7
bo`lgani singari jamiyatning ichki taraqqiyot mahsuli sifatida xo`jalikning va ijtimoiy mehnat taqsimotining
rivojlanishi oqibatida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishning paydo bo`lishi va urug`doshlik tuzumining
yemirilishi natijasida tashkil topgan.
Shan (In) podsholigi jamoa-urug`doshlik tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tish bosqichida turgan. Uni
sof ma‘nodagi quldorlik davlati va jamiyati deb hisoblash unchalik to`g`ri emas. Unda quldorlik
munosabatlari bilan bir qatorda jamoa ishlab chiqarishiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham
rivojlangan. Bu yerda hukmron sinf in dunyoviy aristokratiyasidan, kohinlardan va bo`ysundirilgan
qabilalarning aristokratlaridan tashkil topgan.
Dunyoviy aslzodalarga podshoga yaqinligiga va egallab turgan lavozimiga qarab ma‘lum imtiyozlar
va unvonlar berilgan. Shuningdek, yer egaligi miqdoriga va qullarning soniga qarab ham ijtimoiy mavqe
belgilangan.
Qullarga xususiy shaxslar ham, davlat ham egalik qilishi mumkin bo`lgan. Urushlarda asir olish; qarz
uchun qul qilib sotish; ba‘zi jinoyatlar uchun qulga aylantirish; bo`ysundirilgan xalqdan o`lpon sifatida qul
olish kabilar qulchilik manbai hisoblangan. Qullar hayvonlarga tenglashtirilgan. Ular oilasiga, mol-mulkiga
ega bo`lmaganlar.
Aholining asosiy qismini erkin jamaochilar tashkil etgan. In davlatida jamoa juda katta rol o`ynagan.
Jamoa yerlaridan foydalanish "quduqli maydonlar" tizimi bo`yicha tashkil etilgan. Barcha yerlar ikkita
toifaga: jamoat maydonlari va xususiy maydonlarga bo`lingan. Jamoat yerlariga butun jamoa tomonidan
birgalikda ishlov berilgan. Undan keladigan butun hosil jamoa oqsoqoliga kelib tushgan va oxir oqibatda
podshoga jo`natilgan. Xususiy maydonlar alohida oilalarning yakka tartibda foydalanishida bo`lgan. Bunday
maydonlardan keladigan hosil erkin jamoachilarni boqishga ketgan. Lekin xususiy maydonlar, ularni ushlab
turuvchilarining mulki hisoblanmagan. Yerlar davlat mulki sifatida ko`rilgan va podshoning ixtiyorida
bo`lgan. Bu davrda qullar, uylar, mehnat qurollari xususiy mulk hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: