Yurakning sistolik va minutlik hajmi. Yurak qorinchalari bir marta qisqarganida 65—70 ml qonni aortaga chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Sistolik hajmni bir minutdagi qisqarishlar soniga ko‘paytirish orqali har bir yurak qorinchasining minutlik sistolik hajmini topish mumkin, ya’ni: 70 ml x 70 = 4,9 litr.
Yurak avtomatiyasi. Tinch holatda yurak bir daqiqada 70 marta qisqaradi. Bir kecha-kunduzda yurak 100000 marta qisqarib, 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlariga chiqarib beradi. Yurak tanadan ajratilganda ham ma’lum vaqt davomida o‘z-o‘zidan qisqarib turadi. Yurakning bu xususiyati uning muskullarida joylashgan maxsus hujayralarda muttasil paydo bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar bilan bogdiq.
Yurakning o‘z muskullarida paydo bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarib turishi yurak avtomatiyasi deyiladi.
Yurak biotoklari.Tirik organizmlarda hujayra sitoplazmasi bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo “bioelektrik tok” deb atala- digan elektrik potensial hosil bo‘ladi. Bu potensial qo‘zg‘alishni nerv va muskul tolalari bo‘ylab uzatadigan elektr signal hisoblanadi. Yurakning ishlayotgan va ishlamayotgan qismlari elektropotensiallari o‘rtasida farq bo‘ladi. Bu farqni elektro - kardiograf yordamida qog‘oz tasmasiga tushirish mumkin. Bu jarayon elektrokardiogramma deyiladi. U yordamida yurak ritmining o‘zgarishi tekshirilib, yurak muskullarining holatiga baho beriladi.
Y angi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga quyidagi tezkor savollar bilan murojaat qilinadi:
Qon aylanish sistemasi organlariga nimalar kiradi?
Yurak qayerda joylashgan?
Yurakning hajmi (erkak va ayollarda) qancha?
Yurak devoir necha qavatdan iborat?
Yurak necha kamerali?
Sistolik hajm deb nimaga aytiladi?
Yurak qorinchasining sistolik hajmini qanday topish mumkun?
Tinch holatda yurak bir daqiqada necha marta qisqaradi?
Yurakda nechta klapan dor?
Yarimoysimon klapanlar qayerdan joylashgan?
Savollarga javob bergan o‘quvchilar baholab boriladi. O‘qituvchi yuqorida o‘quvchilarga bergan “BBB” jadvalini yangi mavzudan olgan bilimlariga tayanib 2 - “Bilib oldim” ustunini to‘ldiradi. O‘qituvchi natijani tekshirib, o‘quvchilarni yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarga ega bodishni xohlashlarini 3 - “Bilishni xohlayman” ustuniga yozishlarini aytadi, o‘quvchilar
yozganlaridan so‘ng o‘qituvchi uni o‘qib chiqib savollariga javob berib umumlashtiradi.