Mavzu: Qishloq xo’jaligi sohasida foydalaniladigan raqamli o’lchash vositalari



Yüklə 8,69 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#169588
1   2   3
6-mavzu metrologiya

O'zRST 1.1. «O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish Davlat tizimi. Respublika standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi». O'zRST 1.2. «O'zbekiston Respublikasining Davlat tizimi. Texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi». O'zRST 1.3. «O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish Davlat tizimi. Korxona standartlarini ishlab chiqish, kelishib oIish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish». O'zRST 1.4. «O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish Davlat tizimi. Standartlar va texnik shartlar bilan ta'minlash tartibi». O'zRST 1.5. «O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish Davlat tizimi. Standartlar va texnik shartlami tekshirish, qayta ko'rib chiqish, o'zgartirishlar kiritish va bekor qilish tartibi» . O'zRST 1.7. «O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish Davlat tizimi. Me'yoriy hujjatlarda xalqaro standartlami bevosita qo'llash tartibi». GOST 15. SDT (standartlashtirish Davlat tizimi) stand artlaming tuziIishi, bayon etilishi, rasmiylashtirilishi va mazmuniga ko'ra umumiy talablar.

MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi) mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi bitimiga hamda Vazirlar Mahkamasining «(O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish to'g'risida»gi 1 992-yil 2-martdagi 93-sonli qaroriga binoan sobiq Ittifoqning davlat standartlari GOST MDHning davlatlararo standartlari sifatida amalda qo'llanmoqda. Sobiq Ittifoqning davlat boshqaruvi organlari tomonidan tasdiqlangan tarmoq standartlari (TST) va texnik shartlari (TSH) O'zbekiston Respublikasi hududida amal qilish muddati tugamaguncha qo‘llaniladi. TST va TSH O'zRST 1.5 ga binoan o'zgartiriladi va bekor qilinadi.

Q'zbekiston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi ishlar quyidagi qonun-qoidalarga asosan tashkil etilgan: - ixtiyoriylik, oshkoralik, baynalmilallik, barcha manfaatdor tomonlarning ishtiroki, texnik darajaning va samaradorlikning hisobga olinishi, asossiz har xillikning qisqartirilishi, standartlarning to'liqligi va uyg'unligi; - mahsulot nomenklaturasi va sifati to'g'risidagi savollarda davlat, iste'molchi manfaatini himoya qilib, inson hayoti va sog'ligi xavfsizligini ta'minlash, atrof-muhitni himoya qilish; - aholi va xalq xo'jaligi talabi asosida, fan va texnika yutuqlariga suyanib, mahsulot sifatini oshirish; - mahsulotlarning o'zaro almashuvchanligini ta'minlash, iqtisodiy ko'rsatkichlarni yaxshilash asosida moddiy va ishchi kuchi resurslarini tejash; - xalq xo'jaligida xavfsizlikni ta'minlab, tabiiy va texnologik avariya hamda favqulodda holatlar bo'lishining oldini olish; - mahsulot nomenklaturasi va sifatiga iste'molchi hamda davlat manfaatlarini ko'zlab optimal talablar belgilash.


Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin