13
Qadimda hali qog‘oz paydo bo‘lib ulgurmagan bir paytda, barcha ma‘lumotlar, taxminiy yozuvlar va
yozma yodgorliklar bronzaga, toshga, turli hayvon suyaklariga va toshbaqa kosalariga o‘yib yozilgan. Bu
yozma yodgorliklar miloddan avvalgi 2000 yillikdan beri dunyoni hayratga solib kelmoqda. Quyidagi
yozuvlar saqlanib qolgan Xitoyning qadimiy ―Shujing‖ (―Tarix kitobi‖) va ―Shijing‖ (―Qo‘shiq kitobi‖) kabi
yodgorliklar eramizdan avvalgi 1000-yilning birinchi yarmiga mansubdir. O‘sha davrdagi mavjud shevatlar
asosini qadimiy xitoy adabiy tili tashkil qilgan. U ―vengan‖
deb atalib, uzoq vaqt mobaynida muloqot
vositasi bo‘lgan va asta-sekin og‘zaki nutqdan chiqa boshlagan. Eramizning 1000-yillariga kelib esa
so‘zlashuvchilar orasida umuman tushunarsiz tilga aylangan. Bu adabiy til o‘zida qadimiy xitoy tili
me‘yorlarini o‘zida aks ettirgan va XX asrgacha adabiy til sifatida foydalanilgan. Bu vaqt mobaynida til bir
qator o‘zgarishlarga uchragan. Buni birgina 雨 – yu – yomg‘ir ieroglifi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Qadimgi Xitoy tili (上古汉语) me‘yoriy adabiy xitoy tili miloddan avvalgi XIV asrda Huanghe daryolari
bo‘yida paydo bo‘lgan. Keyinchalik butun Xitoy bo‘ylab tarqalgan. Qadimgi xitoy yozuvi esa o‘zining
yozuv shakli
bilan nafaqat Xitoy balki, unga chegaradosh bo‘lgan davlatlarga o‘z ta‘sirini o‘tkazgan.
Jumladan, Sharqiy Osiyodagi Yaponya, Korea va Vetnam davlatlarini aytib o‘tish mumkin. Ushbu davlatlar
uchun ham qadimgi xitoy adabiy tili asosiy til bo‘lib hisoblanadi. Bu holat esa XX asrning boshlariga qadar
davom etib kelgan. 1919-yilning 4-mayidagi harakatlardan so‘ng, Xitoyda adabiy til deb ―Baihua‖
(―Tushunarli til‖) e‘lon qilindi. ―Baihua‖ Xitoyning shimoliy sheva asosida vujudga kelgan.
Xitoy ierogliflari dunyodagi eng qadimiy yozuvlardan hisoblanib, dunyo tillari ichida o‘zining yozuv
belgilari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Belgilarning soni hozirgi kunda 85000 dan ortiq va ularning
6000 ga yaqini umumqo‘llaniladigan ierogliflar hisoblanadi. Xitoy ierogliflari tarixi ―Piktogramma‖larga
borib taqaladi. Piktogramma – bu biror narsa yoki hodisa ifodalangan belgili surat. Hozirgi kunga kelib
bunday yozuv faqat 3400 yillik tarixga ega toshbaqa kosalarida saqlanib qolgan. Bundan shu ma‘lum
bo‘ladiki, o‘sha paytlardayoq ma‘lum me‘yorlarga asoslangan yozuv mavjud bo‘lgan. Piktogrammalar to
hozirgi davrga qadar o‘zgarib, yozuv belgilariga aylangan. Toshbaqa kosalariga yozilgan yozuvlar davridan
to hozirgi zamonaviy yozuvlarga qadar 10 xil yozuv turi mavjud bo‘lgan. Ulardan asosiylari 5ta, bu usullar
ham 2ga bo‘linadi va 3tasi hozirda ham qo‘llaniladi. 2tasi qadimiy yozuv hisoblanib, ularni faqatgina
kalligrafiya san‘atida uchratish mumkin. Quyida ularning 5tasiga to‘xtalib o‘tamiz:
1. Kaishu – bu namunaviy yozuv usuli bo‘lib, 1000 yildan beri qo‘llaniladi
va zamonaviy xitoy ieroglif
yozuvida keng qo‘llaniladigan asosiy usul hisoblanadi. Bu usul komputer shriftlari va tepografiyada
ishlatiladi. Uning o‘ziga xos xususiyati belgilarning aniq tartibidir, ya‘ni ieroglifdagi har bir belgi aniq
ko‘rinib turadi va sekin yoziladi.
2. Sinshu – bu yozuv turiga ―yuruvchi yoki yuguruvchi xat‖ nomi berilgan. Bu usulning o‘ziga xosligi
ieroglifdagi nuqta yoki boshqa belgilar bir-biriga birikkan holda ifodalanadi. Bu usul tez yozilishi bilan ham
boshqa yozuv turlaridan farq qiladi.
3. Tsao shu – ushbu yozuv turi ham tez yozuv usuli bo‘lib, bu usulda ko‘pincha ba‘zi bir belgilar tushib
qolishi ham mumkin. Shuning uchun ham bu usuldagi yozuvlarni tushunish biroz qiyin.
4. Juangshu – bu yozuv qadimiy bo‘lib, ―qayd etuvchi yoki ish yozuvi‖ deb nom olgan.
U toshbaqa
kosalari va turli hayvon suyaklariga bitilgan yozuvdir. Bu yozuv usulidagi belgilarda hech qanday ilgaklar
bo‘lmaydi. Bu usul faqat kalligrafiya va qadimgi san‘at asarlarida saqlanib qolgan.
5. Lishu – qadimda ma‘lum bir davlat hodimlarining qayd etish usuli bo‘lib, bunda ko‘proq davlat ishlari
olib borilgan. Bu usul Xan sulolasi davrida qo‘llanilib, eramizdan avvalgi I asrning o‘rtalarida mavjud
bo‘lgan.Bu shriftlarning barchasi hozirgi zamon komputer yozuvlari orasida keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: