qalandarlar jamoasiga birlashgan, uning a‘zolari meros tariqasida darbadarlik va qashshoqlikda kun kechirardilar. Qalandarlar islom va hokimiyatga mutelikni targ`ib etgan holda aholining barcha qatlamlariga katta ta‘sir o`tkazar edi. Yer egaligi Shakllari . G`alla yetishtirish qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`i bo`lib qolaverdi. Bundan tashqari, butun o`rta Osiyoda sevib iste‘mol qilinadigan sholi, jo`xori va suli yetishtirilar edi.
XIX asrning 90-yillaridan boshlab, Rossiya bilan savdo-sotiq rivojlanib borgani sayin paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi. Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. Amaldor va a‘yonlarga haq to`lash uchun puli bo`lmagan Xiva xonlari ularga davlat yerlarini ehson qilishardi. Xonlikdagi hamma yerlar ikki qismga: sug`oriladigan yerlar — ahya va sug`orilmaydigan yerlar — adraga bo`linar edi. Shuningdek, yer egaligining amlok (davlat yerlari), mulk (xususiy yerlar) va vaqf (masjid va madrasa yerlari) shakllari ham mavjud edi. Xon, amaldorlari va ularning qarindoshlari soliqdan ozod edilar. Yirik yer maydonlari diniy muassasalar tasarrufida bo`lgan. Xonlikda jami sug`orma yerlarning 40 foizi masjidlar mulkiga berilgan. Masalan, 64 ta masjid va madrasa XIX asrning so`nggi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik qilgan. Xonlar dindorlarga nisbatan hurmat-izzatda bo`lishgan. Ularning ko`pchiligi soliqlardan ozod etilgan. XIX asrning oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgandi. Soliq va majburiyatlar .Yerning katta qismi Rossiya imperiyasi tasarrufiga o`tishi sababli, xonlik ma‘muriyati zararni yangi soliqlar joriy etish yoki ilgari mavjud bo`lganlarini oshirish yo`li bilan qopladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, (doimiy yoki favqulodda) soliqlarning qariyb 25 turi bo`lgan. Bu yig`imlar miqdori xonlar va amaldorlar zo`ravonligiga bog`liq bo`lgan. Dehqonlar yer solig`i — solg`ut, chorva solig`i — zakot, o`tloqlardan foydalanganlik uchun cho`ppuli, turarjoylari uchun o`tov solig`i to`lashgan. Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlar —