Mavzu: qog‗oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi



Yüklə 22,42 Kb.
səhifə2/6
tarix05.05.2023
ölçüsü22,42 Kb.
#108150
1   2   3   4   5   6
Mаруза 12

Ro‗znoma qog‗ozi-eng ko„p tarqalgan qog„oz turlariga kiradi. Sifatiga ko„ra unchalik pishiq emas, namlikni, yelimni o„ziga tez singdiradi.
Yozuv qog‗ozi–sathi silliq, yelim sindirilgan, namlikni kamroq singdiradi. Maketlarni ixtirolashda, muqovalashda, kartondan yasalgan narsalarni muqovalashda juda qo„laydir.
Chizmachilik qog‗ozi–eng pishiq va qalin qog„ozdir. Lattadan tayyorlanadi, uning oliy navi qo„lda tayyorlanadi. Undan bayramalar uchun qiziqarli niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qog‗ozi – ikki xil nomerli bo„lib, sellulozadan tayyorlanadi. Oliy naviga 25% latta qo„shiladi. Chizmachilik chizishda shuningdek qo„l mehnati darslarida foydalaniladi. Rangli va jiloli qog„oz – mehnat darslarida keng 106

qo„llaniladi. Turli xil rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog„ozlar to„plami chiqariladi.


Yelimlangan qog‗oz – jilo berilgan qog„oz bo„lib, bir tomoniga yelim surtilgan. Mehnat darslarida ishlatish uchun juda qo„lay materialdir.
Rangli jild qog‗ozi – turli ranglarda bo„ladi, jilo berilgan rangli qog„ozning o„rinini bosa oladi. Qo„l mehnati darslarida ko„p ishlatiladi. Rangli naqshdor qog„ozi-muqovasozlikda va tayyor narsalarning ustidan muqovalashda, archa o„yinchoqlarini yasashda foydalaniladi.
Gul qog‗ozi-rangi va guli turlicha bo„lib muqovalashda, narsalarning ustidan muqovalashda, bezash ishlarida kengfoydalanildi.
Millimetrli qog‗oz -sathi bosma tur shaklida tayyorlanadi. Mayda grafikli chiziqlari mavjud.
Karton qog‗ozi – karton deb 1 kv mt 250 grammdan ortiq bo„lgan qog„ozga aytiladi.
Oq karton uni qirqish oson, o„zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko„p shimadi ko„pincha yelimdan shishadi). Undan mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mumkun.
Sariq karton – oq kartonga ko„ra pishiqroq, egiluvchan yaxshi qirqiladi, yelimdan ko„tarilmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kul rang karton –oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Pichoq- karton massasidagi qumdan tez o„tmaslashadi. Kartonning bu turidan o„ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton - bu yupqa egiluvchan sathiga turli rangda jilo berilgan, ishlov berish oson va ko„rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash uchun qulay bo„lgan karton turidir.
Ta‟lim jarayonida o„quvchilar turli qog„ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari rangi, qalinligi, zichligi, siyohni ishlatish xususiyati, sathining xarakteri silliq, g„adir-budurligi bilan tanishadilar. Ba‟zi narsalarni tayyorlashda bolalar yelimdan foydalanadilar. Demak, bolalar 1-sinfdayoq tayyor yelimlarining asosiy xususiyatlari: yopishqoqligi, saqlanishi, yelimlashni o„rganishlari kerak. 107

Qog„oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas, bolalar ularni osonlik bilan o„zlashtirib oladilar. Qog„oz va kartonga ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyinchalik barcha mehnat turlari bo„yicha texnologiya ta‟limida keng qo„llaniladi.



Yüklə 22,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin