12
yozilishicha, qo`zg`olonda Van Man tomonidan ag`darib tashlangan Xan sulolasi vakillari ham qatnashgan.
Ularning asosiy maqsadi o`z hokimiyatlari qayta tiklanishiga erishish edi. 23 yilda Xan sulolasi taxtni
qaytadan egallab, Van Manning farmonlari va buyruqlarini bekor qilgan. Mamlakat iqtisodi barqarorlasha
boshlagan. Davlat apparatida muhim o`zgarishlar yuz bergan. Mamlakatni idora etish bo`yicha funksiyalar
beshta mahkama o`rtasida taqsimlab olingan, imperator huzurida oliy maslahatchi organ - imperatorlik
kengashi tuzilgan.
II asrning ikkinchi yarmida Xitoyda yana og`ir vaziyat vujudga keladi, siyosiy guruhlar o`rtasidagi
kurash chuqur siyosiy inqirozga olib keladi. Mamlakatning xo`jalik tizimi tushkunlikka uchraydi. 184 yilgi
kuchli "sariq ro`molliklar" qo`zg`oloni butun mamlakatni qamrab olgan. Qo`zg`olon hukumat qo`shinlari
tomonidan katta talofotlar evaziga zo`rg`a bostirilgan. Jang natijasida 80 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan,
yerlar bo`shab qolgan, ba‘zi yirik shaharlar vayron etilgan. 188 - 207 yillarda ham Hitoyning ko`p joylarida
kuchli qo`zg`olonlar bo`lib o`tgan. Ammo ularning hammasi hukumat qo`shinlari tomonidan
shafqatsizlarcha bostirilgan. Lekin shunga qaramay, qo`zg`olonlar Xan saltanatini zaiflashtirib yuborgan va
oxir oqibatda uning qulashiga olib kelgan. 220 yilda Xan podsholigi Vey, Shu va U kabi davlatlarga bo`linib
ketgan. Bu Xitoy tarixida Uch podsholik davri deb ataladi. Shu bilan qadimgi Xitoy tarixi o`z nihoyasiga
yetgan.
Dostları ilə paylaş: