Mavzu: Qadimgi Xitoy



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2. ILK DAVLATLAR. 
An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo‘yicha davrlashtirish xarakterlidir.
Shunga ko`ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so‘ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari 
boshlandi. An'ana bo‘yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o‘z ichiga olgan ikki qism G`arbiy 
Chjou (er.avv XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou ( er.avv VIII-III asrlar) ga bo‘linadi. Sin sulolasi (er.avv. III
asr) o`rniga hukmronlik vaqti g`arbiy va sharqiy davrlarga bo‘linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy 
davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish 
kuchlari va mehnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo‘yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga 
bo‘ladigan arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit 
davriga to‘gri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. Chun-syu davri (er.avv. 
VI-V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi. 
6
Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mezoni asosida qo‘yidagi
davrlashtirishni ko‘rish mumkin: 
1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. avv. II ming 
yillik ) 
2. Er. avv. VIII-III asrlarda qadimgi Xitoy
3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. avv. 221-207-yillar)
4. Qadimgi Xitoy I-III asrlarda. 
Shan (in) davlati (miloddan avvalgi xviii-xii asrlar). Qadimgi Xitoyda shahar tipidagi 
sivilizatsiyaning dastlabki o`choqlari miloddan avvalgi II ming yillikda Xuanxe daryosi havzasida tashkil 
topa boshlagan. Bu vaqtga kelib in qabilalarining urug`chilik guruhlari ko`chmanchilik hayot tarzidan o`troq 
dehqonchilikka o`ta boshlagan edi. In qabilalari ichida mehnat taqsimotining paydo bo`lishi va rivojlanishi 
hamda urug`chilik aloqalarining yemirilishi oqibatida jamiyatda urug` aristokratiyasining boshqaruvchi 
tabaqasi: hukmdor - van va uning yaqinlari, qarindoshlari, chinovniklari, qabila boshliqlari hamda oddiy 
qabiladoshlar, shuningdek, odatda qullarga aylanadigan begonalar - boshqa qabilaga mansub kishilar ajralib 
chiqqan. 
Xitoy an‘analarida aytilishicha, qadimgi Xitoyda davlat miloddan avvalgi XVIII asrda sya 
qabilasining shan qabilasi tomonidan bosib olinishi natijasida tashkil topgan. O`sha vaqtda shan qabilasi 
boshlig`i Chen Tan degan kishi davlatga asos solib, unga hukmdor qabilaning nomi bilan Shan davlati deb 
atagan. Keyinchalik, Shan sulolasi qulagandan so`ng bu davlat In degan nom bilan yuritila boshlangan. Shu 
sababli qadimgi Xitoy tarixining birinchi davri ikkita: Shan va In degan nomga ega. Chen Tan birinchi xitoy 
podshosi (vani) bo`lgan.
7
Xitoyda dastlabki primitiv davlat - Shan (In) davlatining tashkil topishi, avvalo, ishlab chiqarishni 
tashkil etish, yerlarni sug`orish, daryo toshqinlarining halokatli oqibatlarini tugatish, hududlarni himoya 
qilish zaruriyatidan kelib chiqqan. Qolaversa, endilikda ibtidoiy jamoa tuzumi organlari bosib olingan xalqni 
boshqarish uchun yaramay qolgan edi. Shu maqsadda maxsus davlat apparati tashkil etilgan. Bu, 
birinchidan, qabila boshlig`ining In podsholigining ilohiylashtirilgan hukmdori - talaygina hokimiyatga ega 
bo`lgan vanga aylanishida, ikkinchidan, ko`p sonli boshqaruvchilardan, harbiy boshliqlardan, kohinlardan va 
butun jamoa ommasiga qarama-qarshi turuvchi boshqa kishilardan iborat ma‘muriy apparatining tashkil 
etilishida namoyon bo`lgan. In davrida podsho - vanga butun yerlarning oliy egasi deb qarash amalda 
rasmiylashtirilgan. Bu esa asosan vanning yerdagi xudo sifatida tasavvur etilishidan kelib chiqqan. 
Shunday qilib, Xitoyda davlatning tashkil topish xususiyati shunda ediki, bu yerda ibtidoiy jamoa 
tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tish jarayoni bir xalqning boshqasi tomonidan bo`ysundirilishi natijasida 
tezlashgan. Lekin bu davlatning tashkil topishida asosiy sabab bo`lmagan. Xitoyda davlat boshqa xalqlarda 
6
O‘zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi, Toshkent, Sharq, 2000-2004.136-137 betlar 
7
www.referatlar.uz 



bo`lgani singari jamiyatning ichki taraqqiyot mahsuli sifatida xo`jalikning va ijtimoiy mehnat taqsimotining 
rivojlanishi oqibatida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishning paydo bo`lishi va urug`doshlik tuzumining 
yemirilishi natijasida tashkil topgan. 
Shan (In) podsholigi jamoa-urug`doshlik tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tish bosqichida turgan. Uni 
sof ma‘nodagi quldorlik davlati va jamiyati deb hisoblash unchalik to`g`ri emas. Unda quldorlik 
munosabatlari bilan bir qatorda jamoa ishlab chiqarishiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham 
rivojlangan. Bu yerda hukmron sinf in dunyoviy aristokratiyasidan, kohinlardan va bo`ysundirilgan 
qabilalarning aristokratlaridan tashkil topgan. 
Dunyoviy aslzodalarga podshoga yaqinligiga va egallab turgan lavozimiga qarab ma‘lum imtiyozlar 
va unvonlar berilgan. Shuningdek, yer egaligi miqdoriga va qullarning soniga qarab ham ijtimoiy mavqe 
belgilangan. 
Qullarga xususiy shaxslar ham, davlat ham egalik qilishi mumkin bo`lgan. Urushlarda asir olish; qarz 
uchun qul qilib sotish; ba‘zi jinoyatlar uchun qulga aylantirish; bo`ysundirilgan xalqdan o`lpon sifatida qul 
olish kabilar qulchilik manbai hisoblangan. Qullar hayvonlarga tenglashtirilgan. Ular oilasiga, mol-mulkiga 
ega bo`lmaganlar. 
Aholining asosiy qismini erkin jamaochilar tashkil etgan. In davlatida jamoa juda katta rol o`ynagan. 
Jamoa yerlaridan foydalanish "quduqli maydonlar" tizimi bo`yicha tashkil etilgan. Barcha yerlar ikkita 
toifaga: jamoat maydonlari va xususiy maydonlarga bo`lingan. Jamoat yerlariga butun jamoa tomonidan 
birgalikda ishlov berilgan. Undan keladigan butun hosil jamoa oqsoqoliga kelib tushgan va oxir oqibatda 
podshoga jo`natilgan. Xususiy maydonlar alohida oilalarning yakka tartibda foydalanishida bo`lgan. Bunday 
maydonlardan keladigan hosil erkin jamoachilarni boqishga ketgan. Lekin xususiy maydonlar, ularni ushlab 
turuvchilarining mulki hisoblanmagan. Yerlar davlat mulki sifatida ko`rilgan va podshoning ixtiyorida 
bo`lgan. Bu davrda qullar, uylar, mehnat qurollari xususiy mulk hisoblangan. 

Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin