yasovulboshi boshqarar edi) ifoda etuvchi 1,5 ming kishidan iborat muntazam qo`shin, harbiy harakatlar davrida yig`ilib keluvchi xalq lashkari va turkman otliq sipohiylaridan iborat bo`lgan. Xiva xonligi ma‘muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo`lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Qo`ng`irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xiva shahri va uning tevaragi xonning tasarrufida bo`lgan. Ana shu mansabdor shaxslarning barchasi xorazmlik oddiy dehqonlarni ekspluatatsiya qilish va ulardan olinadigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi. Sudlov hokimiyatida ham beboshlik hukm surar, hokimiyatga qarshi arzimas jinoyat uchun o`lim jazosi qo`llanar edi. Devonbegi (devonxona mutasaddisi) xonning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo`lgan. Din arboblari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga ulkan ta‘sir ko`rsatar edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazi sanalardi. Bu yerda dindorlar qadamjosiga aylangan 60 dan ortiq avliyo dahmalari mavjud edi. Mamlakatda qariyb 45 ming o`quvchi ta‘lim oladigan 15 mingga yaqin maktablar bo‘lgan.O‘quvchilardan ayrimlari maktabni bitirib, oliy o`quv yurtiga o`qishga kirar va bu yerda 10 yilgacha ta‘lim olishardi. Bunda asosiy fanlar: ilohiyotshunoslik, arab grammatikasi, islom falsafasi va huquqi, shuningdek, elementar arifmetika va geometriyadan ta‘lim berilar edi. Madrasa talabalari imtihon topshirganlaridan keyin bo`sh turgan qozi, imom va boshqa nufuzli, serdaromad lavozimlarni egallashlari mumkin edi.Aholi orasida so`fiylik tariqatiga ixlos qo`ygan kishilar ko`pchilikni tashkil etar edi.Xorazmda XII asrdayoq asos solingan kubraviya tariqati ayniqsa keng tarqalgan va katta ta‘sir kuchiga ega edi. Јu tariqatga eigashgan kishi alohida so`fiylar jamoasiga rahbarlik qiluvchi o‘z ma‘naviy piri — eshonning muridiga aylanib qolar va o`z xohish-irodasidan butkul voz kechar edi.Ma‘naviy pirlaiga bo`ysungan muridlar o`z daromadlarining bir qismatni eshonga berishardi. Xivada so`fiylik ayollar orasida ham keng tarqalgan edi. Xiva xonligida darveshlik ham keng yoyilgan bo`lib, qashshoq darveshlar —