Bozor muhitiga bog‘liq prinsiplar Talab va taklif prinsipi Mulkning bozor qiymati bozorda talab va taklifning o‘zaro ta’sirlashuvi hamda sotuvchilar va xaridorlar raqobat tabiati natijasida shakllanadi.
Talab odatda xaridorlar ma’lum vaqt oralig‘ida shu paytda qaror topgan bozor qiymati bo‘yicha sotib olishga tayyor yoki sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar miqdori bilan belgilanadi. Tovar yoki xizmatga bo‘lgan talabga ta’sir qiladigan hal qiluvchi omillar potensial iste’molchilarning shu tovar yoki xizmatni olishga istagi va imkoniyatlarini aks ettiruvchi afzal ko‘rishlari va xarid qilish qobiliyatidir. Shunday qilib, tovar yoki xizmatga talab shunday tovar yoki xizmatning foydaliligi bilan yaratiladi, ularning tanqisligi va kerakliligi ta’sirida bo‘ladi hamda potensial xaridorlarning xarid qobiliyati bilan cheklanadi.
Taklif ayni paytda bozorda aniq narxda sotuvga taklif etilgan obyektlar miqdori bilan belgilanadi. Tovar yoki xizmat taklifiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bunday tovar yoki xizmatning foydaliligi va ularning aylanmadagi miqdorining cheklanganligidir. Shu bilan birga, tovar yoki xizmatning mavjudligi potensial iste’molchilarning haqiqiy xarid qobiliyati bilan cheklangan.
Talab va taklif nisbati teng vaznli bozordagi narxlar darajasini belgilaydi. Talab va taklif nisbatining ehtimol qilinadigan uchta holatini ajratish mumkin: talab va taklif teng, bozor bitimlari natijasida mulk obyektlarining teng vaznli adolatli bozor narxi shakllanadi; talab taklifdan ortiq, bu bozorda narxlarning oshib ketishi bilan ifodalanadi; taklif talabdan yuqori, bu bozorda narxlarning tushib ketishi bilan ifodalanadi.
Raqobat prinsipi Bozor mexanizmlari boshqarish ta’siriga ega: bozor talabi foydani keltirib chiqaradi, foyda, o‘z navbatida, raqobatni yuzaga keltiradi. Qo‘shimcha foyda olish imkoniyati yoki monopollashuv jarayonlari raqobat mexanizmlarining buzilishiga olib keladi hamda mulk qiymatini buzib yuborib, bozorga putur yetkazadi.