9
qo`yganlar. Ekspluatatsiyaning kuchayishi xalq ommasining noroziligini keltirib chiqargan. Ko`chmanchi
junlar bilan olib borilgan muvaffaqiyatsiz urushlar ham g`arbiy Chjou davlatining yemirilishiga o`z hissasini
qo`shgan. Mamlakat bir qancha mustaqil davlatlarga bo`linib ketgan. Miloddan avvalgi 770 yilda podsholik
poytaxti Xaodan Loyanga ko`chirilgan. Shundan keyin Sharqiy Chjou podsholigi davri boshlangan.
Sharqiy Chjou podsholigi davri mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida yirik o`zgarishlar bilan
xarakterlanadi. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi ijtimoiy hayotda savdogarlar rolining o`sishiga
sabab bo`lgan. Quldor zodagonlar o`zlarining merosiy urug`chilik yer egaliklaridan mahrum bo`lganlar,
bunday yerlar harbiy boshliqlar, xizmatchi kishilar, savdogarlar qo`liga o`tgan. Bu urug` aristokratiyasining
merosiy yer eagiligining zaiflashishiga va quldorlarning yerga nisbatan xususiy mulkchilikning
mustahkamlanishiga olib kelgan. Xizmatchi zodagonlar qo`lida anchagina yer egaliklari to`plangan. Yirik
yer egaligi faqat doimiy xizmat va alohida xizmatlar uchun beriladigan in‘omlar, tortiqlar hisobiga emas,
balki kuchlilar tomonidan kuchsizlarni zo`rlik yo`li bilan bosib olish hisobiga ham tashkil etilgan.
Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Sharqiy Chjou podsholigida hukmronlikni qo`lga kiritish uchun Si,
Szin, U, Chu, Yuz kabi mayda podsholiklar o`rtasida o`zaro urushlar davom etgan. Bu davr Xitoyda besh
hokim davri yoki Chjango ("urushqoq podsholiklar") davri deb yuritiladi.
Bu davrda uzoqqa cho`zilib ketgan tinimsiz o`zaro urushlar iqtisodiyotning pasayishiga, sug`orish
inshootlarining izdan chiqishiga sabab bo`lgan. Va nihoyat, odamlar tinchlik o`rnatish va Xitoy xalqlarining
birlashishi zarurligini tushuna boshlaganlar. Odamlardagi bunday kayfiyatlar konfutsiy dini targ`ibotchilari
tomonidan ifoda etilgan. Ular "g`araz niyatlarsiz va odamlarni yo`qotmasdan" mamlakatni birlashtirishga
chaqirganlar. Tinimsiz davom etgan urushlarga qaramay Chjango davrida turli mintaqalar va xalqlarning
iqtisodiy va moddiy aloqalari kuchaygan. Bu esa o`z navbatida ularning yaqinlashuviga va turli mayda
podsholiklarning yettita yirik Xitoy podsholiklari atrofida "yig`ilishi"ga olib kelgan.
9
Miloddan avvalgi V asrda qadimgi Xitoy tarixida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda keskin
o`zgarishlar yuz bergan. Bu vaqtda podsholikning yagona imperiyaga birlashishiga olib keladigan shart-
sharoitlar tug`ilgan. Bunda yuqorida aytganimizdek, konfutsiylik siyosiy hukmron mafkura bo`lib qolgan.
Ishlab chiqarishda temirdan yasalgan mehnat qurollaridan foydalanilishi iqtisodiyotning birdaniga
ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Yangi yerlarning o`zlashtirilishi, sug`orish inshootlarining yaxshilanishi,
qishloq xo`jalik va hunarmandchilik ishlab chiqarishining o`sishi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga,
bozorning paydo bo`lishiga, savdogarlar tabaqasining ajralib chiqishiga ko`maklashgan. Bunday sharoitlarda
yerga nisbatan jamoa mulkchiligining yemirilishi va xususiy mulkchilikning o`rnatilishi, yirik yer
egaligining tashkil etilishi jarayoni yanada jadallashgan. Bu vaqtda eski tipdagi jamoa yer egaligi ("quduqli
maydonlar" tizimi) buzila borgan. Jamoa yer egaligiga qarshi qaratilgan zarbalardan biri - yer solig`ining
joriy qilinishi bo`lgan. Dehqonlar jamoa maydonlarida ishlash o`rniga o`z yerlaridan soliq to`lashlari lozim
bo`lgan.
Bularning hammasi Xitoyda miloddan avvalgi so`nggi asrlarda jamiyat rivojidagi ikkita qarama-
qarshi oqimning kurashida namoyon bo`lgan. Bu vaqtda bir tomondan, ijarachi dehqonlarni, yollanma
ishchilarni, qullarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan yirik yer egaligi rivojlangan bo`lsa, ikkinchi
tomondan, bevosita davlatga bo`ysunadigan qaram dehqonlarning keng ommasi shakllanib borgan. Oldinda
olg`a borish mumkin bo`lgan ikkita yo`l turar edi. Bulardan birinchisi - yerga nisbatan yirik xususiy
mulkchilikning g`alabasi orqali tarqoqlikka, o`zaro urushlarga olib boradigan yo`l bo`lsa, ikkinchisi - yerga
nisbatan davlat mulkchiligini mustahkamlash orqali yagona markazlashgan davlatni tashkil etishga olib
boradigan yo`l edi. Xitoy rivojlanishning keyingi yo`lidan yurgan. Bunda miloddan avvalgi IV asrda
kuchayib ketgan Sin podsholigi muhim o`rin tutgan. U miloddan avvalgi 221 yilda boshqa podsholiklar bilan
kurashda g`olib chiqadi va mamlakatni birlashtirish uchun uzoq davom etgan kurashni nihoyasiga yetkazib,
yagona Sin podsholigiga asos soladi.
Dostları ilə paylaş: