O'lchash vositalarini metrologik attestatlash.
Ekspluatatsiyaga kam sonli O'V kiritish metrologik attestaciya orqali amalga oshiriladi. O'V metrologik attestatsiyani O'z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. O'Vning MA Davlat metrologiya hizmati va yuridik shahslarning metrologiya hizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o'tkaziladi. MA ijobiy natijalariga ko'ra O'V Davlat reestrda registraciya qilinadi va unga MA to‘g’risida sertifikat beriladi. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo'llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mo'ljallangan o'lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi: • donalab ishlab chiqariladigan O'V; • chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O'V; • o'zining bevosita vazifasi bo'yicha qo'llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o'rnatilgan qo'llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo'llaniladigan, vatanda yoki horijda ishlab chiqarilgan, turi tasdiqlangan O'V; • turi tasdiqlashda o'rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni o'rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O'Vning dona nushalari; • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni o'tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o'rnatishda. O'Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari: - O'Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o'z vazifasiga muvofiq qo'llanilishiga huquqli ekanligini o'rnatish; - attestatlanadigan O'V metrologik tafsilotlarining O'Vni yaratishga texnik topshiriqda o'rnatilgan yoki O'Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirig’i (so'rovnomasi)ga binoan o'rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash; - O'Vning haqiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash; - O'V texnik tafsilotlarining havfsizlik talablariga, gigienik va hos sinovlar jarayonida o'rnatilgan boshqa mahsus talablarga muvofiqlikning to'liqligini baholash.
O'lchash vositalarini qiyoslash.
• O'lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni qiyoslash orqali amalga oshiriladi.
• Davlat tekshiruvi va nazorati soqasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bo'lgan O'Vning ro'yhati O'zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
• O'V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik hizmati idoralari o'tkazadi, lekin O'V ni qiyoslash huquqi yuridik shahslarning akkreditlangan metrologik hizmatlariga qam topshirilishi mumkin.
• Boshqa davlatlarda bajarilgan O'V ni qiyoslash natijalari halqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi.
• Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta'minlangan va import bo'yicha sotib olinadigan O'V ni qiyoslashni tashkil qilish ka o'tkazish bo'yicha asosiy nizomlar O’z DSt 8.003:2005 "O'z O'DT.