5. Ilmiy bilimlar. Misr madaniyatida fan yetakchi o`rin tutadi. U asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo`nalishlarida rivojlandi. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosining mavsumiy o`zgarishi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mavsum to`rt oyga bo`lingan. Har oy uch o`n kunlik dekadani tashkil etgan. Yilda 36 dekada bo`lgan. Oxirgi oyga 5 kun qo`shilib, kalendar va astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 24 soatga bo`linib, yozda kunduz soatlari uzoq, qishda qisqa bo`lgan. Misrliklar yulduzlarning aniq kattaligini o`lchaganlar. Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Ular 10 lik tizimga yaqin hisobni yaratdilar. Ular qo`shish, ayirish, bo`lish va ko`paytirishni bilganlar. Misrliklarning bu yutuqlarini yunon-rim madaniyati o`zlashtirdi.
Misr jarrohlari butun Old Osiyoga mashhur bo`lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini bilganlar. Qon aylanishi va yurak faoliyati to`g`risida bilimga ega bo`lganlar. Misrliklar ilk bor tish protezini qo`yganlar. Qadimgi Misrning tibbiyot retseptlari, magiya mantlaridan o`rta asrlarda arablar va Yevropa tibbiyoti foydalangan. Misrliklar qadimgi so`z ensiklopediyalarini tuzganlar.
Tayanch iboralar:Ra, Ptax, Amon, Osiris, Isida, Xatxor, Sia, Maat, kanopa, Sebek, Tot-pavian, Mut, Xonsu, Ka, Ba, ostrakon, ilohiy so`z, demotik til, kopt tili, piktografiya, piramida, Petubastis, Sinuxet hikoyasi, Xafra, Soxmet-sher, astronomik yil, kalendar, suv va quyosh soatlari.
Mustahkamlash uchun savollar:
Qadimgi Misrdagi diniy e'tiqodlar haqida ma'lumot bеring.
Misrda ta'lim tizimi va uning rivojlanish holatini qo‘shimcha manbalar asosida tahlil eting.
Misr madaniyatini jahon madaniyatida tutgan o‘rniga qiyosiy baho bеring.