Mavzu: Qadimgi Xitoy



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Xitoy adabiyoti. Xitoy adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri bo‘lib, uch ming yillik 
an‘analarga ega. Qadimgi Xitoy adabiyotining birinchi yirik she‘riy asari "Shitszin" ("Qo‘shikdar kitobi", 
mil. av. 11—6-a.lar) xalq qo‘shiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming 
yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geografiya va boshqaga doir asarlar bilan uzviy bog‘liq ("Shan 
shu" — "Tarixiy rivoyatlar kitobi" va b.). Sima Syanning (mil. av. 1-a.) "Shi szi" ("Tarixiy xotiralar") kitobi 
Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-y.lar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. She‘riyatning muhim 
qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qo‘shiqlari (yuefu)da xalq hayoti o‘z ifodasini topgan. 4-a. oxiri — 
5-a. boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) she‘riyati hayot haqidagi falsafiy 
mushohadalardan iborat bo‘ldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun 
qulay sharoit yaratildi. Xuddi o‘sha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi. 
7—10-a.larda Chen Szian, Van Vey she‘rlari mashhur bo‘ldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida 
Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning ta‘siri katta bo‘ldi. 8—9-a.larda novella janrida yuksak 
yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-a.larda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, 
Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur bo‘lgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar 
yaratdi. 
Mo‘g‘ullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-a.da 
mamlakat shim. da qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-a.da 
epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea bo‘ldi. 16-a. oxirlaridan nasr yangi boskichga 
ko‘tarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi. 
Xitoyni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo bo‘ldi, 
ma‘rifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman cho‘qqisi bo‘lib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxm. 
1715—62)ning "Qizil ko‘shkdagi uyqu" romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi 
ifodalandi. 
Yangi davr adabiyoti (19-a. o‘rtalari — 1917) manjurXitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar 
zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. G‘arb madaniyati bilan birinchi tanishuv 
boshlandi. 1900-y.larning boshlaridagi inqilobiy ko‘tarilish ko‘pgina adiblar ijodida o‘z ifodasini topdi. 


18 
1919 y.da boshlangan "4 may" ozodlik harakati davridan e‘tiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. 
Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar Xitoy adabiyoti 
tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922 y.da "Ijod" guruhiga uyushgan adiblar 
romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-y.lar boshlaridan she‘riyatdagi so‘zlashuv tiliga asoslangan yangi shakl 
klassik she‘riyat shakllarini siqib chiqardi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi 
(1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor 
etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. Xitoy 
Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana 
boshladi. 1949 y. XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga 
xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning "Sanlivan qishlog‘i", 
Chjou Libo (1908—79)ning "Po‘lat oqim" roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati 
ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning "Yoshlik qo‘shig‘i") yaratildi. 50-y.larning 
boshlarida tinchlik va xalklar do‘stligi mavzularida, ayniqsa, she‘riyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 
1958 y.da "inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uyg‘unligi" Xitoy adabiyotida birdan bir ijodiy 
metod deb e‘lon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspo‘shlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab 
qilindi. 60-y.lar o‘rtalaridan "madaniy inqilob" boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay 
qo‘ydi, tarjima asarlarini nashr etish to‘xtatildi, ko‘pgina adabiybadiiy jur.lar yopildi. Xitoy yozuvchilari 
uyushmasi (1953 y.dan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, to‘xtab qoldi. 1970y.larning boshlaridan 
adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. "Madaniy inqilob" yillarida quvg‘inga uchragan yozuvchi va 
shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan 
chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, o‘tgan davrga tanqidiy yondoshish, 
milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy g‘oyasiga aylandi. Jahon adabiyotining 
xitoy adabiyotiga bo‘lgan ta‘siri kuchaydi. 
1977 y.dan pyesa, she‘r, nasriy va publitsistik asarlar paydo bo‘la boshladi. Bu yillarda yaratilgan 
asarlarda o‘n yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu 
Sinuning "Sinf rahbari", Van Menning "Sartarosh hikoyasi", Ju Chjitszyuanning "Kutilmagan voqea" kabi 
hikoyalari shuhrat qozondi.

Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin