Mavzu: Qadimgi Xitoy



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Buyuk xitoy devori. Buyuk Xitoy devori haqida eshitmagan kishi bo`lmasa kerak. Uni chet elliklar 
uchun ham, xitoyliklar uhun ham mamlakat ramziga aylangan desak mubolag`a bo`lmaydi. Devorning 
ta`mirlangan qismiga kirishda Mao Tsze Dun yozdirgan xatni o`qish mumkin: "Buyuk Xitoy Devorida 
bo`lmading-mi, demak sen haqiqiy xitoylik emassan". O`ylab qarasangiz haqiqatdan ham shundayligiga 
amin bo`lasiz. 
Agar tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, Xitoyning butun tarixi mobaynida uchta asosiy devori 
bo`lganligi oydinlashadi. Ularning har biri 10 000 m (5 000 km) uzunlikda bo`lgan. Xitoy an`analariga ko`ra 
10 000 raqami alohida mazmunga ega bo`lgan. 
Devor umumiy hisobda 2000 yil mobaynida qurilgan (eramizgacha III asrdan to eramizning XVII 
asrigacha). Birinchi devor "Xitoy zaminini birlashtiruvchi" deb ataluvchi imperator Tsin Shi Xuan nomi 
bilan bog`liq. Uning qurilishiga 500 ming odam jalb qilingan. Minglab olimlar ham devor qurilishiga o`z 
hissalarini qo`shishgan. Devor o`z vaqtida muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo`lgan. 
Qurilishga jalb qilinganlarning ahvoli nihoyatda og`ir bo`lgan. Holsizlikdan yoki biror boshqa sabab 
bilan o`lganlar to`g`ridan-to`g`ri devorga "qalab" ketaverilgan. Shuning uchun bu "Buyuk qurilish" xalq 
tilida "Qayg`u devori" deb ham nom olgan. 
Ikkinchi devor Tsin Shi Xuan tomonidan qurilgan devorni buzib, xitoyliklar ustiga muntazam hujum 
uyushtirib turgan xunnlardan himoya qilish uchun qurilgan. 
Uchinchi devor qurilishida 1 millionga yaqin odam ishtirok etgan. Qurilishda har bir minora ikki 
tomondagi minoradan ko`rinib turishiga katta ahamiyat berilgan. Bu turli xabarlarni tutun yoki nog`ora 
ovozi yordamida bir-biriga yetkazish uchun kerak bo`lgan. Bundan tashqari xabarchi markaziy shaharga 
axborotni o`z vaqtida yetkazishi uchun otlarni almashtiruvchi tayanch nuqtalari qurilgan. 
Pekin atrofida devorning bir qancha qismi sayyohlar uchun ochib qo`yilgan. Bu yerda 
ta`mirlanmagan Simatay qismi ancha qiziqarli. Devorning ta`mirlangan, ya`ni bo`yalgan qismlarini ko`rib, 
uni ming yillardan beri yashab kelayotganligiga ishongingiz kelmaydi. Simatay qismida esa o`zingizni huddi 
mo`jizaga duch kelganday his qilasiz. 

Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin