Mavzu: Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasining mohiyati, ahamiyati va tashkil etilishi. Reja


IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash



Yüklə 62,57 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü62,57 Kb.
#206760
1   2   3   4   5   6   7   8
Norqobilov

IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.
Mazkur holat aholi sonining o‘sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning boshqa yer fondi toifalariga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan.
Prognozlarga ko‘ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug‘oriladigan yer maydonlari yana 20 — 25 foizga qisqarishi mumkin.
Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi xo‘jaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish.
Agrosanoat majmuidagi davlat organlarining funksiyalari asosan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan va ularning ayrimlari xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin.
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalarida sezilarli o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, moddiy resurslar ta’minoti hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining aksariyat qismi paxta xom-ashyosi va boshoqli don yetishtirishga mo‘ljallangan.
VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish.
Hozirgi vaqtda davlatning qishloq xo‘jaligiga sarflanadigan xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (1,68 foiz) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kirmaydigan (0,62 foiz), o‘rtacha darajadagi daromadli davlatlarga nisbatan qariyb uch baravar va IHTTga a’zo mamlakatlarga (0,17) nisbatan o‘n baravar ko‘pdir. Shunga qaramasdan, qishloq xo‘jaligida samaradorlik va raqobatbardoshlik hamda ishlab chiqaruvchilarning daromadlari nisbatan pastligicha qolmoqda. Sohani davlat tomonidan moliyalashtirishning asosiy qismi bevosita irrigatsiya uchun sarflanadi (63 foiz) hamda asosan paxta va boshoqli don yetishtirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Budjet mablag‘larining katta qismi nasos stansiyalarining elektr energiyasini qoplash uchun sarflanadi, oqibatda mavjud irrigatsiya va drenaj tizimlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash, ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari to‘liq qoplanmayapti.
Hozirgi vaqtda umumiy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashning katta qismi davlat budjetida “boshqalar” xarajat moddasi sifatida aks etadi, bu esa sohada davlat xarajatlarining strategik rejalashtirilishi yo‘qligidan dalolat beradi. Budjet tizimida sohani qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliyaviy va kredit dasturlari (3,5 mlrd AQSh dollardan ortiq) va davlatning yirik investitsiya dasturlari yoki strategik rejalashtirish jarayonlari o‘rtasida aloqa mavjud emas.

Yüklə 62,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin