Mavzu: Qo’ng’irotlar hukumronligi davrida (1770-1920) Xiva xonligi


begorni bajarishga ham majbur edilar. Sug`orish tizimi bilan bog`liq bo`lgan ishlar — kachi



Yüklə 92,75 Kb.
səhifə4/4
tarix02.06.2023
ölçüsü92,75 Kb.
#123239
1   2   3   4
Diyorbek

begorni bajarishga ham majbur edilar. Sug`orish tizimi bilan bog`liq bo`lgan ishlar — kachi ular orasida eng og`iri bo`lgan.
Xiva dehqonlari har yili kanallarni tozalashga, ko`tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to`g`onlar va ko`priklarni ta‘mirlashga chiqishlari lozim edi. Dehqonlar o`z ish qurollari va ovqati bilan kelishgan. Ishga chiqmaganlar esa muayyan mablag`ni xazinaga to`lashi shart bo`lgan. Jarchi o`z foydasiga "afanakpuli” yig`gan, ishlar nazoratchisi va mutasaddisi ham o`z ulushini olgan. Sug`orish tizimidagi ishlar dehqonlarni ezib ishlatishning eng og`ir shakllaridan biri edi.. Aholining 90 foizini tashkil etgan dehqonlar sug`orma yerlarning atigi 5 foiziga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlar yerlariga va vaqf yerlarida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi tizimi bo`yicha mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin odatda yer egasiga hosilning 40—50 foizini berishgan. Ulushchilar chorakorlar, teng yarmiga ishlovchilar esa yarimchilar deb atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ishchi qoramoli ham bo`lmagan dehqonlar esa zamindorlar qo`lida har qanday shart asosida ishlashga majbur edilar. Ularni xizmatkor (batrak) deb atashib, ovqatlanishlariga zo‘rg`a yetadigan arzimas haq berib ishlatishardi. Ularning yelkasiga zo`raki shartnomalar yuki osilgan edi. Qarzdor dehqonlar o`z qarzlarini uzish uchun ma‘lum vaqt davomida ishlab berishlari lozim edi. Qarzini to`lamasdan turib ular xo`jayini xizmatidan keta olmasdilar. Shu zaylda, yersiz dehqonlar , soni yildan-yilga o`sib bordi. Ular tobora xonlar, beklar va ularning amaldorlariga qaram bo`lib boraverishdi. Bularning bari Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta‘sir o`tkazdi.XVIII-XIX asrlarda xonlikda muntazam qo’shin mavjud bo’lib, uning tuzilishi ham Buxoronikiga o’xshash bo’lgan. U asosan, otliqlardan tashkil topib, qo’mondonilikni lashkarboshi, yuzboshilar boshqarishgan. Askarlar tinchlik paytida dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug’ulanishgan.
XIX asr 30-y.larida qo’shin soni qariyb 40 ming kishi edi. Askar xizmatidagilar soliq va jamoa ishlaridan ozod qilinib, har bir harbiy yurishda qatnashganligi uchun 5 oltin tanga, jangda rag’bat ko’rsatganlar 10-100 tanga olgan. Xon saroyida esa muntazam yaxshi qurollangan askar xizmat qilgan (1000 kishi). Qo’shinning asosiy qismi qilich, o’q-yoy, nayza bilan qurollangan; ba‘zi qismlar miltiq bilan qurollangan. Erga egalik turlari. O’rtta Osiyoning barcha davlatlari singari, Xiva xonligida ham yer asosiy boylik hisoblangan. Buxoro amirligidagi kabi ular egalik shakliga ko’ra uch guruhga bo’lingan: davlat erlari (amlok), shaxsiy mulk (xususiy erlar), vaqf erlari. Biroq, er egaligi Buxoro xonligidagi bir qancha farq qilardi: xon va uning qarindoshlari barcha erlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Qolgan erlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf erlaridan tashqari). Davlat va xususiy erlar dehqonlarga ijaraga berilgan. Dehqonlar olgan hosilning yarmini ijaraga to’laganlar va shu sababdan ularni ―yarimchilar» deb ham atashgan. Mayda yer egalari xonavayron bo’lib borganlar va oxir-oqibatda erlaridan mahrum bo’lganlar. Qishloq xo’jaligi va sug’orish ishlari. Xiva xonligida o’troq aholi dehqonchilik, ipakchilik, ko’chmanchilar esa asosan chorvachilik bilan shug’ullangan. Xonlikning iqtisodiy hayotida sug’orishga asoslangan dehqonchilik muhim o’rin egallagan. XVI asr o’rtalarida Yangiariq va Toshli Yormish, 1602 y. Arab Muhammad, 60-80 y.larda Shohobod va Yormish, XIX asr boshlarida Amudaryodan Lavzan arig’i chiqarildi va keyinchalik katta kanalga aylantirildi, 1815 y.da Qilichniyozboy kanali qazildi.
Dehqonchilikda bug’doy, paxta, makkajo’xori, arpa, shuningdek bog’dorchilik, polizchilik, sabzavot ekinlari etishtirilgan. Chorvachilikda quy, echki, tuya, qoramol, boqilgan. Ayniqsa qorako’lchilik yaxshi rivojlangan.Hunarmandchilik. Hunarmandchilik shaharlarda rivojlangan bo’lib, ip, ipak va jundan gazlamalar to’qish keng tarqalgan, shuningdek, kosibchilik, kulolchilik, temirchilik, zargarlik, qurolsozlik va b. turlar ham rivojlangan. Savdo-sotiq. Ichki va tashqi savdo mamlakat uchn muhim sanalgan. Xususan Buxoro xonligi, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Rossiya hamda ko’chmanchi xalqlar bilan savdo aloqalari o’rnatilgan. Xiva, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Toshhovuz, Xo’jayli, Gurlan, Chimboy kabi shaharlar hunarmandchilik va savdoning markazlari sanalgan. Rossiyaga turli gazlama, paxta, ipak va b. mollar olib borilgan. U erdan temir, cho’yan, po’lat, charm, tunuka, movut, to’tiyo, qand va b.mollar keltirilgan. Xonlikning eng yirik shaharlari – Xiva, Ko’hna–YAngi Urganch sanalgan. Xiva shahri XVII asr boshlaridan 1920 yilgacha xonlik poytaxti bo’lgan, u qadimda Xeyvad deb atalgan.
XIX asr o’rtalarida shahar atrofi 6 km. Uzunlikdagi devor bilan o’ralgan; XVIII-XIX asrlarda shaharda ko’plab me‘moriy inshootlar qad ko’targan. Ularning turkumiga ko’ra Xiva O’rta Osiyoda yagona shu uslubda qurilgan shahar sanaladi. U Ichan qal‘a (devor uzunligi 2200 m.) va Dishan qal‘a (devon uzunligi 6250 m.)lardan iborat. Xivadagi Sayid Alovuddin maqbarasi, ko’hna ark, jome‘ masjidi, Oq majid, Uch avliyo maqbarasi, Sherg’ozixon maqbarasi, Olloqulixon karvonsaroyi va boshqalar muhim tarixiyme‘morchilik yodgorliklari sanaldi. Muhammad Rahimxon II (1864-1910) xonlik qilgan davrida oldingi xonlar kabi xonlikni ma‘muriy boshqarish ishini takomillashtirishga harakat qildi. Xivadagi Ko’hna Ark va Toshhovli saroyida ishlab turgan qonun chiqaruvchi, ma‘muriy va sud organi vazifasini bajargan Oliy Kengashda ichki va tashqi siyosatning muhim masalalari muhokama etilib turgan. Kengashda nufuzli a‘yonlar— qushbegi, mehtar, devonbegi, naqib, shayhislom, qozikalon, otaliq, biy, xonning yaqin qarindoshlari qatnashardilar. Xonlikda mavjud 26 beklikni boshqargan bek va hokimlar xon tomonidan tayinlangan. O’zbeklar yashaydigan bekliklar noiblikva machit-qavmlarga bo’linib, ularni noiblar va oqsoqollar boshqarishgan. Qozoq– qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar 66 biy va otaliqlar tomonidan idora etilardi. Turkmanlar urug’larini esa sardorlar va oqsoqol muhrdorlar boshqarishgan. Qozilar shariat va odat qonunlariga asosan hukm chiqarganlar. Muhammad Rahimxon davrida mavjud otliq navkarlar va sarbozlardan iborat piyoda askarlardan muntazam harbiy qo’shin bo’lib, u vaqti vaqti bilan 40- 70 mingga etgan. Xon qo’shini asosan qilich, qalqon, nayza bilan qurollangan. Keyinchalik rus to’plari, ingliz miltiqlari ham olib kelina boshladi. Turkman va jamshidlar xon qo’shinning asosiy tashkil qilgan navkarlar 13 mingga yaqin bo’lib, ularga er-suv ajratilgan va soliqlar kam solingan. Xivada xonning shaxsiy soqchilari, darvozabonlar, mirshablar, tungi nazoratchilar ham bo’lgan. 1870 yilda Xiva shahrida taxminan 700 dan ortiq mayda hunarmand kosiblarning ustaxonasi bo’lgan. SHu jumladan, shahardagi 54 bo’yoqchilik, 37 ta etikdo’zlik, 33 maxsi–kavushdo’zlik, 16 ta ko’nchilik ustaxonalari xon buyurtmasi va aholining kundalik zaruratini qondirish uchun ishlardi. Shaharda do’konlari bor 200 dan ortiq savdogarlarning 56 nafari baqqollik, 38 tasi bazzozlik, 32 tasi choy va tammakifurushlik, 15 tasi choponfurushlik qilardi4.
Degrezlik ustaxonalari, metall buyumlar ishlab chiqaradigan ustalar, asosan, Hazoraspda to’plangan edi. 1873 yilda Rossiya bosqinchilarining Xiva xonligini istilo qilishlari uchun azaliy mustaqil davlatda barcha shart-sharoitlar pishib etilgandi. Avvalo uzoq yillar yonma-yon bir tom ostida yashab kelayotgan turkiy millatlarning boshlari qovishmadi, ular orasida milliy va diniy nizolar muntazam ro’y berib turdi. Markaziy Osiyodagi xonliklarning tarqoqligi, etuk va adolatli podshoh yo‘qligi ohir oqibatda uch xonlikning rus xukumatining tobe quliga aylanishga, xalqning esa ikki tamonlama ezilishiga olib keldi. Peterburgdagi oq podshohning qo’g’irchoq xokimlariga aylangan xonlar turli-tuman temir tersaklar, orden medallar evaziga o’z xalqini ezib, xo’rladilar, yurt boshiga misilsiz soliqlar yukladilar. Yurtning asil boyliklari shimolga tashib ketila boshladi. XIX asrning 2- chi yarmi va XX asr boshlariga kelib, Xivada oddiy fuqoroning tirikchiligi xavas qiladigan darajada emasdi. Bosqinga qadar xonlikning fuqorolaridan oladigan soliqlari turi yigirma to’rttaga borardi. 1873 yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko’raesa Xiva xoni Rossiyaga 2-million 200 ming rubl tovon puli to’lashi shart edi. Ma‘lumki bu yirik qiymatni xon va amaldorlari emas oddiy xalq to’lashi kerak bo’lardi. Xon xazinasini to’ldirib turish uning amaldorlari, hokimlarini boqish uchun fuqorolar yigirma to’rt hil soliq to’lashga maxkum edi. Bular –Solg’it:- Er uchun pul solig‘i, Zakot:-sotiladigan mol xisobidan, Daxyak:–xosilning beshdan yoki o’ndan bir qismi uchun. Cho’p puli– o’tloqlardan foydalangani uchun. Otliq puli:- er va suv uchun tukmanlardan olinadigan soliqlar shular jumlasiga kirardi. Bu soliqlarni undirish jarayonida bir necha marta shaxsan ishtirok qilgan Amudaryo bo’limi vakili guvoxligicha noxolol va noto’g’ri taqsimlangan soliqlarnito’lash paytida xon amaldorlari muomilaga emas (tayoq va qamchilarga ko’proq suyanardilar deb yozgan ).5Xonlikdagi dehqonlarning boshiga tushgan soliq va majburiyatlar ularning tirikchiligi bir tekisda o’tishga ta‘sir qilar, qashshoqning o’rta xol, o’rtaxolning boy bo’lishiga to’sqinlik qilardi. Yil 12 oy dalada ter to’kkan dehqon yil oxiri-xosil xirmonida etishtirgan maxsulotning yarmini turli xil soliqlarga berib o’z oilasini bahorga qadar boqishga etar etmas don bilan qolardi. Ko’pincha qish oylarida doni tugab boylardan kelajak xosil xisobidan qarz ko’tarishga majbur bo’lardi. Shaharda yashovchi ishchilarning ahvoli ham o’rta xol bo’lgan. Ular ruslar tamonidan qurib ishga tushirilgan zavodlarda 13-15 soatlab ishlardi. Shu paytdashahardagi zavodlar hayoti bilan tanishib chiqqan graf Palen shunday deb yozadi:Bu erdagi ko’plab zavodlar rus fuqorolariga tegishli bo’lib, xech qanday xafsizliktexnikasiga rioya qilinmasdi, uskinalar palaportish o’rnatilgan, bug’ qozonlari avariya ahvolida, meditsina xizmati yo’q, zavod ma‘muriyati bilan ishchilar o’rtasida munosabat yaxshi emas» (Palen. K.K. Otchet po revizii turkistanskogo kraya. ch 1. otd.2. 1910. 332 bet.6 Ishchilar faqat diniy bayramlardagina dam olardilar. Zavod xo’jayini ularni istagan paytda bo’shatishi kasallansa mehnat xaqi bermasligi qonunlashtirilgandi. Faqat baxtsiz xodisa tufayli mehnat qobiliyatini yo’qotgan jabrdiyda ozroq xaq olishi mumkin bo’lardi. Xonlikning Xiva, Yangi Urganch, Toshxovuz, Xonqa, Hazorasp va boshqa shaxarlarida kapitalistik sanoat ishlab chiqarish korxonalari qurila boshlandi. 1885 yilda rus ishbilarmoni K.M.Chernikov mahalliy boy Avazboy qozi Madiyorov bilan sherikchilik asosida paxtaga ishlov beruvchi zavod qurdi. 1890 yilda Xonqada rus ishbilarmoni Manuylov yana bir paxta tozalash zavodi qurdirdi. Bundan biroz oldin, 1888 yilda ―Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura» savdo–sanoat shirkati vakili I.D.Kuzin xon qabulida bo’lib, paxta tozalash zavodi qurish uchun ruxsat olgandi. Shu maqsadda Yangi Urganchlik Yoqub Ibrohimboydan 2,5 tanob er sotib olinib, paxta tozalash va moy zavodi qurila boshlandi. Bug’ bilan ishlaydigan va AQSHdan keltirilgan 5 ta jin, 2 ta yarim avtomat tarzda ishlovchi press bilan jihozlangan korxona 25 ming pud paxtani tozalash quvvatiga ega bo’lgandi7. 1891 yilda Xivada hususiy paxta tozalash zavodi qurildi. 1893 yilda Hazorasplik mahalliy Madrahimboy ham hususiy paxta tozalash zavodi qurdi. Zavodga 3 ta jin uskunasi, 1 ta preslovchi dasgoh, 2 ta elektr energiyasi etkazib beruvchi dizel o’rnatilgan edi8. Xiva xonligidagi ekin maydonlarining aksariyatini don ekinlari, birinchi navbatda jo’hori egallagan. Paxta etishtirishga esa e‘tibor ruslar istilosidan keyin sezirlarli darajada qaratila boshlandi. Ammo xonlikda azaldan ekilib kelinayotgan paxtaning ―g’o’za» deb nomlangan Misr navidan olingan hom–ashyo Rossiya to’qimachilik korxonalari dastgohlariga to’g’ri kelmadi. SHu davrda Turkiston o’lkasida Janubiy Amerikadan keltirilgan paxtaning ―Siaylend» navini tajriba tariqasida ekish boshlangandi. Yangi navning hosil to’plash davri uzun bo’lib, 1880 yilda u Meksikadan keltirilgan tezpishar ―Upland paxta navi bilan almashtirildi. 1885 yilda Dyukov firmasi Xiva xoni devonbegisi ajratgan erga 10 pud amerika paxtasi urug’ini ekdi va undan 150 pud sof paxta tolasi oldi. Xiva xonligi erlariga 1901 yildan boshlab ―Upland» paxta navi keng ko’lamda ekila boshlandi9 .XIX asr oxirlarida Xiva xonligidagi sug’oriladigan er maydoni 1 mln. tanobdan ziyod bo’lgan. Xonlikda davlat (podsholik) erlari, hususiy kishilarga qarashli mulk (atoyi va yorliqli) hamda diniy muassasalarga berilgan vaqf yer egaligi mavjud edi. Eng unumdor va sug’orilishi qulay erlar xon va uning yaqinlari, boylar, amaldorlar, dindorlarga tegishli edi. Xonning erlari ―atoyi mulk» va ―yorliqli mulk» deb atalgan hamda avloddan-avlodga meros bo’lib yoki yorliq bilan berilgan. Xon o’z erlarini mulkdorlarga va ijarachi dehqonlar (batrak, mardikor, koranda, bevatan,) ga foydalanish uchun ma‘lum muddatga berardi. Xonlikda diniy muassasalar, masjid, madrasa, qabriston va muqaddas joylarga xon, amaldorlarga ajratilgan vaqf erlar mavjud edi. Ulardan soliq deyarlik olinmas va yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ishlatilib, daromad qilinardi. Yer maydonlari hajmiga qarab qishloqda yashayotgan mulkdorlar a‘lo, avsat va adno degan guruhlarga ajratilgan. Soliq solishda 10 tanobdan ortiq erga ega bo’lgan ―a‘lomulk egalari yiliga 3 tilla, 10 tanobgacha eri bo’lgan ―avsat» mulki eagalariga 2 tilla va 5 tanobgacha eri bo’lgan adnomulki egalariga 1 tilla to’lash majburiyati yuklangan. Ijarachilar 15 tanob erdan 34 tanga, 10 tanob uchun — 22,6 va nihoyat 5 tanobgacha er uchun — 11,3 tanga miqdorida soliq to’laganlar10 . O’troq va chorvador aholisi xiroj (er solig’i) va zakot (chorva-mol) solig’I to’lashga majbur edilar. Bundan tashqari, juzya (jon boshiga), savdo solig’I (tamg’a), bog’ solig’i (tanabana) kabi soliqlar bo’lgan. Aholi qazuv, begar, qochuv, otlanuv, boj puli, tarozi haqi, mirobona, darbozabon, mir tuman haqi kabi qo’shimcha soliq va majburiyatlarni ham bajarardi. Xon oilasi va uning qarindoshlari, oqsoqollar, beklar, dindorlar, sipohilar, amaldorlar, sarbozlar, navkarlar, yuzboshilar, 13 yoshga etmagan va vasiylari bo’lmagan etimlar soliqlardan ozod etilganlar. Xiva xonligida Ovro’pa ishlab chiqarish usuli va madaniyatini tarqatishda juda ko’p xalqlar hizmat qilgan. Ular orasida menonit nemislari alohida o’rinda turadi. Bir vaqtlar Prussiyadan Quyi Volga bo’ylariga ko’chib kelgan nemislarning harbiy hizmatga safarbar etilishiga norozi bo’lgan bir qismi Turkiston general–gubernasiga ketishga ruxsat so’ragandi. Natijada fon–Kaufman roziligi bilan Samara gubernasidan ko’chib kelgan 10 ta nemis oilasi Toshkent yaqinidagi Koplonbek hovlisiga joylashtiriladi. Yangi kelayotgan nemislarning bir guruhi Buxoro amirligidagi chegara qishloq bo’lgan Zirabuloqqa, yana biri esa — Petro–Aleksandrovskka joylashtiriladi. Amudaryo bo’limiga kelgan nemislarni kutib olgan general Grotten Xelm ularni Xiva xonligining Lavzon kanali yaqiniga o’rnashtirishni Muhammad Rahimxonga taklif qiladi. 1883 yil bahorida Lavzon yaqinida yashay boshlagan nemislar o’zlariga zarur boshpana qurish, tirikchilik uchun zarur bo’lgan ekinlar ekish va chorva mollarini boqish ishlariga kirishib ketadilar. Ammo ularning turmushi notinch bo’lib, yovmut turkmanlarining bosqinchilik tajovuzlari ko’p bo’lib turardi. Qo’lga qurol olmaslik va qon to’kmaslikni urf–odat qilgan nemislar esa o’zlarini himoya qilaolmasdilar.Murakkab sharoit haqida Petro–Aleksandrovskdagi rus ma‘murlari habar topgach, xondan biron chora–tadbir qo’llashni iltimos qiladilar. Xon nemislar oldiga Qosim devon ismli amaldor boshchiligida askarlarni yuboradi. Biroz vaqt ahvol bilan tanishgan va nemislarning hunarmandligidan voqif bo’lgan Qosim devon ularni Xiva yaqiniga ko’chirish haqida xonga taklif kiritadi. Natijada 40 ga yaqin nemislar oilasiga xonning Yangiariqdagi Sho’rko’l yaqinidagi eridan qishloq qurish uchun joy ajratiladi. Yangi qishloqqa berilgan nom nemislarning Sirdaryo bo’yiga dastlab kelib o’rnashgan Oqmachit qal‘asi bilan bog’liq edi. Tez orada qishloqda uy–joy, cherkov, maktab qurish ishlari boshlab yuboriladi. Tartib bilan evropacha qurilayotgan yangi imoratlar mahalliy aholining xavasini keltiradi. Nemis duradgorlari xon saroyida yog’ochdan parket pollarni to’shab berdilar. Xiva shahri ko’chalarida brichka shaklidagi to’rt g’ildirakli yuk aravalari va yumshoq faytonlar yura boshladi. Vilgelm Panner ismli nemisfotografiya suratchiligiga asos soldi. Xon va badavlat amaldorlarning uylaridagi katta xonalarda tunukadan golland pechlari va kamin shaklidagi isitish qurilmalari paydo bo’ldi. Ularning eng go’zallari Asfandiyorxonning Nurullaboydagi xashamatli saroyini bezagan. Nemislarning Xiva xonligi turmushidan besovita habardor bo’lgan German Yantsen ―Xavf–hatarli Turkistonda: musulmonlar orasidagi hayot» nomli kitob yozgan va u 1988 yilda Germaniya va Shveysariyada nashr qilingan11 . Unda nemislarning o’lka halqari bilan birodarlashish, bir biriga yordam berish, hamdardlik sahifalari haqida iliq gaplar aytilgan. Yarim asr davom etgan birgalikdagi hayot mahalliy aholi kabi nemislarni ham juda ko’p vojealarni boshidan kechirishga majbur qildi. Qatag’onlar chig’iriqiga tushgan ushbu jafokash xalq o’z o’y–joyi, mol–mulkining ko’p qismini va qadrdon do’st– birodalarini tashlab Sharqiy Qozog’istonga badarga bo’lib ketdi. XIX asr o’rtalari va oxirgi choragida ko’zga ko’ringan adabiy muhitining yirik namoyandalaridan biri — Komil Xorazmiy (1825-1897) edi. U o’z davrining iste‘dodli shoiri, tarjimoni, bastakori, ko’zga ko’ringan davlat arbobi va hattoti bo’lgan va mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. Bastakorlik sohasida u maqomi ―Rost»ning chertim va aytim yo’llarini qog’ozga tushirgan.
Komil Xorazmiyning maqomlarni ilk bor notaga tushurish usuli — ―Tambur chizig’i» deb atalgan. Yangi usul asosida Xorazmning 6,5 maqomi to’ldirilib, mtambur chizig’iga joylab notalashtirildi. Shoir va shoh Feruz davri musiqa madaniyatini yuksak cho’qqiga ko’targan Komil Xorazmiyning ishini o’g’li Muhammad Rasul Mirzo va shogirdlari davom ettirib, yanada yuqori pog’onaga ko’tarishga erishganlar. Muhammad Rahimxon davrida xonlikda maorif va sog’liqni saqlash ishlariga e‘tibor qaratildi. 1880 yilda Xivada birinchi ambulatoriya ishlay boshladi. 1884 yilda xon saroyida birinchi rus-tuzem maktabi tashkil qilindi. XX asr boshlarida Xiva xonligida 1500 ta eski uslubdagi maktablar, 130 ta madrasa bo’lib, ularda 50 mingdan ortiq talaba bilim olgandi. Aholining savodxonlik darajasi ham ancha ko’tarildi. Ruslar istilosidan keyin Xiva xonligida tabiblar bilan bir qatorda aholiga vrach va felsherlar tomonidan tibbiy xizmat ko’rsatila boshlandi. 1882 yilda Muhammad Rahimxonni davolash uchun Qazalidan harbiy vrach N.Norvillo yuborildi. 1884 yilda Xivaga rus vrachlari Kolpakov va Kolossovskiylar keldilar. 1887 yildan Xivada ochilgan felsherlik ambulatoriyasida vrach Kreshkov ishladi. 1891 yilda Xivadagi felsherlik punkti ishini tekshirish uchun Petro– Aleksandrovskdan vrach I.M.Avdakushin va akusher–ginekolog Navostruevskaya, 1897 yilda esa — vrach Kimberg kelishgan12 . 1897 yilda Xiva xonligida keng tarqalgan chechak kasalligi epidemiyasi tarqalishidan cho’chigan Amudaryo bo’limi boshlig’i polkovnik A.S.Galkin Muhammad Rahimxonga yozgan maktubida hech bo’lmaganda xonlik shahar va qishloqlaridagi aholi orasida emlash ishlarini bajaradigan odam ajratish va unga 15 so’m miqdorida maosh belgilashni taklif qilgan13. 1897 yilda Xiva felsherlik punktida vrach Popov va feldsher N.Kostenko ishladi. Xiva davlat hujjatlari orasida Petro–Aleksandrovsk va Shabboz kasalxonalarida davolangan xonlik fuqarolarining xizmat haqqini to’lamasdan qochib ketganlari va qarzlarini undirishda yordam so’rab yozilgan rus ma‘muriyatining ko’plab xatlari saqlanadi14 . 1874 yilda Sayyid Muhammad Rahimxon buyrug’i kitob chop etish uchun Shveysariyaning Jeneva shahrida ishlab chiqarilgan dastgohlar olib kelindi.
Shartnoma asosida ishga taklif qilingan Ibrohim Sulton ismli eronlik matbaachi O’rta Osiyoda birinchi toshbosmani (litografiya) ishga tushirdi. U shogirdi Otajon Abdol o’g’li bilan birga 1874 yilda ―Devoni Munis»ni bosmadan chiqardi. Ibrohim Sulton bir yildan keyin yurtiga qaytib ketdi. O.Abdolov esa kitob bosishni davom ettirdi. Xiva litografiyasida 1876 yilda Abu Nasr Farohiyning ―Nisobus-sibiyon» (―Bolalar nasibasi»), 1879 yilda Shermuhammad Munisning ―Munis ul-ushshoq», 1880 yilda Alisher Navoiyning ―Hamsa»sidan ―Hayratul abror» va 1882 yilda ―Hazoyin ul-maoniy» va Muhammad Rizo Ogahiyning ―Ta‘viz ul-oshiqin», 1897 yilda Muhammad Rahim Feruzning ―Devoni Feruz», 1909 yilda Tabibiyning ―Majmuot ush-shuaro» kitoblari bosildi15 . Sayyid Muhammad Rahimxonning 1898 yil 12 apreldagi farmoniga muvofiq, qadimiy yodgorliklar, muzeybop buyumlar to’plana boshlandi. Yig’ilgan noyob buyumlar va kitoblar 1890 yilda Toshkentda, 1895 yilda Nijniy Novgorodda, 1900 yilda Parijda, 1904 yilda Amerikaning Missuri shtatida bo’lib o’tgan xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilindi. O’rta Osiyodagi siyosiy inqiroz va mavjud davlatlarning bir-biri bilan kelishmasligi oqibatida ular birin-ketin chor Rossiyasi tomonidan bo’ysunirilishi natijasida Xiva xonligi ham yarim qaram mamlakatlar qatoridan o’rin oldi. Iqtisodiy jihatdan ojiz va siyosiy jihatdan huquqlari cheklangan davlatning kelugsi taraqqiyoti deyarlik butunlay chor ma‘murlarining nazorati ostiga olindi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon o’z davlatida o’zi hukmron bo’lmagan bir sharoitda Gandimiyon sulh shartnomasi barcha bandlarini o’z vaqtida bajarishga harakat qildi. Hattoki 2 mln. 200 ming so’mlik o’lpon ham muddatidan ilgari to’lab, tugatildi. 1882 yilda Muhammad Rahimxon ilk bor Russiyaga safar qildi va iperator Aleksandr III dan xonlikning iqtisodiyoti uchun zarur zavod va farikalarni qurish, savdo-sotiq aloqalarini mustahkamlash, bir vaqtlar siyosiy mahbus sifatida hibsga olingan amaldorlarni ozod qilishni so’radi. Vaziyatning o’zgarganligi va xonning itoatgo’yligi bois yuqoridagi iltimoslarning ayrimlari qondlirildi. Xiva va Rossiya o’rasidagi sal kam chorak asrlik iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar XX asrda amalga oshiriladigan tadbirlar uchun keng yo’l ochib, yangi imkoniyatlarni yaratdi. XIX asrning 70-80 yillaridayoq xonlikda yuritilayotgan siyosatga qarshi bir qancha g’alayonlar bo’lib o’tdi. Unda tukmanlar, qozoqlar va o’zbeklar qatnashgan, o’sha davr xujjatlarida yozilishicha isyon rahbarlariga murivat ko’rsatilmagan. Biybozorda 4-nafar o’zbek, Toshhovuzda ikki o’zbek va ikki turkman osib o’ldirilgan, Ilollida esa 20-kishi xibsga olinib ularning ikkisi qatl qilingan. Qo’zg’olon ko’targan Uroz qozi, onasi, akasi o’ldirilgan 1898 yilda qo’zg’olon ko’targan kuli yovmutlar sordori Oqsapak Saxarxon o’g’li bilan birga, 1902-yilda Mahmud Otal boshidan judo qilingan. Bu keskin choralar ezilgan xalqni qo’rquvga sololmadi. G’alayonlar kuchayishining oldini ololmadi. 1900-1902 yillarda xonlikning janubiy-g’arbiy qismida xalq g’alayonlari yashin tarzida avj olib ketdi. Chor xukumati ham xon maxkamasi ham faqat qurol kuchi qo’rqitish bilan endilikda ommani qo’l ostida saqlab turish mushkulligini anglab etdilar va 1903 yilda xon yovmut turkmanlarining g’alabalariga yon berishga majbur bo’ldi. Matmurod devonbegi turkmanlar ustidan nazorat qiluvchilar vazifasidan ozod qilinib o’rniga Xudoyor qushbegi mutasaddi qilib tayinlangan, uy solig’i esa 20 – tangaga kamaytirilgan. Rossiyada XX asr boshida ro’y bergan inqilobiy xarakatlar ta‘siri Xivaga ham etib kelishi natijasida soliqlardan ruslarni va mahalliy boylarni zulmidan bezgan el sinfiy tabaqalanishning mohiyatini anglab etdi. Bu o’z navbatida g’alayonlarning mazmuniga siyosiy talablarni ham qo’shib yubordi. G’alayonlar avvalgidek betartib norozilik va ko’tarilishdan, uyushgan boshqaradigan kuchga aylandi.Ularda aniq maqsad ko’rina boshladi. 1902 yilda Safar Ali ismli yovmutning soliq to’lamaganligi ta‘sirida yovmutlar yo’lto’sarlik harakatlarini boshlab yubordilar. Natijada xon Sayyyid Abdulla to’raga taxtni boshqarishni topshirib, o’zi o’zbek va chovdir turkmanlardan to’plangan lashkarlarga bosh bo’lib, Toshhovuzga borib 14 kun turdi. Xonning topshirig’i bilan oldinroq Taxta tumanidagi yovmutlar ustiga yuborilgan Nurjon Botir isyonchi Safar Alining kallasini kesib keldi. SHundan so’ng, Taxtaga yuborilgan shahzoda Asfandiyorxonva Naqibxo’ja ismli amaldor yovmutlardan soliq yig’ib oldi va ularning arzlarini tingladi. Xon esa Hiloliy va Oqupada biroz to’xtagach. Ko’hna Urganchdagi avliyolar qabrlari va maqbaralarini ziyorat qildi. Keyin besh kun davomida Xivaga qaytayotgan vaqtida oldiga chiqqan din arboblari va oddiy xalqning duoyi– fotihasini olib, poytaxtga omon–eson qaytib keldi. ―Faqirga kitobi ―tarixi Tabariy»ni forsiy tilidan turk tilga tarjima etmak xizmatini buyurib erdilar, bu sababdan rikobi humoyunda keta olmay amri oliylari bila qolib erdim. Man ham istiqbollariga chiqib duo qildim» 16 ,— deb yozgandi muarrih Bayoniy. 1903 yilda shahzoda Asfandiyorxon Mahmud Vafo karvonboshi va Islomxo’ja hamrohligida Peterburgga safar qildi. SHu yili xonning inisi Otajon to’ra dunyodan o’tdi. U Kamron tahallusi bilan she‘rlar yozib turardi. Otajon to’radan Muhammad Amin, Sayyid G’oziy to’ra va Sayyid Asad to’ra ismli o’g’illar yodgor bo’lib qoldi. 1907 yilda xonning kichik ukalari Ollayor to’ra 47 yoshida, 1909 yilda To’ramurod to’ra 54 yoshida vafot qildilar. 1905 yilda Xonqa, Xazarasp, Bog’otda Matyokub pishik qo’zg’olon ko’tardi shu yilning bahorida Qo’ng’irotda, kuzida Ko’hna Urganchda o’zbeklar va qozoqlar uyushgan xolda xarakat qilib boy va amaldorlarning ekin maydonlarini mol-mulklarini vayron qildilar. Xon bu xarakatlarni chor qo’shinlari va navkarlar yordamida bostirdi lekin soliqlarni undirishdan cho’chib qoldi.
Amudaryo bo’limi boshlig’ining Turkiston General- gubernatoriga 1905 yil 18-aprelda yozgan xatida kuli yovmut qabilalarining soliq to’lashdan bosh tortganlari mana ikki yilki xon bu soliqlarni to’plashga yurak yutib xarakat qilolmayotganini aytadi. 1905 yil ohiriga kelib ahvol shu daraja yomonlashdiki Xon va uning amaldorlari ham uylarida tinch yashay olmay qoldilar. Qashshoqlashgan va norozi xalq avval boshda maxalliy boylarning tanobini tortib qo’yishi, ularning mol mulkini tolon-taroj etib, o’zlarini jazolashi oddiy xaqiqat edi. Xon ham isyonlar tufayli toboro bo’shab qolayotgan g’azna taqdirini va o’z taxtini tinchini o’yladi 1908 -yilda Muhammad Rahimxon payg’ambar yoshiga to’lgani sababli, o’g’li Asfandiyor to’ra va Bosh vazir Islomxo’jani bosh qilib, elga katta to’y berdi. 1910-yilga kelib rus ma‘murlari Turkistonda ba‘zi bir isloxiy xarakatlarni o’tkazishga majbur bo’ldilar. Shu asosda Xiva xoni xam 1910-yilda besh bandli maxsus qarorni imzoladi, ularda quyidagi chekinishlar o’z aksini topgandi. 1. Begor mavsumida qazuvchilardan yig’iladigan 50- tiyinlik (salkam 3- tanga) soliqni bekor qilish. 2. Qazuv davrida qatnashgan kishilarga xon xazinasidan har odamga ikki tanga (40-tiyin) xizmat xaqi to’lash. 3. Begor davrida dehqonlar va ishchilarning qazuvdan boshqa ishlarga, boy boyonlarning shaxsiy xo’jaliklariga majburiy ishga jalb qilish ham bekor qilindi. 4. Mansabdor shaxslarga ma‘lum miqtor moyana tayinlandi, pora olish qat‘iy taqiqlandi. Xukumat odamlari, hokimlar o’z oldiga ish yuzasidan kelgan kishilardan xizmat xaqi olishi sha‘riat qoidalariga zid, deb e‘lon qilindi. 5. Er solig’ini aniq belgilash maqsadida erlarni va vaqf erlarni qayta xisobga olish va qayta o’lchab chiqish belgilab qo’yildi. Lekin bu tadbirlar 1910 yil 16- avgustda Muhammad Rahimxon II o’limi tufayli amalga oshmay qog’ozda qolib ketdi. Muhammad Rahimxon II vafot qilganda 66 yoshda bo’lib, uning jasadi Sayyid Muhammad Mohiro’yi maqbarasiga dafn qilindi. Taxtda 47 yil 15 kun o’tirgan Muhammad Rahim Bahodirxon shubhasiz Xiva xonligi tarixida o’chmas iz qoldirgan davlat arboblaridan biri edi 17 . Muhammad Rahimxon o’zining uzoq yillar davomidagi xonlik davrida juda ko’p voqealarning guvohi bo’ldi. ―Ma‘lum bo’lsinkim, xon hazratlari bag’oyat mushfiq–fuqaro va bag’oyat xayrdo’st kishi erdilar»,— deb yozgandi Bayoniy. Uning davrida Xiva xonligi chor Rossiyasiga qaram davlatga aylandi. Xonlikning katta hududi tortib olindi va fuqarolari zimmasiga og’ir majburiyatlar yuklandi. Xonning qobiliyati va amalga oshirgan siyosati natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotda sezilarli darajada ijobiy siljishlar bo’ldi. 1903 yilda aka–uka Kraftlar Yangi Urganchda bank idorasini ochdilar. Keyinchalik ushbu bankning filiallari Xonqa, Mang’it va Gurlanda tashkil etildi. 1910 yilda Kraftlar oilasi Urganchdagi yog’ zavodini sotib olib, uni AQSH, Germaniya, Angliyadan keltirilgan asbob–uskunlar bilan qayta jihozladilar18 . 1905 yilda viloyatdagi paxta zavodlarida 103 ta uskuna ishlab turadi. Keyingi 2 yil oralig’ida ―Poznanskiy va sheriklar» manufaktura agentlari Yangi Urganch, Toshhovuz, Mang’it, Xiva, Xonqa, Gurlanda paxta tozalash zavodlari qurdilar. Xorazmda Shlossberg va og’a-inilar» degan ishbilarmonlarning zavodi ishlay boshladi. Yusufboy Hayitboev, aka-uka Matvafo va Matsapo Baqqolovlar, Rizaev, Madiyorov, Boboniyozboy, Matniyozboy kabi mahalliy puldorlar ham paxta tozalash zavodlari qurdilar. 1904 yilda Pitnak qal‘asi yaqinida Boboniyozboy, Egamberdi noib va Mergan hojilar sherikchiligida ikki jiqli payta tozalash zavodi ishga tushirildi. Zavod yonida bug’ bilan ishlaydigan un tortish tegirmoni ham qurildi. Oradan biroz vaqt o’tgach, Mulla Matyozboy ismli pitnaklik boy uch jiqli yana bir paxta tozalash zavodini ishga tushirdi. Zavoddagi 15 ot kuchiga teng dvigatel yordamida kuniga 100–120 kg. paxta tozalanib, 45–50 kg. tola olinardi. 1912–1918 yillarda Matyozboyning zavodidagi ishlarga Andrey ismli rus ishchisi boshchilik qilgan19 . 1911 yilda Petro–Aleksandrovsklik ishbilarmon Pavel Aleksandrovich Gurlanda paxta tozalash zavodi qurdi. Uni boshqargan injener Qaymachnikov nazorati ostidagi ishchilar 6 ta g’o’zani maydalash uskunalari va 3 ta paxtani chigitdan tozalash jin mashinalari yordamida kuniga 20–30 ta, har birining og’irligi 100–110 kg. keladigan payta toylarini tayyorlashardi20 Xiva xonligida 36 ta paxta tozalash zavodlaridan tashqari, 11 ta g’isht, 8 ta beda urug’i tozalash, 4 ta charm ishlash, 4 ta yog’-sovun zavodlari ham bo’lgan. Paxta tozalash zavodlarida kerosin yoqilg’isi yordamida harakatlanuvchi dvigatellar o’rnatilgan bo’lib, ularning quvvati 15–45 ot kuchidan oshmasdi. Faqat bir necha yirik paxta tozalash zavodlarni elektr yordamida yoritish maqsadida kichkina dinamli stansiyalar o’rnatilgan edi.
Zavod va fabrikalarda yollanib ishlayotgan mehnatkashlarning ahvoli ham ayanchli edi. Ular kuniga 10–12 soat ishlar va juda oz miqdorda xaq olardilar. Bunday ahvol mehnatkashlarning mustamlakachilar zulmiga qarshi noroziligini tobora kuchaytirib bordi. Ba‘zi zavod fabrikalarda ishchilarning zulmga qarshi namoyish va norozilik harakatlari bo’lib turardi. Qishloq xo’jaligi sohalarini rivojlantirish ishlariga ham e‘tibor ortdi. Dehqonlarning mehnati sanoat ishchilariniki kabi juda og’ir bo’lib, asosiy ishlarni qo’l kuchi, ho’kiz, ot, eshak va tuyalar yordamida bajarardilar. 1909 yilgi ma‘lumotlarga qaraganda xonlikdagi jami ekin maydonlari — 226983 desyatinani tashkil qilgan bo’lib, shundan bug’doy ekiladigan maydonlar — 53579 desyatina (24,3 %), tariq ― 8470 desyatina (10,6%), jo’xori ― 31884 desyatina (14,3%), mosh ― 5526 desyatina (2,8%), qovun ― 13099 desyatina (5,9%), arpa ― 5959 desyatina (2,7%), beda ― 35277 desyatina (15,9%), paxta ― 34775 desyatina (15,8%) va boshqa ekinlar 9081 desyatina maydonlarni (3,9%) egallagan21 . Xorazm dehqonlari azaldan don ekinlari qatorida bug’doy, arpa, ayniqsa oq jo’hori ekishga ko’proq e‘tibor beradilar. Shu bilan bir qatorda sabzavot va poliz ekinlari, chorva uchun uchun o’t, em–hashaklarni ko’proq etishtirishga harakat qilardilar. Paxta xom–ashyosining bahosi bug’doy va boshqa turdagi don mahsulotlariga qaraganda deyarlik 2 marta yuqori bo’lsada, xonlikdagi barcha sug’oriladigan er maydonlarining faqat 16,3 foizini paxta egallab turardi, xolos. Ayrim tadqiqotchilarning arxiv hujjatlariga tayangan holda ko’rsatishicha, 1900– 1916 yillar orasida Xiva xonligida paxta etishtirish 21 marta o’sgan. 1916 yilda xonlikda 60 ming tanob erga paxta ekilgan bo’lib, undan 86400 pud paxta xom-ashyosi olingan va hosildorlik 11 sentnerni tashkil qilgan22.Xiva xonligida etishtirilgan va dastlabki ishlov berilgan paxta tolasining ko’p qismi Rossiyaga jo’natilgan hamda uning hajmi tinimsiz ortib borgan. Agar 1883 yilda Xiva xonligidan Rossiyaga 300 ming pud paxta olib ketilgan bo’lsa, 1909 yilda 600 ming pud, 1910 yilda 700 ming pud va 1913 yilda 735 ming pud -amirkoni» navli .va 100 ming pud mahalliy g’o’za» navli paxta tolasi olib ketilgan23 .1887-1896 yillarda har yili xonlikdan 178 ming pud paxta chiqarilgan bo’lsa, 1906-1916 yillarda o’rtacha 767 ming pudga etgan24 . Paxta hom–ashyosi bilan savdo qilish natijasida ayrim xivaliklar juda katta boylik orttirishga muvaffaq bo’lishgan. Natijada ular ham zavod–fabrikalar qurishga, sudho’rlik bilan oldi–sotdi muomalasini kengaytirishga harakat qilganlar. Xususan, 1904-yilda Rossiyaga sotilgan paxtadan xivaliklar 4 mln. so’m daromad qilgandilar25 .
3.XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari.
Xiva xonligining qo’shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarini o’rganish uning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari majmuida ko’rib chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Sababi, O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan tashqi iqtisodiy aloqalari so’nggi o’rta asrlarda yildan – yilga tobora jadallashib borganligi va Rossiya tovarlari O’rta Osiyo xonliklari orqali Xitoy, Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlarga kirib borganligi kuzatiladi. Demak, Xiva Rossiya bilan na faqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlar o’rnatgan, hattoki u Rossiyaning sharq davlatlari bilan aloqasida vositachi davlat ham bo’lgan. Rossiyaning Xiva va Buxoroga va ular orqali sharq davlatlariga jo’natgan savdogarlari va missiyalarining yozma bildirishnomalari, hisobotlari biz uchun manba vazifasini o’taydi, chunki ularda Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayoti haqida batafsilroq malumotlar talayginadir. Masalan: N.A.Xalfin Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarida xivaliklarning muhum rol o’ynashini ta‘kidlagan. Xivaliklar tuyalarda tovarlar bilan Buxoroga borishgan, u erda buxoro tovarlari va chet elmollarini olib Orengburg, qirgiz cho’llari orqali, yoki Mang’ishloq va Kaspiy dengizi orqali Astraxanga borishgan26 . O’rta Osiyo bilan Hindiston va Afg’oniston o’rtasidagi iqtisodiy-savdo aloqalari to’g’risida XIX asrning 30-yillari boshlarida maxfiy topshiriq bilan Buxoroga safar qilgan ingliz agenti Aleksandr Borns ko’p xarakterli ma‘lumotlar beradi. A.Borns Astrobod bilan Xiva savdo aloqalari yo’lning notinchligi va doimiy hujum xavfi tufayli unchalik taraqqiy etmaganligini bayon qiladi. Astrobodga bir yilda bitta yoki ikkita Xiva karvoni kelgan bo’lib, ularning har birida 80 yoki 100 tuya yuk keltirilgan. Borns xabariga ko’ra, Xiva bilan Astrobod oralig’i karvon uchun xatarli bo’lganligi sababli savdo karvonlari Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab yurgan 27 .
XIX asrning 30-yillari boshlarida O’rta Osiyo bozorlarida ingliz va rus tovarlari o’rtasidagi raqobat tobora kuchaya boradi. Shu davrlarda ingliz tovarlari Afg’oniston orqali O’rta Osiyo xonliklariga, rus tovarlari esa O’rta Osiyo xonliklari orqali Afg’onistonga ko’proq kirib kela boshlaydi. Natijada afg’on savdogarlari xalqaro savdo munosabatlariga tobora keng jalb qilina boshlangan. A.Borns xabariga ko’ra, afg’on savdogarlari rus yarmarkalariga ham tashrif buyurishgan. Buxoro savdogarlari afg’on savdogarlarining ingliz tovarlarini O’rta Osiyo bozorlariga olib kelayotganligidan narozi bo’lishgan28 . 1838 yilda Qandahor, G’azna, Kobul, Qunduz, Balx, Buxoro kabi Xiva karvonsaroylari ham nil bo’yog’iga to’lib ketgan. Ma‘lumotlarga ko’ra 1838 yil Buxoro bozorlarida nilning pudi ikki tillo-yu to’rt yoki besh tangadan sotilgan. Lekin o’sha yillardagi bo’yoqlar sifati avvalgilardan ancha past bo’lgan ekan. Shuning uchun nilning narxi tushib ketgani rost emish. Bundan avg’on savdogarlari sezilarli zarar ko’rishgan. 1838 yili har bir tuya yukdan (16 pud) bir tillodan zarar ko’rilgan ekan 29 . Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg’on savdogarlarining Buxoro va Xivaga ko’plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini e‘tirof qilib, ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda sotayotganligidan mamnun bo’lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam. Buning sababi afg’onlar ingliz tovarlarini Buxoro va Xiva tovarlariga ayirbosh qilmasdan, faqat naqd pulga sotishadi, deb ta‘kidlagan edi30 . Afg’onistonning ichki va tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda yashovchi afg’on savdogarlari kabi tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta rol o’ynagan. Ko’chmanchi afg’on qabilalari hisoblangan povinda vositachi rolini bajargan. Elfinston ma‘lumotiga ko’ra, povinda orasida XIX asr boshlarida 3000 f.sterl. boylikka ega bo’lgan bir nechta savdogarlar bo’lgan. Ular O’rta Osiyo bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik qilgan.
XIX asrning 40-yillarida Rossiyada Xiva xonligi haqida bir qator maqolalar e‘lon qilina boshlaydi. Jumladan, 1840 yilda e‘lon qilingan G.Gilmersenning ―Xiva, v nineshnem svoem sostoyanii» maqolasida Xivaning Afg’oniston bilan savdo qilishi, hattoki, Xivada 15 afg’on oilasi yashaganligi, ular asosan savdo qilish uchun Xivaga kelishganligi, ba‘zilari tabiblik bilan ham shug’ullanganligi ta‘kidlangan31. U makolada karvonlardan boj solig’i pul bilan olinishi va aniq soliq miqdori belgilanmaganligi, soliq avval Urganchda, keyinchalik Xivada olinganligini xabar qiladi. U xonlikning qovun, tarvuz, qovoq, sariq va oq sholg’om, turup, sabzi, qand, no’xot, piyoz, turk loviyasi, bodring, kartoshka kabi ekin turlari haqida ma‘lum kilib, Xivaning ho’l mevalarga boy emasligi sababli juda qimmat bo’lganligini va uni faqat badavlat kishilar sotib olishganligini ta‘kidlagan. Mayiz va jidda Mashhaddan keltirilgan va u aroq tayyorlashda ishlatilgan. Bir pud Eron mayizi 16 tanga (8 rub.) turgan. Mahalliy uzumdan kuchsiz aroq tayyorlangan va uning bir shtofi (chelakning o’ndan bir qismiga barobar keladigan vino, aroq o’lchovi va shu miqdordagi aroq, vino) 5 tanga turgan. Bir funt olma Xozaraspda taxminan 10 kop. bo’lgan, tarvuz va qovunlar arzon bo’lib, katta qovun 3 kop.dan 5 kop.gacha sotilgan. Gilmersen Xiva qo’shinlari qilich, nayza, miltiq bilan qurollanganligi, sardorlari sovut kiyganligi, sovut Erondan keltirilganligini takidlagan32. 1840 yilda bosilib chiqqan iikinchi maqolada Xivanig ichki va tashqi savdo aloqalari to’g’risida ma‘lumot berilgan.
Mamlakat ichki savdosi unchalik muhim bo’lmay, unda asosan g’alla va mayda narsalar, qullar sotilganligi xabar qilingan. Mazkur maqolada Xiva butun Osiyoning savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgan, undan Hindiston, Xitoy, Eron, umuman Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga boradigan yo’llar boshlanadi, deb uning geografik jihatdan qulay ekanligini e‘tirof qila turib, yana Xivaning cho’l zunasida joylashganligi uchun o’zining mahsulotari bilan keng savdo qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan. Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib qolgan. Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va Astraxanga etkazib bergan va u erda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat, kumush, tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis, qo’rg’oshin va cho’yan idishlar, hamda boshqa Evropa tovarlariga ayirbosh qilgan33. 1840 yillarda Buxoroda bo’lgan Xanikov Buxoroning Xiva bilan savdo munosabatlari haqida ma‘lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish qiyinligi sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo’natgan. Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. Muallifning yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom ettirish qiyin, shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan va teri buyumlarini ko’proq sotib olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining bir qismi Buxoroga ham olib borilgan34 . Xiva xonligi haqidagi ma‘lumotlardan biri 1843 yili «Manufaktur torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, Rossiya, Eron, Qo’qon va Buxorodan metal buyumlar: qo’rg’oshin, mis, temir, cho’yan oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo’li orqali Rossiya, Eron va Buxoroga olib borilgan. Maqolada 1837 -1838 yillardagi tillo va kumush tangalar kursining muntazam o’zgarib turishi haqida ma‘lumot beriladi. Xabardan Xivada muomalada bo’lgan pullar kursi haqidagi ma‘lumot ham o’rin olgan. Unda yozilishicha Xivada tillo pul zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rub.ga teng kelgan, 2 tanga (kumush pul) 1 abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1 rub.ga tenglashtirilgan. Demak, 1 tillo qiymat jihatidan 15 rub.ga mos kelsa, u holda 1 tanga 50 rus kop.ga to’g’ri kelgan. O’sha paytda tillo va mis narxi oshib ketgan, ammo Erondan olinadigan kumush narxi pasayib ketgan ekan, tillo 15 rub.ga ko’tarilgan. Mazkur makolada Xiva orqali Rossiya Eron va Buxoro bilan savdo qilishi va Xivadan ketadigan tuyadan bir zolotnikdan, Xivaga kirib keladigan tovarlardan esa 1/40 miqdorda soliq olinishi xabar qilingan. Bozorlarda va savdo bo’ladigan joylarda boj solig’i olingan. Sotilgan tuya uchun xazinaga 3 rub., ot, ho’kiz va qoramol uchun 1 r,, qo’ydan 50 kop. soliq olingan35 . G.I.Danilevskiyning «Opisanie Xivinskogo xanstva» asaridagi ma‘lumotlar orasida Xivaning Qo’qon kabi Hirot va Mashhad bilan to’g’ridan-to’g’ri savdo aloqalariga ega emasligi, vaholanki, savdo karvonlari Erondan to’g’ri Marv orqali o’tib, Xiva xonligining hech qaerida to’xtamay to’g’ri Buxoroga o’tib ketishi qayd etilgan. U Xiva xonligi haqidagi barcha ma‘lumotlarni tahlil qilib, Xiva uchun yagona va mumkin bo’lgan savdo Rossiya bilan savdodir, degan xulosaga kelgan. Xivaliklar o’zining karvonlirini rus tovarlari bilan to’ldirib Xivaga olib ketishi mumkin, deb hisoblagan.
Boshqa mualliflar kabi, G.I.Danilevskiy Xivada musulmon savdogarlardan 2%, rus savdogarlaridan 5% boj solig’i olinganligini ta‘kidlaydi. Masalan deydi u, 1842 yil Rossiyaga keltirilgan va olib ketilgan tovarlar 700000 rub.gacha etgan bo’lib, boj solig’i 35000 rub.ni tashkil qilgan36 . 1850-54 yilarda Rossiyaga Buxorodan Orenburg va Troitsk orqali 1193 r. 43 k.lik jami 60 p. 51 f., Toshkentdan Troitsk orqali 21300 r.27 k.lik 1,317p. 34 f. choy keltirilgan. Demak, choy asosan Xitoydan Toshkent orqali Rossiyaga ko’prok keltirilgan ekan. 1853 yilda Xivadan Rossiyaga 160 r.s.ga 4 pud indigo keltirilgan37 . P.Nebolsin ma‘lumotlariga ko’ra, XIX asr o’rtalarida Xiva Eron va Buxoro bilan savdo qilgan bo’lib, Erondan, deyarli birgina Mashhaddan Xivaga uzunligi 36 arshin (0,711 metrga teng uzunlik o’lchovi), ya‘ni 25 metr) va eni 11-12 vershok (4,4 sm ga barobar uzunlik o’lchovi) ya‘ni 48,4-52,8 sm lik) mayda gullik va qirg’oqlari yashil yirik guldastali chit o’ramlari keltirilgan. Bunday chitlarning bir bo’lagi 1,5 tillodan 2 tillagacha sotiladi. Bu tovarlar evaziga Xiva Eronga tanga pul, rus va mahalliy charm, rus movuti, xiva ipagi, kunjut va boshqa buyumlarni chiqaradi. Xivaga Koshg’ardan Qo’qon orqali ko’k choy keltirilgan38 .
XIX asr 70-yillarida nashr qilingan maqolada Xivaning Astrobod bilan savdo aloqalarida yovmud turkman qabilasi faol ishtirok etgan bo’lsa, cho’l orqali Mashhad Buxoro savdosida esa tekya turkman qabilalari qatnashganligi hikoya qilinadi. Cho’l xududlaridan Xivaga va u erdan Buxoroga asosan qullar, otlar, tuyalar, qo’ylar, gilamlar, kiygiz va mayda qaqir-ququrlar olib borilgan. Qullar fakat pulga sotilgan, kolganlari esa ayirbosh qilingan. Xiva va Buxorodan g’alla, qo’zi terisi, rus metal buyumlari va ip gazlamalar turkman qabilalariga chiqarilgan39 . Xiva va cho’l xududlari orqali savdo aytaylik asrlar davomida davom etib kelmaganda edi, XIX asrning 70-yillarida bu darajadagi savdo haqida gap bo’lishi ehtimol edi. Xulosa shulkim, Xiva va Turkmanlar yurti o’rtasidagi savdo o’ziga xos xususiyatga ega bo’lganki, buni sotiladigan tovarlar ro’yxati ham tasdiklaydi. Xivaning Astrobod bilan savdosi esa yovmud qabilalari orqali amalga oshirilgan bo’lib, yovmud turkmanlari 100-150 tuyada taroq uchun ishlatiladiga qoraqayin. daraxti va unchalik ko’p bo’lmagan neft keltirishgan. Eronga chegaradosh turkmanlar ot, tuya, qo’y, gilam, to’z, neft chiqargan, uning o’rniga Erondan qurol, yog’och, porox, tamaki, bo’yok va mevalar keltirilgan40 . Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari, fundamental asarlar, hamda rus axborotida e‘lon qilingan maqolalar bizga Xiva xonligi haqida, qolaversa xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim ma‘lumotlarni berishi bilan hanuzgacha o’z qadrini saqlab qolmoqda. Ko’rib o’tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy munosabatlariga kirishgan. Xonlik an‘anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan holda Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan. Hattoki, xonlik Rossiya bilan sharq davlatlari o’rtasidagi savdo munosabatlarida vositachi davlat vazifasini ham bajargan. Biroq Rossiya O’rta Osiyoni bosib olish maqsadlarida Angliya manfaatlari bilan to’qnash kelib qoldi. 1764 yili Hindistondan Fransiyani siqib chiqarilib, uning mustamlakasiga aylantirilishi natijasida Buyuk Britaniya «nigohini» O’rta Osiyoga qaratilishi Rossiyani tashvishga solib qo’ydi va bu ikki imperiya o’rtasida o’zaro raqobat ko’chaydi.
Inglizlar josuslik maqsadlarida 1824 yili Markfordni, 1831 yili A. Byornsni Buxoroga, 1843 yili kapitan Ebbortni Xivaga, Volerni Buxoroga yuborib, O’rta Osiyo to’g’risida ma‘lumotlar to’play boshladilar. 1838-1842 yillarda inglizafton urushlari natijasida mag’lubiyatga uchrasada O’rta Osiyo bozorini qo’lga kiritish maqsadidan voz kechmagan edi. Angliya hukumati 1841-1842 yillarda o’z maqsadlarini ko’zlab Rossiyaning O’rta Osiyoni istilo qilishining oldini olish maqsadlarida Stoddart va Kannolini xonliklariga maxsus missiya bilan yubordi. Xonliklarning harbiy kuchlarini birlashtirishga Qo’qon va Xiva xonlari (Sheralixon va Olloqulixon) rozi bo’lishdi. Buxoro amiri Nasrullaxon esa ingliz elchilarini qatl qildirdi. Chor Rossiyasi va xonliklar o’rtasida nifoq urug’ini sochib, undan ustakorona foydalandi. Podsho Rossiyasining O’rta Osiyoni tezroq eg’allashidan asosiy maqsadlari nimalardan iborat edi? 1. Bu davrda Rossiya - G’arbiy Evropa mamlakatlari va AQSHdan iqtisodiy jihatdan orkada qolayotgan edi: 1860 yil Rossiya Fransiyadan 7,2 barobar, Gyormaniyadan 9 barobar, Anliyadan 18 barobar kam sanoat mahsuloti ishlab chiqargan edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotining sifati past, tannarxi esa yuqori edi. SHu sababli rus tovarlari Evropa bozorida raqobatga bardosh beraolmas edi. Rossiya uchun yangi bozor tekin xom-ashyo manbai kerak edi. 2. 1855-1857 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag’lubiyatga uchrashi natijasida Bolqondagi «orzusini» amalga olmaganligi O’rta Osiyoning ahamiyatini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan urushda Angliyani Turkiya tomonidan turib Rossiyaga qarshi urushganligi uchun «otni qamchilab O’rta Osiyoni bosib olish unga dimlomatiya tarsakisini» bermoqchi bo’ldi. 3. AQSHdagi 1861-1862 yildagi fuqarolar urushi natijasida Amerika paxtasini Evropa va Rossiyaga kelmay qolishi natijasida Rossiya engil to’qimachilikni qiyin ahvolga solib qo’ydi. Natijada Rossiyaning O’rta Osiyoga nisbatan tajovuskorlik harakati tezlashdi. O’rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi istilochilik va bosqinchilik harakati edi.
Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olish harakatlarini 3 davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr: Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olish harakatlari XVIII asr boshlarida boshlangan edi. Birinchi intilish podsho Petr 1 zamonida 1714-1717 boshlangan edi. Ilk bor buyuk davlatchilik nuqtai-nazaridan turib O’rta Osiyoning boyliklariga ko’z olaytirgan Petr 1 edi. SHu maqsadda 1714 yili Preobrajenskiy polkining poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich-CHerkasskiy boshchiligida yuborilgan ekspeditsiya Kaspiy dengizining Sharqiy kirgoklarini o’rganib, Krasnovodsk kultigida istehkom qurishi, Xiva xonligiga etib borib xonni rus fuqaroligiga o’tishga undashi, undan Buxoroga o’tib amirni ham Rossiya panoxiga o’tkazishi kerak edi. Amalda ekspeditsiya Krasnovodsk qo’ltig’ida 3 ta istehkom qurdi. Askarlarni bezgak va boshqa kasalliklar bilan qirilib ketishi natijasida ekspeditsiya 1716 yili Astraxanga kaytib ketishga majbur bo’ldi. Kapitan Ivan Buxgols boshchiligidagi ikkinchi ekspeditsiya 3727 piyoda 617 ta otliq, 2000 kazak askarlar, 230 dengizchi va 22 ta to’p bilan 1715 yilning boshida Tabolsk yo’liga chiqib Irtish daryosi bo’ylab suzib bordi va Yalishev qo’li yonida qal‘a qurdi. Ekspeditsiyami janubga yurishga qalmiqlarning hujumi yo’l qo’ymadi va qaytishda 1716 yili Omsk qal‘asini qurib qoldiradi. Ikkala ekspeditsiya ham o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni to’liq bajara olmadi.
1717 yilda poruchik Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi yangi tuzilgan ekspeditsiya Orol dengizining - G’arbiy sohili bo’ylab Amudaryo orqali Xivaga etib SHerg’ozixon bilan muzokaralar olib boradi. Sherg’ozixon xiyla ishlatib ekspeditsiya a‘zolarini qirib tashlaydi. Bekovich-Cherkasskiyning boshini esa Xiva bozori darvozasining tepasiga osib qo’yadilar. Qurilgan qal‘alarni esa turkmanlar buzib tashlashadi. Shunday qilib, Petr I ning qabih niyatlari shu tariqa amalga oshmay qoladi. Petr I Buxoro xonligini o’ziga tobe qilish maqsadida 1718 yilda elchi F. Benevenini maxsus topshiriqlar bilan Buxoroga yuboradi. Podsho josus elchi orqali xonlikning iqtisodiy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida etarli tasavvurga ega bo’lmoqchi edi. F. Beneveni 1721 yilda Buxoroga etib kelib, o’z faoliyati davomida turli ma‘lumotlarni podshoga etkazib ham turdi. Bu vaqtda ya‘ni, XVIII asrning birinchi choragida ko’chmanchi Qozoqlar Yoyiq daryosi va Kaspiy dengizidan Xiva xonligi chegarasiga bo’lgan ulkan hududda Katta, O’rta va Kichik juzga bo’lingan holda istiqomat qilar edilar. Qozoq sultonlari o’rtasidagi o’zaro urushlar ularni tobora zaiflashtirayotgan edi. SHu hududda yashagan qalmiqlar ham tez-tez Qozoqlar ustiga yurish qilib, qonli to’qnashuvlar bo’lib turar edi. 1723 yildagi ocharchilik Qozoqlarga yana qimmatga tushdi. Ular nochor axvolda tashkaridan yordam kutdilar.
Kichik juz oqsoqoli Abulxayrxon 1730 yilga kelib . Rossiya davlatiga murojaat qilib, o’z juzining Rossiya panoxiga olishini suradi va 1732 yilda kichik juz Rossiya imperiyasi himoyasiga o’tdi. Abulxayrxon chul orqali O’rta Osiyoga o’tadigan va u erdan qaytadigan rus savdo karvonlarini talonchilik hujumlaridan himoya qilishni o’z zimmasiga oldi. Keyinroq 1739-1740 yillarda O’rta juz, 1747 yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga olindi. Kichik, O’rta va Katta juzlarning Rossiya tobeligiga o’tishi bilan rus hukumatining O’rta Osiyo tomon harakat qilishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Ikkinchi davr: Chor Rossiyasi, uning keyingi podsholari to XIX asrning ikkinchi yarmigacha asosan o’zining elchilarini josus sayyohatchilarni yuborish orqali Osiyoning tabiatini, boyliklarini, harbiy, iqtisodiy imkoniyatlarini" o’rganishga kirishadi. Birgina Nikolay I podsholigi (1833-1855) va Aleksandr II podsholigi (1855-1881) davrlar Qozog’istonda 103 ga yaqin harbiy qal‘a va tayanch punktlari quriladi. 1840 yilning noyabrida Orenburg gubernatori generalmayor V. A. Perovskiy 2 ta zambarak, 40 ta arava, hamda 5000 piyoda askar, 10000 tuyadan iborat harbiy askari bilan Xivaga qarshi yurish boshladi. Biroq cho’ldagi qattiq sovuqlar, kiyim-kechak va suvni. etishmasligi natijasida kasallik ko’payadi. Petrovskiy esa orkaga kaytib ketishga majbur bo’ladi. Endi Rossiya xonliklar bilan diplomatik (ko’prok josuslik maqsadida) va savdo aloqalarini kuchaytirishga harakat qila boshladi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya barpo etilgan istehkomlarda urush uchun zarur bo’lgan qurol-aslaha,oziq-ovqat zahiralari, bosqinchilik uchun yurishlarda qo’l keladigan barcha zaruriy ashyolarni tayyorlab bordi va XIX asrlarning ikkinchi yarmida faol harakatlarni boshlab yubordi. Bu uchinchi davr 1852 yildan boshlandi. Xiva - Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o‘zaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor edi. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo‘llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan tayyor iste‘mol tovarlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda Rossiya Xiva xonligjga o‘z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi.
Rossiya tovarlari Yevropaning ilg‘or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o‘lka ham hisoblanardi. Biroq har ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining qaror topishiga to‘sqinlik qilgan omillar ham mavjud bo‘lgan. Bular: savdo karvonlariga hujum qilish xavfming mavjudligi, har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o‘z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, har ikki tomonning o‘zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bk to‘xtamga kela olmaganliklari bilan bog‘liq edi. N. Muravyov ekspeditsiyasi.Rossiya hukumati - 1819- yilda Xivaga rus armiyasi zobiti N. Muravyovning ekspeditsiyasini jo‘ natdi. Ekspeditsiyaning maqsadi turkmanlar yerini, Xiva xonligining turkmanlar bilan munosabatini hamda yangi savdo yo‘li ochilishi (Xiva - Turkmanlar yeri - Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘i - Boku - Astraxan) istiqbollarini o‘rganish edi. Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmut qabilasi joylashgan hududda bo‘ldi. Yovmutlarning Rossiya fuqaroligiga o‘tish istaklarini o‘igandi. Shundan so‘ng N. Muravyov Xivaga yo‘1 oldi va Rahimxon qabuliga kirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Biroq Xiva xoni savdo yo‘lining o‘zlashtirilishiga rozi bo‘lmadi va o‘rta Osiyoning boshqa xonliklari bilan munosabatlarida Rossiya harbiy yordamiga tayanish mumkinligi haqidagi taklifni ham rad etdi. Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabi-l lasini o‘z ftiqaroligiga qabul qilish istagi tagida aslida nima yotishini anglab yetgan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo karvonlari xavfsizligini ta‘minlash bahonasida chegarada mustahkam istehkomlar qurish haqidagi rejalari Xiva hukmron doiralarini cho‘chitib ham qo‘ygan edi. S. Sialkovskiy va V. Peijovskiy ekspedisiyalari. Rossiya hukumati savdo karvonlari xavfsizligini ta‘minlash maqsadida qo‘riqchi harbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824- yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamrohligida yo‘lga chiqdi. Bu savdo karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825- yilning yanvar oyida karvon Xiva qo‘shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva qo‘shini Buxoroga olib boradigan savdo yo‘lini bekitib qo‘ydi. Bu hodisa RossiyaBuxoro savdo aloqalariga katta ziyon yetkazish xavfmi tug‘dirdi.
Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda Muhammad Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o‘g‘li Olloqulixon o‘tirdi. U Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. 1826-1829- yiUardagi Eron - Rossiya va 1828-1829- yillardagi RossiyaTurkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o‘zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi o‘rta Osiyo xonliklariga suqulib kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to‘ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo-sotiq ishlarining ahvoli yomonlashdi. Bunday paytda o‘rta Osiyo xonliklari bilan savdosotiqni har qachongidan ko‘ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya hukumati rus asirlarini ozod etishni ham talab eta boshladi. Biroq Rossiya hukumati Xiva xonligiga nisbatan o‘z talablari doirasini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi u keyinchalik Xivadan Amudaiyoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini ham taiab eta boshladi. Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy yo‘l bilan tartibga solish yo‘lini tanladi. Shu maqsadda 1839- yilda V. Perovskiy harbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi. Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to‘p va yuk ortilgan o‘n ming tuya bor edi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug‘i, oziqovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot ko‘rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. U 1840- yilning iyun oyidagina Orenburgga qaytib kela oldi. Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo‘lini axtarishga majbur etdi. Josus Jeyms Abbot. Xonlikda ingliz razvedkasi ham faoliyat boshladi. Chunonchi, 1840- yilda Xivaga kapitan Jeyms Abbot keldi va u Olloqulixon bilan uchrashdi. U Xiva xonini Rossiyaga qarshi harbiy istehkomlar qurishga daVat etdi. U bunday istehkomlar qurilishi mumkin bo‘lgan joylarni aniqlash bo‘yicha ish olib borayotgan paytda Rossiya harbiylari tomonidan asir olindi va Peterburgga jo‘natildi. U yerdan Londonga jo‘natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya razvedkasi Xiva va Rossiya o‘rtasida haibiy harakatlar keltirib chiqarishdek maqsadiga erisha olmadi. «Majburiyatlar akti». Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi. Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g‘li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842- yilning 27- dekabrida Xiva va Rossiya o‘rtasida «Majburiyatlar akti» deb ataluvchi shartnoma imzolandi. Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do‘stlik munosabatida bo‘lishi e‘lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo‘1 qo‘ymaslik; rus asirlarini saqlamaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta‘minlash kabi majburiyatlar yuklandi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e‘tibor berildi. Chunonchi, boj to‘lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Biroq «Majburiyatlar akti» qog‘ozda qolib ketdi. o‘zaro munosabatlar keskinlashib bor

Xulosa
O’rta Osiyoda shakllangan uchta mustaqil - Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari tarixiga bag’ishlab alohida-alohida asarlar yaratilgan edi. Bu tarixiy asarlar mazkur xonliklarning tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladilar. Xiva xoni va tarixnavisi Abulg’oziy tomonidan tarixiy asarlar yozish an‘anasi, keyinchalik atoqli tarixnavislar va ajoyib shoirlar SHermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad YUsuf Bayoniy tomonidan davom ettirilgan edi. Xorazm tarixi bo’yicha yozilgan hamma tarixiy asarlarni o’zbek tilida ijod etgan mazkur tarixnavislar bir-birlarining ishini davom ettirib, uzoq davrni o’z ichiga qamrab olgan Xiva xonligi tarixini o’rganishda ajoyib ma‘lumotlarga boy qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. Bitiruv malakaviy ishda ushbu asarlarning tahlili asosida Qo’ng’irotlarning hukmronligi davrida davlatning tashqi va ichki siyosatiga doir qator yangi fikrlar o’rganildi. Qo’ng’irot urug’idan bo’lgan Eltuzar (1804 — 1806) o’zini xon deb e‘lon qiladi. Shundan so’ng Xorazmda shu suloladan Muhammad Rahimxon I (1806 — 1825), Olloqulixon (1825-1843), Rahimqulixon (1843—1846), Muhammad Aminxon (1846 — 1855), Abdullaxon (5 oy), Qutluqmurodxon (7 oy), Sayid Muhammadxon (1856 — 1865), Muhammad Rahimxon II — Feruz (1865 — 1910), Asfandiyorxon (1910 — 1918)lar hokimlik qilgan.


Xivalik tarixchi olimlar tomonidan XVII — XIX asr va XX asr boshlarida Xiva xonligi tarixi bilan bog’liq siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganishda mufassal ma‘lumot beruvchi «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», «Firdavs ul-iqbol», «Riyoz uddavla», «Zubdat ut-tavorix», «Jomi‘ ul-voqeoti sultoniy», «Gulshani davlat», «Shohid ul-iqbol», «Shajarayi Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» nomli qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. Shuni ta‘kidlab o’tish zarurki, bu qo’lyozma tarixiy asarlar o’z davrining ilg’or fikrli kishilari tomonidan yozilgan bo’lsa-da, o’sha davrdagi hukmdorlar ra‘yidan o’tolmasdan, ularning manfaatlariga mos qilib yozilgan edi. Chunki mualliflar shu tarzda yozishga majbur edilar. Bu asarlarda qo’shni xalqlar sha‘niga aytilgan «tug’yonkor», «isyonkor», «mufsid» kabi noloyiq iboralarni ham uchratamiz. O’z davri va muhitining ta‘siri tufayli mavjud kamchiliklarga qaramay, Xorazmda tasnif etilgan mazkur tarixiy asarlar, Xiva xonligining XVII — XIX va XX asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganishda aniq ma‘lumot beruvchi asosiy manba bo’lib xizmat qiladilar. Xiva xonligining siyosiy hayotida ro’y bergan katta voqealardan biri Xiva xonligini podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi edi.
Muhammad Yusuf Bayoniy o’zining «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida bu masalaga juda mufassal to’xtalib o’tgan va bu borada juda qimmatli ma‘lumotlarni keltirgan. Ayniqsa, shaharlarni mudofaa qilishda olib borilgan ishlar, ko’rsatilgan qarshiliklarga qaramay, Xiva xonligiga qarashli shaharlarning podsho Rossiyasi armiyasi tomonidan birin-ketin bosib olinishi va chor generallarining bu erda olib borgan shafqatsiz siyosati aniq ko’rsatib berilgan. Bayoniy shu davrda ana shu voqealar ichida yashagan, ularni o’z ko’zi bilan ko’rgan va u voqealarning tirik shohidi edi. Bu masalani aniq ma‘lumotlar asosida o’rganishda va yoritishda Xiva tarixnavisi Bayoniy tomonidan yozilgan bu tarixiy asar katta ahamiyat kasb etadi.
Xiva xonligining Buxoro, Qo’qon xonliklari, Rossiya va Eron bilan olib borgan diplomatik va savdo munosabatlarini o’rganishda ham bu asarlarda anchagina ma‘lumotlarni uchratamiz. Biz Abulg’oziy, Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarini o’qir ekanmiz, Xiva xonligiga Buxoro, Kuqon xonliklaridan, Rossiya va Erondan ko’plab elchilar kelganligi va ularga javoban u mamlakatlarga ham elchilar yuborilganini ko’ramiz. Xonlikning iqtisodiy hayotida feodal er egaligi, sug’orish ishlari va yangi erlarni o’zlashtirish va soliq masalasi asosiy masalalardan edi. Bu masalalar bo’yicha ham mazkur tarixnavislarning asarlarida ancha ma‘lumotlar keltirilgan. Xonlikning iqtisodiy hayotida asosiy masalalardan biri bo’lgan soliq masalasiga kelsak, xivalik tarixchilar o’z asarlarida voqealarni bayon etar ekanlar, xonlik hududida bo’lgan shaharlar va qishloqlarga kimlarning soliq yig’ish uchun borganligi, qaysi davrlarda qaysi xalqlarning Xiva xonligiga soliq to’laganliklari haqida ham ma‘lumotlar keltirib o’tganlar. Savdogarlardan, shuningdek, Xiva xonligi hududidan o’tgan Buxoro xonligiga tegishli savdogarlardan ham olingan soliqlar haqida ham ba‘zi ma‘lumotlarni uchratamiz.
Foydalangan adabiyotlar va manbalar ro’yxati.
1. X. Ziyoev. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T. « SHarq» .1998 y
2. Icxoqxon Junaydullaxo’ja o’g’li Ibrat. Farg’ona tarixi. T. «Kamalak». 1991 y. 3. Davlatyor Raxim, SHohnazar Matrasul, Feruz - shoh va shoir qismati. T. «G. G’ulom», 1991 y.
4. Mulla Olim Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston, Qarshi «Nasaf» 1992 yil.
5. Majid Hasaniy. Turkiston bosqini. T. «Nur»,1992y
6. Mirzaolim Mushrif. Qo’qon xonligi tarixi. T. «G. G’ulom».1995 y.
7. SH. Karimov. Qafasdagi kush orzusi.T. 1992Y.
8. Gulyamov H.G. Srednyaya Aziya I Rossiya: istoki formirovaniya mejgosudarstvennix otnosheniy. T.,»Universitet» 2005 g. 3-60 st.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari:
1. I. Karimov – O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Xalq so’zi 31 avgust 2007 y.
2. I. Karimov Sharq gavhari – zamin sayqali. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi. Xalq so’zi 26 avgust 2007 yil.
3. I. Karimov Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish xalqimiz uchun farovon tkrmush sharoiti yaratish- asosiy vazifamizdir. T. «O’zbeiston» 2007 y.
4. I. Karimov Bu bayram barchamizniki – butun xalqimizniki (16 yillik tantanali marosimdagi bayram so’zi) Xalq so’zi 2007 yil 1 sentyabr.
5. I. Karimov Bunyodkor xalqimizning azmu shijoatining amaldagi ifodasi. Toshguzar – Boysun – Qumqo’rg’on temir yo’lining ishga tushirilishiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali marosimda so’zlagan nutqi. Xalq so’zi 2007 yil 25 avgust.
6. I. Karimov O’zbekiston Islom sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi. Xalqaro ilmiy ommabop konferensiyadagi nutqi. Xalq so’zi 2007 yil 15 avgust.
7. I. Karimov. O’zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo’shgan beqiyos hissasining yuksak ehtiromlari. (Turkiston press nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusi) Xalq so’zi 23 fevral 2007 yil.
8. I. Karimov «Biz tanlagan yo’l demokratik taraqqiyot va ma‘rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li» T., t. 11, «O’zbekiston», 2003 y. 266-267 betlar.
9. I.Karimov. Sog’lom xalq, sog’lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo’ladi. Prezident I.Karimovning O’zR Konstitutsiyasining 16 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. «Ma‘rifat», 2004 yil, 8-dekabr. 10. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokralashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T., «O’zbekiston», 2005 y.
11. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi. T., «O’zbekiston», 2005 y


1 Kаrimоv I.А. Оzоd vа оbоd vаtаn, erkin vа fаrоvоn hаyot pirоvаrd mаqsаdimiz.-T.: ―O‘zbеkistоn‖, 2000. -B.75.

2 Mirzaolim Mushrif. Qo‘qon xonligi tarixi. T. «G. G‘ulom».1995 y.

3 I.SHоdmоnqulоv, Q.Ergаshеv, H.Hаmidоv, N.Ergаshеv, I.Аbdurаhmоnоv, F.Ernаzаrоv ―O‘zbеkistоn tаriхidаn
tа`lim tехnоlоgiyalаri TDIU. 2006 y

4 Yo‘ldоshеv M. Хivа хоnligidа fеоdаl yеr egаligi vа dаvlаt tuzilishi, 95–bеt.

5 А. Аbdurаsulоv ―ХIVА‖ Tоshkеnt ―O‘zbеkistоn‖nаshryoti 1997 yil 106,107 bеtlаr

6 А.Аbdurаsulоv ―Хivа tаriхiy-etnоgrаfik оchеrklаr‖ Tоshkеnt 1997 yil. 35-bеt.

7 Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzmpахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — T.: SHаrq, 2004. 9, 78– bеt

8 Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzmpахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi, 92, 94–bеtlar.

9 Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzmpахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — T.: SHаrq, 2004.9, 14–bеt.

10 Yo‘ldоshеv M. Хivа хоnligidа fеоdаl еr egаligi vа dаvlаt tuzilishi, 76, 98–bеt.

11 Sаfаrоv О., Sultоnоv О. Оqmаchit хоtirаlаri // Хоrаzm hаqiqаti, 1993, 23 mаrt; Mаtniyozоv M. Хivа хоnligidа
yashаgаn хаlqlаr vа ulаrning хоnlik ijtimоiy–siyosiy hаyotidа tutgаn o‘rni vа rоli. — 62–68–bеt.

12 Sаdikоv А.S. Nеkоtоriе dаnniе о zdrаvоохrаnеnii v dоrеvоlyutsiоnnоy Хivе // Mаtеriаli pо izuchеniyu Srеdnеy
Аzii i Uzbеkistаnа. Nаuchniе trudi TаshGU. Nоvаya sеriya, vip. 233. Istоrichеskiе nаuki, kn. 48. — Tаshkеnt,
1964. — S. 3.

13 0 O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 149, l. 76.

14 O‘zR. MDА, f. I–125, оp. 1, d. 273, l. 1, 3, 6, 8 vа bоshqаlаr.

15 YAzbеrdiеv Аlmаz. K vоprоsu о nаchаlnоm priоdе knigоizdаtеlskоy dеyatеlnоsti Хivinskоy litоgrаfii (1874–1880) // ―Izvеstiya‖ АN Turkmеnskоy SSR. Sеriya: Оbshеstvеnniе nаuki, 1971, № 4; Mаtrаsulоv SH. Pеrvаya tipоgrаfiya v Хоrеzmе // ―Хоrеzmskаya prаvdа‖, 1994, 22 sеnt.; Ахundjаnоv E.А. K istоrii rаzvitiya knijnеgо dеlа v Хivе // Оbshеstvеnniе nаuki v Uzbеkistаnе, 1997, № 7-8. — S. 100–103; YUldаshеv U. Оtlitоgrаfii dо kоmpyutеrа // ―Хоrеzmskаya prаvdа, 2003, 19 iyunya

16 Bаyoniy M.YU. SHаjаrаyi Хоrаzmshоhiy // ―Mеrоs‖ to‘plаmidа, 246–bеt.

17 Muhаmmаd Rаhimхоnning yurаk zоtiljаmi оqibаtidа vаfоt qilgаnligi hаqidа хаbаr bеrgаn ―Nivа‖ gаzеtаsi
o‘zining 1910 yildаgi 45–sоnidа хоngа Оrеnburg kаzаk qo‘shinlаri gеnеrаl–lеytеnаt vа 1902 yildаn hаzrаt unvоni
bеrilgаnligi hаqidа yozаdi. U 20 yoshidа vоris sifаtidа tахtgа ko‘tаrilgаn bo‘lsа, endilikdа uning 37 yashаr o‘g‘li
Sаyyid Аsfаndiyor to‘rа pоdshо hаzrаti оliylаri ruхsаti bilаnginа оtаsi tахtigа o‘tirishi mumkinligini qаyd qilаdi.
Ungа hаm Оrеnburg kаzаk qo‘shinlаri gеnеrаl–mаyоri unvоni bеrilgаn. Ushbu mаnbаni tаsdiqlоvchi хujjаt

18 Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzmpахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi, 12–bеt.

19 Qurbоnbоеv S. Pitnаk tаriхi. — Urgаnch: Хоrаzm, 2001. — 20–bеt.

20 Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — 14, 88–bеt.

21 Lоbаchеvskiy V. Хivinskiy rаyоn. — T., 1912. ― 74–bеt

22 Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — 14–bеt.

23 To‘хtаmеtоv T.G. Rоssiya i Хivа v kоntsе XIX — nаchаlе ХХ vеkа.-M., 1969 — 104–bеt.

24Istоriya Uzbеkskоy SSR. V 2-tоmах. T. 1. — T.: Gоsizdаt, 1956. — S. 323.

25 Sаdikоv А. Ekоnоmichеskiе svyazi Хivi s Rоssiеy. — S. 28.

26 Хаlfin N.А. Rоssiya i хаnstvа Srеdnеy Аzii (pеrvаya pоlоvinа XIX v.). M., 1974.

27 Bоrns А. Putеshеstviе v Buхаru. CH. III. M., 1949. c. 172.

28 Sоkоlоv А.YA. Tоrgоvаya pоlitikа Rоssii v Srеdnеy Аzii i rаzvitiе russkо-аfgаnskiх tоrgоviх оtnоshеniy. T. 1971. s. 38

29 Svеdеniya о prоizvеdеniyaх i tоrgоvlе Buхаrii. Vir. iz jur. «Mаnufаkturа i tоrgоvlya». 1840. Хmir kоl. Srеdnyaya Аziya. T. 1

30 Sоkоlоv А.YA. O‘shа аsаr. s.38.

31Gilmеrsеn G. Хivа v ninеshnеm svоеm sоstоyanii. Vir. «Оtеchеstvеnniе zаpiski». 1840. s. 105

32 O‘shа аsаr. s. 117, 121

33 Хivа, ili gеоgrаfichеskое i stаtistichеskое оpisаniе Хivinskоgо хаnstvа, sоstоyashеgо tеpеr v vоynе s Rоssiеy, zаimstvоvаnnое iz rаzniх оtеchеstvеnniх i inоstrаnniх pisаtеlеy, s izоbrаjеniyami kоstyumоv i vidа gоrоdа Хivi. M.: 1840. s. 79

343 Хаnikоv N. Оpisаniе Buхаrskоgо хаnstvа. SPb., 1843.

35 Svеdеniya о Хivinskоm хаnstvе. Vir. iz jur. ―Mаnufаktur i tоrgоvlya‖. 1843. Хmir. kоl. T. 9. S. 105, 129, 130,

36 Dаnilеvskiy G.I. Оpisаniе Хivinskоgо хаnstvа. ZIRGО, 1851. Kn.: 5. s. 136.

37 Grigоrеv V.V. Rаzbоr sоchinеniya P.I.Nеbоlsinа: ―Оchеrki tоrgоvli Rоssii s Srеdnеyu Аziеyu‖.1856. s. 175.

38 Nеbоlsin P. Оchеrki tоrgоvli Rоssii s strаnаmi Srеdnеy Аzii, Хivоy, Buхаrоy i Kоkаnоm. SPb., 1856

39 Nаshi slsеdi v Srеdnеy Аzii. Хivа i Turkmеniya s bоlshоyu kаrtоyu. SPb., 1873. s. 34

40 O‘shа аsаr. 123-b


Yüklə 92,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin