Mavzu: Qadimgi Misr madaniyati Reja


Tasviriy san`at va me`morchilik



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#186517
1   2   3   4   5   6
Qadimgi Misr madaniyati

4. Tasviriy san`at va me`morchilik. Insoniyat tomonidan eng ko`p qo`llanilgan metallardan biri mis edi, osonlik bilan eritilgan va shakl berilgan (yatlirashi-yu o`ziga tortishini aytmasa ham bo`lardi), taqinchoqlar, haykallar va boshqa qimmatbaho mahsulotlar uchun foydalanilgan Misr axolisi ham o‘zining hunarmandchiligida mis metalidan unumli foydalanilganligini arxelogik manbalar tasdiqlaydi.
Misrning aholisi, Nilning moddiy resurslari va Misrning siyosiy qudrati me`morchilik va tasviriy san`atning gullab-yashnashiga sabab bo`ldi. Me`morchilik va tasviriy san`at asta-sekin mavjud tuzum, uning davlatchiligi va jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini mafkuraviy oqlashga xizmat qila boshladi.
Misr me`morchiligi, haykaltaroshligi va rel`ef san’atida badiiy vosita va bosh maqsadlarni asosiy arsenalini shakllantirdi. San’atning diniy e`tiqodga o`ta qaramligi yaqqol seziladi. Er. avv. III ming yillikdayoq Misr san’atining yetakchi g`oyaviy yo`nalishlari bo`lgan xudo va fir`avnlarning cheksiz qudrati g`oyasini tashkil etish shakllandi. Bu g`oyalar piramida va ibodatxonalar, ulkan haykallarni yaratishda o`z aksini topdi.
Me’morchilikda xudo-fir’avn piramida-qabrlari, ibodatxonalar qurish ustivor ahamiyat kasb etdi. Sog`onalarning ikki xili: yer usti sog`onalari (VI sulola piramidalari) va qoyaga o`yilgan sog`onalar (Yangi podsholik davrida) keng tarqaldi.
Piramida va sog`onalar qurish uchun I-II sulola fir’avnlari dafn qilingan mastabalar namuna bo`lib xizmat qildi. III sulola fir’avni Joser uchun balandligi 60 m bo`lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o`rnida qurildi. Bu kichrayib borayotgan olti ustma-ust qo`yilgan mastaba edi. IV sulola fir’avni Xufu piramidasi (146,6 m balandligi, uzunligi 233 m, maydon hajmi 54 ming. kv. m, 2 tonna 2,3 mln. tosh), Xafra piramidasi (balandligi 140 m, uzunligi asosi 220 m) bunyod qilindi. Xafra piramidasidan so`ng, piramidalar kichik hajmda qurila boshlandi. Ibodatxonalar qurilishi o`zgacha me’morchilik shaklida bo`ldi. Karnak va Luksorda xudo Amon-Raga bag`ishlab ibodatxonalar qurildi. Bu ibodatxonalar xarobalari bizgacha yetib kelgan. Ular juda ulkan, atrof manzaraga uyg`un qo`shilib ketgan, hashamatli bezalgan edi. Ularda yuzlab keng xonalar, katta hovlilar, xudolarning ulug`vor haykallari, sfinks, pilonlar va xiyobon (alleya)lar mavjud. Karnak ibodatxonasida kolonna zali 5,5 ming kv. metr bo`lib, 134 kolonna bor. 12 markaziy kolonnaning balandligi 21 m, eni 10 m, aylanasi 15 m. Ibodatxonada 500 ta toshdan, 17 ming jezdan yasalgan haykal va haykalchalar mavjud bo`lgan. Ular qadimda yashirib qo`yilgan joydan topilgan.
Dayr-al Bahrdagi malika Xatshepsut ibodatxonasi va Ramzes III ning Madinat Abudagi (Fiva) ibodatxonalari ulug`vor qurilgan. Yana shunday ibodatxonalar qoyalarga o`yib bunyod qilingan (Ramzes III ning Nubiyadagi Abu Simbel ibodatxonasi).
Yana bir me’morchilik san’ati namunasi podsho saroyi qarorgohi monumental shaklda qurilgan. Barcha ibodatxona va saroylar rel`eflar, boy devoriy rang tasvirlar bilan bezatilgan.
Podsholar vodiysi Fiva yonida Yangi podsholik fir`avni Tutanxamonning sog`onasidan qimmatbaho buyumlar topilgan (1922-yil). Sog`onada oltin tobut, qora eben daraxtidan, yarim tiniq alebasr, qimmatbaho tosh va metalldan tayyorlangan (ziynatlangan taxt, marosim harbiy qurollari, ko`plab bezaklar) buyumlar dekorativ – amaliy san`atning yuqori darajada rivojlanganidan dalolat beradi.

Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin