 = 
5
son3 = 
round
(son1 / son2,
4

print
(son3)
#0.802
round(a,n) funksiyasi ikkita parametr qabul qilib, dastlabkisi yahlitlanishi kerak 
bo‟lgan qiymat, ikkinchisi verguldan keyin nechta belgi aniqlikda chiqarilishi 
kerakligini anglatuvchi son. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin