Mavzu: Qadimgi Xitoy



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Qadimgi Xan davlati (miloddan avvalgi 206-yildan-miloddagi 220 yiligacha) Xan podsholigining 
asoschisi Lyu Ban mamlakatni markazlashgan davlatga aylantirish uchun ko`pgina chora-tadbirlar 
o`tkazgan. U o`z hukmronligining boshida qullar va dehqonlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator 
islohotlar amalga oshirgan. Sin Shi Xuandi davrida zarar ko`rgan jabrdiydalar manfaatini ko`zlab, ularga 
ancha yengilliklar berilgan, qarzlari va arzimagan jinoyatlari uchun qullarga aylantirilgan kishilar ozod 
qilingan. Ayni paytda og`ir soliqlar bekor qilingan, yer solig`i kamaytirilgan. Mahalliy ishlar saylab 


11 
qo`yiladigan oqsoqollar tomonidan boshqariladigan bo`lgan. Biroq bu islohotlar quldorlikning va yirik 
xususiy yer egaligining - ijtimoiy ziddiyatlarni tug`diradigan asosiy sabablarning o`sishini to`xtata olmagan. 
Xalq ommasining ahvoli oradan biroz vaqt o`tgach yana yomonlashgan. 
Miloddan avvalgi I asrning oxirida imperator U Di maxsus farmon chiqarib, yirik mulkdorlar 
ixtiyoridagi yerlarning miqdorini va qullarning sonini ancha qisqartirgan: hech kim 138 gektardan ortiq 
yerga va ikki yuzdan ko`p qulga ega bo`lishi mumkin emas edi. Ba‘zilarga o`ttiz nafardan ko`p qulga ega 
bo`lmasligi lozimligi o`rnatilgan edi. Bu miqdor quldorning ijtimoiy holatiga qarab belgilangan. 
Markaziy va mahalliy davlat apparati tizimi ilgarigidek saqlanib qolgan. Podsho hokimiyatining 
maqsadi, asosiy ishtiyoqi mamlakatni markazlashtirishga qaratilgan edi. Bunga Xitoyning yangi ma‘muriy 
bo`linishi ko`maklashgan. Mamlakat xududi o`n uchta yirik okrugga bo`lingan. Okruglarga mahalliy 
ma‘muriyat ustidan nazoratni amalga oshiruvchi okrug taftishchi - podshoning noiblari boshchilik qilgan. 
Viloyatlar, okruglar, uyezdlar soni ko`paytirilgan. 
Viloyatlar va uyezdlar tepasida markazdan tayinlangan uchta chinovnik - hukmdor va uning 
fuqarolik va harbiy ishlar bo`yicha yordamchilari turgan. Mahalliy ma‘muriyat faoliyati markazdagi 
nazoratchilar tomonidan nazorat qilingan. 
U Di vafotidan so`ng Xitoyda ahvol yanada og`irlashgan. Qullar va mehnatkash xalqning sabr kosasi 
to`lib, mamlakatda dahshatli qo`zg`olonning boshlanishi xavfi tug`ilgan. Miloddan avvalgi I asrning ikkinchi 
yarmida ahvol shunday dahshatli tus olganki, bundan podsho va hukmdor tabaqa vakillari cho`chigan. Ular 
mehnatkashlarga yon berib, ba‘zi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar o`tkazishga majbur bo`lganlar. Bu jihatdan 
Dun Chjun-shu, Van Chun va Van Man islohotlari diqqatga sazovordir. Dun Chjun-shu katta yerlarning bir 
kishi qo`lida bo`lishini taqiqlashni, tuz va temirga nisbatan yakka hokimlikni bekor qilishni taklif etgan. U 
quldorlarning o`z qullarini o`ldirishlarini bekor qilib, qullikni bitirishni, soliqlarni kamaytirishni, harbiy va 
ortiqcha mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni talab qilgan. 
Sinfiy ziddiyatlarni tepadan turib islohotlar yo`li bilan yumshatishga qaratilgan ancha dadil urinish 
miloddan 8 yilda saroy to`ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Van Man tomonidan qilingan edi. 
Van Man milodning 9 yilida o`zini "Yangi" sulolaning imperatori deb tantanali suratda hammaga ayon 
qilgan va qat‘iy islohotlar siyosatini o`tkazish niyatini e‘lon qilgan. Konfutsiylar islohotlarning g`oyaviy 
ilhomlantiruvchilari bo`lishgan. 
Islohotlarning mohiyati quyidagilarni o`z ichiga olgan. Ularga ko`ra yirik yer egalariga qarashli 
yerlar musodara etilgan. Mamlakatdagi barcha yer "podsho yeri" deb e‘lon qilingan. Yerlarni qayta taqsim 
qilishga, yer egaligini cheklashga harakat qilingan. Shular bilan bir vaqtda jamoa yer egaligining qadimiy 
tizimi qayta tiklangan. Yer va qullarni olish-sotish man etilgan. Shu bilan birga qullarni "shaxsiy qaram 
kishilar" deb atash buyurilgan. Bu Xitoyda qulchilikni bekor qilish haqidagi birinchi qadam edi. Biroq Van 
Man xususiy qulchilikka qarshi kurash olib borib, davlatning qul egaligini cheklashga mutlaqo harakat 
qilmay, balki, hatto davlatning qulga egaligini uning qonuniy huquqi sifatida asoslashga urindi. Davlat 
qullarining soni ko`paydi. Ulardan armiya tuzila boshlandi. 
Bir necha marta pul islohotlari o`tkazildi, yangi soliqlar joriy qilindi, ba‘zi soliqlar kamaytirildi, 
bozor narxlarini tartibga solishi va ssuda foizlarini qat‘iy belgilashi lozim bo`lgan maxsus boshqarmalar 
ta‘sis etildi. Bularning hammasi barcha daromad manbalarining, xususan, ssuda operatsiyalarining katta 
qismini davlat qo`lida to`planishiga imkon tug`dirdi. 
Van Man kuchli byurokratik imperiya tuzishga intilgan. Davlat apparati o`sgan, mansablarni sota 
boshlagan. Davlat xizmatchilari mansablarni egallash uchun imtihon topshirganlar. Bunda ular Konfutsiy 
ta‘limotini mukammal bilishlari lozim edi. Bu tadbirlar eski urug`chilik va chinovniklik aslzodalarning 
qudratini sindirgan va boyigan savdogarlarning, hunarmandlarning, aslzoda bo`lmagan dehqonlarning davlat 
boshqaruviga kirib kelishini ta‘minlagan. "Yangi qonunlar"ni buzganlik uchun qattiq jazolar joriy qilingan 
va o`n minglab kishilar qatl etilgan yoki davlat qullariga aylantirilgan. 
Lekin Van Man islohotlari oxirigacha yetkazilmagan, o`ylangan natijalarni bermagan va zodagonlar, 
nufuzli kishilar hamda harbiylarning qarshiligiga uchragan. 12 yilda yer islohoti bekor qilinib, qul savdosiga 
yana ruxsat berilgan. Islohotlar sinfiy qarama-qarshiliklarni bo`shashtirmadi, aksincha, ularni chuqurlashtirdi 
va keskinlashtirdi, mamlakat iqtisodiyotining buzilishiga olib keldi. Islohotlarning amalga oshmaganligi, 
qurg`oqchilik, chigirtka bosish natijasida ro`y bergan hosilsizlik ochlik va nihoyasiz jabr-zulmlar 
mehnatkash ommaning sabr-kosasini to`ldirgan. Bu hol Xitoyda podsho hokimiyatiga, zamindor 
zulmkorlarga qarshi xalq harakatining boshlanishiga olib kelgan. 18 yilda boshlangan va "qizil qoshlar" 
nomi bilan mashhur bo`lgan qo`zg`olon ana shunday harakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoy yilnomalarida 


12 
yozilishicha, qo`zg`olonda Van Man tomonidan ag`darib tashlangan Xan sulolasi vakillari ham qatnashgan. 
Ularning asosiy maqsadi o`z hokimiyatlari qayta tiklanishiga erishish edi. 23 yilda Xan sulolasi taxtni 
qaytadan egallab, Van Manning farmonlari va buyruqlarini bekor qilgan. Mamlakat iqtisodi barqarorlasha 
boshlagan. Davlat apparatida muhim o`zgarishlar yuz bergan. Mamlakatni idora etish bo`yicha funksiyalar 
beshta mahkama o`rtasida taqsimlab olingan, imperator huzurida oliy maslahatchi organ - imperatorlik 
kengashi tuzilgan. 
II asrning ikkinchi yarmida Xitoyda yana og`ir vaziyat vujudga keladi, siyosiy guruhlar o`rtasidagi 
kurash chuqur siyosiy inqirozga olib keladi. Mamlakatning xo`jalik tizimi tushkunlikka uchraydi. 184 yilgi 
kuchli "sariq ro`molliklar" qo`zg`oloni butun mamlakatni qamrab olgan. Qo`zg`olon hukumat qo`shinlari 
tomonidan katta talofotlar evaziga zo`rg`a bostirilgan. Jang natijasida 80 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan, 
yerlar bo`shab qolgan, ba‘zi yirik shaharlar vayron etilgan. 188 - 207 yillarda ham Hitoyning ko`p joylarida 
kuchli qo`zg`olonlar bo`lib o`tgan. Ammo ularning hammasi hukumat qo`shinlari tomonidan 
shafqatsizlarcha bostirilgan. Lekin shunga qaramay, qo`zg`olonlar Xan saltanatini zaiflashtirib yuborgan va 
oxir oqibatda uning qulashiga olib kelgan. 220 yilda Xan podsholigi Vey, Shu va U kabi davlatlarga bo`linib 
ketgan. Bu Xitoy tarixida Uch podsholik davri deb ataladi. Shu bilan qadimgi Xitoy tarixi o`z nihoyasiga 
yetgan. 

Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin