Mavzu: Qon ketayotgan bemorlarda hamshiralik ishi. Infuziya va tranfuziya. Reja


Infuziya va transfuziya haqida tushuncha



Yüklə 19,11 Kb.
səhifə4/4
tarix12.03.2023
ölçüsü19,11 Kb.
#87443
1   2   3   4
Qon ketayotgan bemorlarda hamshiralik ishi. Infuziya va tranfuziya

Infuziya va transfuziya haqida tushuncha
1901-yilda Landshteyner kasal hamda sog'lom odamlarning zardobi ko'pincha bolalar va sog'lom odamlar eritrotsitlari bilan bir xil agglyutinatsiya berish holatini, ya'ni izogemagglyutinatsiyani raa'lum qildi (bu patologiya belgisi bo'lmasdan fiziologik holatdir). Izogemagglyutinatsiya reaksiyasi ma'lum kishilarning qon zardobi aglyutininlar bilan eritrotsitlar aglyutinogenlar qo'shilishi natijasida yuzaga keladi, boshqa hollarda esa agglyutinatsiya ro'y bermaydi. Landshteyner o'z tadqiqotlari natijalarini uch guruhga bo'ladi: 1. Birinchi guruhga mansub odamlarning qon zardobi shu guruhga mansub bo'lmagan odamlarning eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga - g'uj bo'lib yopishishiga olib keladi. Ularning eritrotsitlari hech qanday zardob bilan yopishmaydi. Qon xususiyatlariga qarab bu odamlar birinchi qon guruhiga kiritilgan (I). 2. Ikkinchi qon guruhidagi kishilarga zardobi uchinchi guruh eritrotsitlarini yopishtiradigan, lekin birinchi va ikkinchi guruhdagi eritrotsitlarni yopishtirmaydigan odamlarning qoni kiradi. Bu guruhdagi odamlarning eritrotsitlari birinchi va uchinchi qon zardoblari yordamida yopishadi (II). 3. Uchinchi guruhga kiruvchi shaxslarning zardobi ikkinchi guruh eritrotsitlarini yopishtiradi, ammo birinchi va uchinchi guruh eritrotsitlarini yopishtirmaydi, eritrotsitlari birinchi va ikkinchi guruh qon zardobi bilan agglyutinatsiya beruvchi shaxslar uchinchi guruhga kiritilgan (III).Keyingi tekshirishlar qon zardobi ma'lum bo'lgan guruh eritrotsitlari bilan yopishmaydigan, lekin shu vaqtning o'zida eritrotsitlar boshqa guruh zardoblari bilan yopishadigan guruh borligini ko'rsatdi. 1907-yilda Yanskiy ruhiy bemorlar qonini tekshirib, shu xususiyatlari bo'lgan shaxslar borligini aniqladi, ularning qoni birinchi guruh deb aniqlandi. 1910-yilda amerikalik Mass qon guruhlarini ko'pchilik odamda tekshirib to'rtinchi guruhga xos shaxslar borligini e'lon qildi, ammo o' z klassifikatsiyasida Yanskiyning I guruhini to'rtinchi guruh deb, to'rtinchisini esa birinchi deb e'lon qildi. 1921 - yilda amerikalik bakteriologlar, immunologlar va patologlar anjumanida Yanskiy ko'rsatmasi to'g'ri deb topildi.
Yüklə 19,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin