Mavzu: qog‗oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi



Yüklə 22,42 Kb.
səhifə3/6
tarix05.05.2023
ölçüsü22,42 Kb.
#108150
1   2   3   4   5   6
Mаруза 12

Qog‗ozni buklash usullari. Qog„ozni teng ikkiga buklash uchun qog„oz stol yoki parta ustiga qo„yiladi va o„ng hamda chap qo„li bilan qog„ozni o„ziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog„ozning uchlarining qirrasi bir-biriga to„g„ri tushishi kerak. Ana shundagina qog„oz qo„l bilan tekislanib, uning bukilgan chizig„i ustidan tirnoq bosib yurgiziladi.
Qog‗ozni bukilgan joyidan yirtish. Qog„ozni yirtishdan oldin, avval ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o„ng qo„l bilan bosilib, chap qo„l bilan bukilgan chiziqdan sekin yirtiladi, bukilgan chiziq ustiga chizg„ichni qo„yib, ham qog„ozni yirtish mumkin.
Qog‗ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog„ozni buklab, tirnoq bilan bosib iz tushiriladi. Shundan so„ng uning buklangan chizig„ini o„ng tomonga qilib stol ustiga qo„yiladi, uning orasiga pichoqni tiqib yurgiziladi.
Qog‗ozni qaychi bilan qirqish. Qaychi o„ng qo„lda ushlanadi. Ish vaqtida qaychini harakatsiz ushlab, qirqilayotgan qog„ozni, undagi kesish chizig„i aniq ko„rinishi uchun aylantirib turiladi.
Qog‗ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazeta yozib, uning ustiga kerakli o„lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog„oz qo„yiladi va mo„yqalam yordamida o„rtasidan chetiga avval chap, so„ngra o„ng tomonga qarab yelim suriladi. Yelimni tez, yupqa qilib suriladi. Yelim surilgan qog„ozni yopishtiriladigan predmetning ustiga qo„yib, uning ustidan g„ijimlanishlar bo„lmasligi uchun toza latta bilan bosib tekislanadi.
Qog‗oz va kartonni o‗lchash usullari. Mehnat darslarida qog„ozni o„lchash usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida qo„llanadigan asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizg„ich, uchburchak chizg„ich va sirkuldir. 108

Qog„oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu darsda buyumlarning umumiy ko„rinishidagi yig„ma, chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.


O„qituvchi o„quvchilarning yig„ma chizmani o„qishga, chizma va namunadan barcha detallarni, ularning o„lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab olishga o„rgatadi. O„qituvchi o„quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani ko„rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o„lchami shakli qanday bo„lishini aniqlaydilar.
Bolalar chizmaga qarab to„g„ri burchak, uchburchak shaklida ekanligini aytadilar. Qog„oz va karton bilan ishlash mashg„ulotlari o„quvchilar oldindan quyidagi tayyorgarlik ko„rishadi: stolning ustiga qog„oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg„ulot oxirida o„quvchilar keyingi mashg„ulotda kerakli bo„ladigan narsalarni yozib oladilar.
O„quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo„lishlari, o„z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda, sinf xonasini tozalab qo„yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo„llanilganidek mehnat darslarida ham ta‟limning ko„rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan mehnat darslarida turli xil namuna, rasm chiziq sxematik namuna turli predmetlarning shuningdek texnik vositalardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o„tkanimizdek “Qog„oz va karton bilan ishlash” mashg„ulotlarida o„quvchilar qog„ozni buklash yo„li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o„rganib boradilar. Ana shunday mashg„ulotlar davomida o„qituvchi quyidagi ko„rsatmali qurollardan foydalanish mumkin. Shu bilan o„quvchilar bu ko„rgazmalarni yasashni bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida yasalishini o„rganib borishlari mumkin.

Yüklə 22,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin