Mavzu: Qadimgi Xitoy


 QADIMGI SIN DAVLATI(miloddan avvalgi 221-207 yillar)



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
3. QADIMGI SIN DAVLATI(miloddan avvalgi 221-207 yillar) 
Sin podsholigi Sharqiy Chjouning g`arbiy qismida - Xuanxe irmoqlaridan biri Vey daryosi havzasida 
joylashgan edi. Miloddan avvalgi IV asr o`rtalarida Sin podsholigi birmuncha kuchayadi. Podsho Sao-gun 
(361-338 yillar) davrida davlatning nufuzli amaldori Shan Yan tomonidan bir qancha islohotlar o`tkazilgan. 
Bu islohotlar kuchli markazlashgan davlatning tashkil topishiga ko`maklashgan. Bu islohotlar quyidagilarni 
o`z ichiga olgan. Islohotga ko`ra, yerni istagancha xususiy mulk qilib olish, uni erkin sotish va sotib olishga 
9
www.referatlar.uz 


10 
ruxsat berilgan. Bu esa jamoa yer egaligiga berilgan qattiq zarba edi. Jamoalarning yemirilishini, 
shuningdek, katta oilalarning majburiy bo`linishi haqidagi qonun ham tezlashtirgan. Davlatni 
markazlashtirish maqsadlarida hududiy tamoyil bo`yicha yangi ma‘muriy bo`linish amalga oshirilgan. 
Soliqlar undirish tizimi o`zgargan. Hosildan olinadigan soliq yer solig`iga almashtirilgan. Yangi soliq ishlov 
beriladigan yerning miqdoriga qarab belgilangan. Qo`shin qayta tuzilib, qurollantirilgan, harbiy xizmatlar 
uchun 18 darajali zodagonlik tashkil etilgan. Bu islohotlar markaziy, ya‘ni podsho hokimiyatini ancha 
mustahkamlagan. Davlatdagi ijtimoiy-siyosiy hayot umumiy qoidalarga bo`ysungan. Imperator yagona 
yozuv belgilarini jrriy qilgan, og`irlik va uzunlik o`lchovlarini tartibga keltirgan, hamma uchun majburiy 
qonunlar tasdiqlagan, hatto marosimlarga oid asbob-anjomlar va qurol-yarog`lar yagona namuna bo`yicha 
tayyorlangan. Qonunlarga qat‘iy rioya qilish mamlakatda tartib saqlanishining eng muhim sharti 
hisoblangan. 
Biroq Shan Yan islohoti eski zodagon, mehnatkash xalq va qullarning, shuningdek konfutsiychi oqim 
namoyandalarining qarshiligiga uchragan. Podsho Syao-gun vafotidan keyin Shan Yan ham zodagonlar 
tomonidan qatl etilgan. Shunday bo`lsada, Shan Yan tomonidan o`tkazilgan islohotlar davlatni ancha 
mustahkamlagan. 
Podsho In Chjen davrida (241-210 yillar) Sharqiy Xitoy yerlari birlashtirilgan. In Chjen - Sinning 
birinchi podshosi (Sin Shi Xuandi) degan nom olgan. U Sharqiy Xitoydagi oltita podsholikni o`ziga qaratib 
olgach, shimoldagi syunni (xunn) qabilalariga qarshi zafarli urushlar olib borgan. Janubda esa u Yuz 
podsholigini ham o`ziga itoat ettirgan. Shu tariqa yirik imperiyaga asos solingan. Davlat boshlig`i imperator 
(xuandi) bo`lgan; u juda katta vakolatlarni qo`lga kiritib olgan. Qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyati 
unga tegishli edi. Imperiya juda keng tarmoqli davlat apparati tomonidan idora etilgan. Davlat apparatida o`n 
minglab chinovniklar xizmat qilgan. Boshqaruv apparati tepasida o`ng va so`l chensyanlar (ministrlar) 
turgan. Chensyanlarning o`rinbosarlari kotiblar bo`lgan. Saroy qo`riqlash xizmatining boshlig`i, imperator 
avlodlarining marosimlarini o`tkazishni yurituvchi chinovnik, tashqi munosabatlarni yurituvchi chinovniklar 
davlatda oliy chinovniklar hisoblangan. Davlat apparati faoliyatida imperator maslahatchilari katta rol 
o`ynagan. 
Qadimgi Xitoy podsholiklari bosib olingandan so`ng imperiyada Shan Yan islohotlari namunasida bir 
qator ma‘muriy, agrar, moliya va harbiy islohotlar o`tkazilgan. Ilgarigi podsholiklarning chegaralari yo`q 
qilingan. Butun imperiya hududi o`ttiz oltita viloyatga bo`lingan. Viloyatlar o`z navbatida uyezdlarga, 
uyezdlar - volostlarga, volostlar esa - tin (eng quyidagi ma‘muriy birlik)larga bo`lingan. Har bir viloyat 
tepasida ikkitadan boshqaruvchi - harbiy va fuqarolik hokimiyati vakillari turgan. Ular poytaxtlardan 
tayinlangan va imperator tomonidan xohlagan vaqtda almashtirilishi mumkin bo`lgan. Eski aristokratiya 
imperiya chinovniklarining qattiq nazorati ostiga olinib, eski zodagonlik unvonlari bekor qilingan. 
Boylik va davlat xizmatlari aslzodalik mezoni bo`lib qolgan. Zarracha ayb yoki nojo`ya ish uchun 
jazolovchi juda qattiq qonunlar joriy etilgan. Chinovniklar o`z faoliyatlarida qattiq o`rnatilgan yagona 
qonunlarga amal qilganlar. Bu davrning davlat apparati kattaligi, murakkabligi bilan ajralib turgan, unda 
juda ko`p miqdordagi chinovniklar xizmat qilgan. 
Markazlashgan davlatning tashkil topishi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-
sotiqning rivojlanishiga imkon yaratgan. Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi aholining 
tabaqalashuvini kuchaytirgan. Shu bilan birga yirik yer egaligi rivojlanib, jamoalar xonavayron bo`lishda, 
qullarning soni ko`payib borishda davom etgan. Ayniqsa, Sin podsholigi davridagi to`xtovsiz urushlar, 
Buyuk Xitoy devoriga (uni qurish ishlari miloddan avvalgi IV asrda boshlangan edi) sarflangan sarf-
harajatlar va soliqlar mehnatkashlarni og`ir ahvolga solib qo`ygan. Ular o`rtasida qattiq noroziliklar kelib 
chiqqan. Oqibatda kuchli xalq qo`zg`olonlari - dehqonlarning ulkan miqyosdagi urushlari boshlanib ketgan. 
Ana shunday urushlardan biri miloddan avvalgi 209 yilda butun mamlakat bo`ylab boshlanib, Sin davlatini 
halokatga olib kelgan. Unga Lyu Ban degan qishloq oqsoqoli rahbarlik qilgan edi. Miloddan avvalgi 202 
yilga kelib Lyu Ban tarafdorlari g`olib chiqib, u o`zini yangi Xan sulolasining podshosi deb e‘lon qilgan. 
Shu tariqa Sin podsholygi tugatilib, o`rnida Xan podsholigi paydo bo`lgan. 

Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin