Mavzu: Qo’ng’irotlar hukumronligi davrida (1770-1920) Xiva xonligi



Yüklə 92,75 Kb.
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü92,75 Kb.
#123239
  1   2   3   4
Diyorbek


Mavzu: Qo’ng’irotlar hukumronligi davrida (1770-1920) Xiva xonligi.
Reja.
Kirish.
1. Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.
2. Qo’ng’irotlar hukmronligi davrida Xiva xonligining ichki siyosati.
3. XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yhati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. XX asr o’zbek xalqi tarixida ro’y bergan eng muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo’ldi. Istiqlol sharofati bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o’z e‘tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari o’z o’rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyat va an‘analarini hisobga olgan holda o’z rivojlanish yo’lini tanlashi, boy madaniyati va ma‘naviyatini e‘zozlash, xalq istiqboliga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini targ’ib etish, Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq etishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko’tardi. O’z oldiga huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan O’zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo etishda, davlat boshqaruvini to’g’ri, izchil yo’lga qo’yishda davlatchiligimizni tarixiy nuqtai-nazardan boshqaruvini o’rganish va boy tarixiy tajribadan foydalanish amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Uch ming yillik davlatchilik an‘analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi. Prezident I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida ―”Tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat o’lkasi bo’lgan, jahon sivilazatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan ulug’ zotlar vatani “Avesto”dek o’lmas asar yaratilgan tabarruk tuproq – Xorazm zamini butun dunyoga ma‘lum va mashhur. Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshohu sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko’p ko’rgan”,1 deb Xorazm tarixiga bo’lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol ko’rsatib bergan. Shu munosabat bilan Xorazm davlatchiligining muhim bo’lagi qo’ng’irotlar davri davlat boshqaruvini tadqiq etish, ichki va tashqi siyosatni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuning xronologik chegarasini XVIII asrdan XX asr boshlarigach bo’lgan davr tashkil etib, Xiva xonligining davlat boshqaruvi hamda ichki va tashqi siyosatga oid tadqiqotlar tashkil qiladi.


Mavzuning o’rganilish darajasi.Ushbu mavzu mustaqillik davrida bir qator o’zbek olimlari tomonidan o’rganilgan. Xususan, bu borada N.Polvonov va O.Qo’shjonov , S.Hasanov, A.Abdurasulov, D.Bobojonov va M.Abdurasulov , Q.Munirov, X. Ziyoev, Icxoqxon Junaydullaxo’ja o’g’li Ibrat, Davlatyor Raxim va SHohnazar Matrasul , Mulla Olim Maxdum Hoji. Majid Hasaniy , Mirzaolim Mushrif2 , Gulyamov H.G ning asarlari alohida ahamiyatga ega. O.Qo’shjonovva N.Polvonovning ―Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlar» asarida, asosan, Xiva xonligidagi jadid harakatiga, uning asosida tashkil topgan ta‘lim tizimiga qaratiladi. S.Hasanovning ―Xorazm ma‘naviyati darg’alari» nomli asarida esa Xorazmda etishib chiqqan allomalar va ularning fan sohasiga qanday yangiliklar qo’shganligi keltirib o’tiladi. A.Abdurasulovning ―Xiva» asarida Xiva xonligidagi ichki siyosat masalalari, jumladan, madrasalar qatori, ulardagi ta‘lim tizimi, adabiy muhit yoritib berilgan. Xususan, ta‘lim tizimiga oid quyidagi ma‘lumotni uchratishimiz mumkin: ―Xivadagi rus-tuzem maktabiniig asosiy maqsadi mahalliy millat bolalariga rus tilini o’rgatib, mahalliy tarjimonlar tayyorlashdan iborat edn. Chunki hali honlikda rus tilida ish yuritish, kelgan maktublarni o’qish va tarjima qilish, nomalar bitish sohasida qiyinchiliklar tug’ilayotgan edi. Holbuki, Petro Aleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l) shahrida ochilgan rus-tuzem maktabini bu davrda bir qancha xivalik yoshlar, jumladan, Asfandiyor to’ra, Muhammad Aminaddin Muhammad hoji Aminaddin o’g’li 1892-1897 yillarda Fransiyaning Tuluza shahridan suvxo’jaligi kollejida ta‘lim olgan zamonaviy ma‘lumotli birinchi o’zbek irrigatori edi». Yana shu kitobda quyidagi xabar keladi: ―Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayin Qo’shaev degan Turkiyadan kelgan o’qituvchi yoshlarga ta‘lim-tarbiya bera boshladi. Mahalliy xalq vakillarining mazkur maktabga qiziqishi ortib, dekabr oyiga kelib, bu maktab o’quvchilarinish 45 tasi mahalliy millat farzandlari edilar. Husayin Qo’shaev 1906-1907 o’quv yilida xonlikdagi ilg’or ma‘rifatparvar kishilarning, eng avvalo, ota-onalarning orzu istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabi tashkil etdi. Bu muhim voqeadan xursand bo’lgan Feruz Urganchga borib, mazkur maktab ishi bilan tanishdi va Husayin Qo’shaevning boshlagan foydali tadbiri uchun uni qo’llab-quvvatlab, boshoyoq sarpo kiygizdi va xazina hisobidan maktabga yordam berib turishga qaror qildi». Q. Munirovning ―Xorazmda tarixnavislik» asarida Xiva xonligidagi faqat tarixiy asarlarga e‘tiborini qaratadi. Muallif xonlikda tarix maktabiga xon Abulg’ozi asos solganini ham eslatib o’tadi.
Ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishi XVIII asrdan to XX asrgacha bo’lgan davrda Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining olib borgan ichki va tashqi siyosati, shuningdek, tashqi siyosatda davlatlar bilan o’rnatgan aloqalari tadqiq qilinadi. Mavzuni yoritishda quyidagi vazifalar belgilangan: 1.Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishini tahlil qilish. 2. XVIII-XX asrlarda Xiva xonligining ichki siyosatini yoritish. 3. Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalarini tadqiq qilish. Markaziy Osiyo ayniqsa o’zbek xalqi tarixida –xonliklar davri alohida o'rin tutadi. Ko'p ming yillik o'zbek xalqi tarixida bu davr o’zining muddati bilangina emas, balki, shu davrda xalqimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan juda katta voqealar bilan ham ajralib turadi. Temur vafotidan so’ng Temuriy shahzodalar o’rtasida boshlanib ketgan to’xtovsiz urushlar sohibqiron ne mashaqqatlar bilan bunyod etgan qudratli davlatni parchalanib ketishiga sabab bo’ldi. Asta-sekin bu qudratli davlat tarkibidan qator davlatlar va mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan Astrobodgacha keng hududda joylashgan turkmanlar birinchilardan bo’lib temuriylar davlatidan ajralib chiqdilar. Xuddi shu vaqtda Farg’ona vodiysi ham ajralib mustaqil bo’lib oldi. Shuningdek, Hisor va Badaxshon ham mustaqil davlatga aylandi. Natijada O’rta Osiyodagina emas balki, Xuroson va Eron hududlarida ham temuriylar davlati yiqilgan edi.
1.Xiva xonligida Qo’ng’irotlar sulolasining hokimyat tepasiga kelishi.
Xivaxonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va qabilalar o‘rtasidagi mojarolarni to‘xtatishga qodir bo‘lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o‘zbeklarning qo‘ng‘irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning natijasi o‘laroq, XVIII asrning 60- yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o‘z qo‘llariga ola boshladilar. Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo‘ng‘irot qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko‘tarilgan. U turkmanlaming yovmut va chovduz qabilalariga qarshi kurash olib borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga - Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo tarqalib, o‘zbeklar Orol va Buxoroga ketishga majbur bo‘ladilar. 1770- yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi3 . Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. U xon avlodidan bo‘lmagani sababli taxtga Abulfayzxonning o‘g‘li Bo‘lakayxonni nomiga, qo‘g‘irchoq xon sifatida o‘tqazadi. Hokimiyatni esa o‘zi boshqaradi. 1782- yilda Buxoro amirligi qo‘shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin1 inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan. Hukmronligining so‘nggi yillarida o‘z qabilasining faol qatlamiga, savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro nizolardan oqilona foydalana olgan Muhammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bularning barchasi mamlakat iqtisodining ko‘tarilishini ta‘minlaydi. Jon saqlash uchun o‘zga
yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin ham, uning o‘g‘li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Qozoqchingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo‘shbegi, mehnat, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan. Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to‘xtatildi. Nafaqat to‘xtatildi, ayni paytda 1804- yildayoq chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg‘ozini taxtdan tushirib, o‘zini xon deb e‘lon qildi. Shu tariqa, qo‘ng‘irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu sulola 1920- yilga qadar Xiva xonligini idora qildi. Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat bo‘yida bo‘lgan hal qiluvchi jangda Xiva qo‘shinlari tor-mor etildi, Eltuzarxon ham halok bo‘ldi.
Eltuzarxon vafot etgach taxtga uning ukasi Muhammad Rahim I o‘tirdi. Muhammad Rahim I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Turkmanlarning turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin ketin bo‘ysundirilib borildi. Bo‘ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko‘chib ketdi. Biroq, Eron hukumatining tazyiqi ostida, shuningdek, yaylov maydoni topilmaganligi uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo‘ldilar. Shu davrdan boshlab yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog‘landi va ular xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to‘lash belgilandi. Shuningdek, xon qo‘shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi. Uzoq davom etgan urushlar va yillab sarson-sargardonlikda yurish yovmutlarni qishloq xo‘jaligidan ancha uzoqlashtirib qo‘ygan edi. Shu tufayli ular xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Ulardan o‘z zamonasining eng jangovar otliq harbiy qism tuzilganligi ham bejiz bo‘lmagan. Muhammad Rahimxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurash olib bordi. Bu kurashda o‘z raqiblarini birin-ketin bo‘ysundira bordi.Muhammad Rahim I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo‘yi zodagonlari guruhi qattiq qarshilik ko‘rsatdi. 1811 - yilda uning ham qarshiligi sindirildi. Qo‘ng‘irot shahri yakson qilindi. Xiva xoni mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni bo‘ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Haydardan yordam olishga harakat qildilar. Biroq, bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo‘ysunishga majbur bo‘ldilar .
1812-1820- yillar oralig‘ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2 marta hujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada kengayishiga erishildi. 1813- yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning takya qabilasi Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va belgilangan hajmda soliq to‘lab turishga majbur etildi. 1822- yilda esa Marv shahri xonlikka qo‘shib olindi. 1824yilda Yangi Marv shahri bunyod etildi. Muhammad Rahimxon I bo‘ysundirilgan qabilalar zodagonlarining qabila orasidagj mavqeyi nihoyatda qudratli bo‘lganligini hisobga olib, Ularga u yer-mulk va turli imtiyozlar in‘om etgan. Bu omil xonlikda siyosiy barqarorlikni ta‘minlashga xizmat qilishi kerak edi. Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda mamlakatda nisbiy barqarorlik ta‘minlandi. Uning hududlari yanada
kengaydi. Olloqulixon Buxoroga 7 marta, Xurosonga 5 marta yurish qilgan.

2. Qo’ng’irotlar hukmronligi davrida xiva xonligining ichki va tashqi siyosati.


Temuriylar o’rtasida kelib chiqqan o’zaro qonli urushlar bois, XVasrning oxirlari -XVI asrning boshlariga kelib, ularning davlati har taraflama o’zining kuch-qudratini yo’qotadi. Movaraunnahrda Shayboniylar hukmronligi o’rnatildi. Muhammad Shayboniy vafotidan keyin esa o’lka hayotida yana alg’ov-dalg’ov yillar boshlandi. Shu sababli bu erda mustaqil uch xonlik vujudga keldi. Xonliklar davrida ham o’lkada birlik, tinchlik bo’lmadi. Bu o’z navbatida xonliklarni Chor Rossiyasi va Sho’rolar hukumati tomonidan yo’qotilishiga sabab bo’ldi. Xiva xonligida boshqaruv tizimi juda murakkab bo’lib, urug’chilikka asoslangan byurokratik tizim mavjud edi. Xivada boshqa xonliklardan farqli o’laroq inoq degan lavozim bo’lib, bu lavozimni egallagan odam xondan keying odam hisoblanib, amir-ul-umaro, ya‘ni hukmdorlar hukmdori deb atalardi. Xonlikda devonbegi ham bo’lib, u xonning o’zidan keyingi amaldor hisoblanardi. Yana qo’shbegi degan lavozim bo’lib, unga xonlikning janubiy qismidagi o’troq aholi buysunardi. Bu erda xon, vazir va qushbegidan tashqari yana 5 kishidan iborat xon maslahatchilari (ular urug’ boshliqlaridan tuzilardi) bo’lgan har urug’ boshliqlaridan (inoqlar va otaliqlar) 2 kishi davlat boshqaruviga kirgan. Xiva xonlik boshqaruvida yasovullar shtati bo’lgan. Yana yuzboshi, mingboshi kabi amaldorlar bo’lgan. Yana joylardagi amaldorlar o’zlarining quyi boshqaruv tizmlariga ega bo’lib, o’z erlarini mustaqil boshqarishgan. Xonlik o’z navbatida okruglarga bo’lingan bo’lib, ularni hokimlar va qozilar boshqargan. Xonlikda yashovchi turkman, qozoq va qoraqalpoqlar hokimlarga buyso’nmay, faqat o’zlarining urug’ boshliqlariga itoat qilganlar.
Turkmanlarda ular bek hamda vakillar deyilsa, qoraqalpoq va qozoqlarda biy deb atalganlar. Xonlikda din ahllari: so’filar, shayxlar katta hurmat e‘tiborga ega bo’lganlar. Xonlikda XIX asr 1 yarmida ham feodal munosabatlarning rivojlanibborishiga qaramay, o’tmish patriarxal hayot qoldiqlari saqlanib qolayotgan edi. Yer hamda suv xon, yirik feodallar qo’lida edi. Ayrim feodallar qo’li ostidagi erlar 15 ming tanobni tashkil qilganda, oddiy jamoa a‘zosi bo’lgan dehqonning eri 1-2 tanobdan oshmas edi. Rus elchisi (Moskva) Ivan Xoxlov ma‘lumotiga ko’ra XVII asrda xon qo’shinlari soni 15 mingdan 30 minggacha bo’lgan. Xiva xonligida aholi XIX asr I yarmida 350000-500000 ni tashkil qilgan. Asosiy qismi o’troq aholi edi. Bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan. Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida deyarli o`zgarmadi. Rossiya imperiyasi hukumati Xivani doimiy nazoratda tutar va ichki siyosatdagi, shuningdek, tashqi siyosatdagi arzimas o`zgarishlarni Xiva hukumati Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta‘sis etilgan bo`lib, ulardan to`rt nafari podsho hukumati ma‘muriyati vakillari edi. Amudaryoning bir zamonlar Xiva xonligi tasarrufida bo`lgan va Gandimiyon shartnomasiga ko`ra Rossiya ixtiyoriga o`tgan o`ng qirg`og`I hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo`limi tashkil etilgan bo`lib, uning boshlig`i ayni mahalda Rossiyaning Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik qo`ng`irot urug`i avlo-diga mansub xon boshida tu-ravchi feudal monarxiya edi.Qo`ng`irotlar siyosiy, ijtimoiyhayotda va harbiy ishlarda uningsuyangan tog`i edi. Qo`ng`irotlarming yillik tarixga ega va o`zbek xalqining madaniy rivojlanishi-da muhim rol o`ynagan turkiyurug`dir. Xon cheklanmagan mustabidma‘muriy-sudlov va harbiy ho-kimiyatga ega edi. U mamlakatniqo`ng`irot urug`i zodagonlari,saroy a‘yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. Demak, siyosatni, davlat faoliyatini belgilashda xon hokimiyati Xiva xalqining manfaatlari bilan hech bir mushtarak jihatlari bo`lmagan, tor xudbinona manfaatlardan kelib chiqib, ish olib borar edi. Lashkar Xiva davlatida xalq qarshiligini bostirish va davlat yaxlitligi uchun kurash vositasi edi. U uyushmagan, tartibsiz va nochor qurollangandi. Lashkar xonning yasovul qo`shinlarini (uni
Yüklə 92,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin