Mavzu: Qoʻqon xonligini ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy xayoti mundarija kirish I bob qo'qon xonligi madaniy hayoti va uning taraqqiyoti xususiyatlari



Yüklə 89,53 Kb.
səhifə10/11
tarix28.06.2023
ölçüsü89,53 Kb.
#135492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
qoʻqon xonligini ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy xayoti

An’anaviy soliqlarga to‘y marosimlaridan, meros bo‘linishidan, tarozidan, daryodan o‘tish uchun sollardan, qirg‘iz va qozoqlarning chorvasidan olinadigan va shunga o‘xshash soliqlar kirgan. Xonlikda bulardan tashqari yana turli xil favqulodda soliqlar mavjud bo‘lib, u tilla puli va mis puli, ulov puli, alaf puli, nafsona, mushtak, kafsan, yaksara va boshqalardir.
Xon xazinasiga kelib tushgan soliqlar – xossachi, bek xazinasiga tushgan soliqlar – beklik deb atalgan.
Qo‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham mavjud bo‘lib, ularning egalari bo‘lgan sayyid, xo‘jalar, shayxlar va eshonlar xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. Shuningdek, xonzoda va to‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va so‘filar ham tanob solig‘idan ozod qilingan.
Xonlikning deyarli barcha shahar va qishloqlarida hunarmandchilikning taraqqiyoti bir xil bo‘lgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarish o‘zining ayrim xususiyatlari, ya’ni, mahsulotning turi, sifati bilan ajralib turgan. Hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, to‘quvchilik, degrezlik, kulolchilik, misgarlik va boshqa tarmoqlari keng rivojlangan bo‘lib, xonlikning har bir shahri muayyan sohada ishlab chiqargan mahsuloti bilan dong taratgan. Misol uchun, Qo‘qon shahri zargarlik va qog‘oz ishlab chiqarish, Shahrixon va Chust tikuvchilik hamda temirga ishlov berish, xususan, pichoqchilik, Marg‘ilon, Namangan va Andijon esa ipak gazlamalari, Toshkent o‘zining tikuvchilik, to‘quvchilik, cho‘yan, temir-mis mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan.1
Xonlikda qurolsozlikka alohida e’tibor qaratilgan.Bu tarmoq shahar hunarmandchilik ishlab chiqarishining obro‘li sohalaridan hisoblangan. Qo‘qon shahrida zambaraklar, miltiqlar, qilichlar, pichoqlar, xanjarlar, qalqonlar, nayzalar va boshqa harbiy anjomlar tayyorlangan.
Xonlikda hunarmandchilik va kosiblik ishlab chiqarishini asosan paxtachilik, ipakchilik, chorvachilik tarmoqlari va yer osti boyliklarini qazib chiqarish sohalari xom ashyo bilan ta’minlagan. Hunarmandchilik uchun zarur bo‘lgan xom-ashyolar xonlik hududidan olinish bilan birga chetdan ham xarid qilingan. Asosiy xom ashyolardan biri bo‘lgan oltin Sirdaryoning yuqori oqimidan, Qonsuv daryosidan olingan. Shuningdek Kosonsoydan, Qoratog‘ning shimolidagi Kukrev daryosidan, Chirchiq daryosi bo‘ylaridan, Burchmulla yonidan, Chotqol daryosining yuqori oqimidan ham oltin olingan. Hunarmandlar temir rudasini Oloy tog‘ tizmasi etaklaridan, qo‘rg‘oshin va boshqa ma’danlarni Qoratovdan qazib olganlar. Manbalarga ko‘ra, yer osti boyliklarini qazib chiqarish shunchalik sodda va kam bo‘lib, u ehtiyojni talab darajasida qondira olmagan. Shuning uchun ham aksariyat metallar Rossiyadan olib kelingan.
Qo‘qon xonligi hayotida ichki va tashqi savdo munosabatlari alohida ahamiyatga ega edi. Ichki savdo – o‘troq dehqonlar, ko‘chmanchi chorvadorlar va shahar-qishloq hunarmandlari o‘rtasidagi an’anaviy mahsulot ayirboshlashga asoslangan. Aholining kundalik ehtiyojlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan ta’minlab turilgan. Barcha ichki savdo chakana bo‘lib, ulgurji savdo deyarli bo‘lmagan.2
Qo‘qon xonligining eng asosiy savdo va tijorat markazi Qo‘qon, Toshkent, Marg‘ilon, Andijon, Xo‘jand, Namangan, O‘sh, O‘ratepa kabi shaharlar bo‘lib, ular orasida Qo‘qon nafaqat xonlik, balki butun O‘rta Osiyoning savdo markazlaridan biri hisoblangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon bozorlari o‘zining mahsulotlarga boyligi va narx – navoning boshqa shaharlarga nisbatan ancha arzonligi bilan ajralib turgan. Shaharning devorlar bilan o‘ralgan katta bozorlari mahalliy aholi va chetdan kelgan savdogarlar bilan doimo gavjum bo‘lgan. Rus manbalarida keltirilishicha, XIX asrning 20-yillarida Qo‘qonda oltita bozor bo‘lib, ular yakshanba, chorshanba va payshanba kunlari ishlagan. Bu bozorlarda qattiq nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, xaridor haqqiga xiyonat qattiq jazoga tortilgan.
Qo‘qon honligining iqtisodiy hayotida tashqi savdo ham muhim ahamiyat kasb etgan. Mamlakat g‘arb va janubda Buxoro, Xiva, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, sharqda Xitoy (Qashg‘ar orqali), shimolda Dashti Qipchoq ko‘chmanchilari va ayniqsa Rossiya bilan keng savdo aloqalari o‘rnatgan. Ayrim manbalarda xonlikda yaponiyalik va angliyalik savdogarlar ham kelganligi eslatib o‘tiladi.1
Xonlikdan chet elga asosan ipak va ipak matolar, paxta, charm, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, zargarlik buyumlari va boshqa mahsulotlar chiqarilgan. Chet eldan asosan choy, metall, chinni, uy-ro‘zg‘or buyumlari, tayyor gazlama, kiyim-kechak, poyafzal va boshqalar keltirilgan.
Xonlikning savdogarlari Buxoro va amirlik chegaralaridagi shaharlar bilan muntazam savdo aloqalari olib borganlar. Har ikkala davlatning savdogalari savdo ishlarida faol ishtirok etib, qo‘qonlik savdogarlar Buxoro amirligiga xo‘jalik hayotda zarur bo‘lgan rus temiri, po‘lat va cho‘yandan yasalgan buyumlar, tamaki, ro‘mol, guruch va ba’zi xitoy yoki mahalliy ipak gazlamalari, choy, chinni idishlar olib borishgan bo‘lsa, buxorolik savdogarlar esa Qo‘qonga hind choyi, surp mato, harir, buyoq, afyun (taryok), zardo‘zlik mahsulotlari, ip va gazlama olib kelishgan.
Rus chiti Buxoroning Qo‘qon xonligi bilan savdosida alohida o‘rin egallagan. Bu mato Orenburg yoki Petropavlovskdan Kazalinskka, undan Buxoro, Samarqand va Xo‘jand orqali Qo‘qonga olib kelingan. Shuningdek xonlikda Mashhaddan olib kelinadigan ingliz gazlamalari, oz miqdorda bo‘lsa ham Qobulning to‘n va sallalari, hind attorlik mollari ham keltirishgan.
Qo‘qon xonligining Qashg‘ar bilan savdo munosabatlari xuddi Buxoro amirligi kabi bo‘lib, Qashg‘ardan Qo‘qonga afyun, chinni idishlar, kumush, xitoy ipak matolari, tola va gilamlar olib kelingan. Qozoq juzlarining Rossiyaga tobe etilishi hukmdor tabaqalar o‘rtasidagi o‘zaro urushlarning to‘xtashiga sabab bo‘ldi va bu holat O‘rta Osiyoning, jumladan, Qo‘qon xonligining Sibir, Ural, Volga bo‘yi bilan savdo aloqlariga keng yo‘l ochdi.
Xonlik Hindiston bilan ham muntazam savdo aloqlarini olib borib. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistondan yiliga Qo‘qon, Toshkent, Buxoro va Qashg‘arga Qobul orqali 10.000 dan 15.000 tuyagacha mahsulot yuborilgan. Ular orasida ip gazlamalar, ipak, echki juni, otlar va boshqalar chiqarilgan. Otlar savdoning katta foyda keltiradigan manbalaridan biri bo‘lgan. Hind savdogarlari xonlikdagi shaharlarda yashab tijorat va hatto, sudxo‘rlik bilan shug‘ullanganliklari haqida ham ma’lumotlar bor.1
Qo‘qonlikning tashqi aloqalarida Qo‘qon-Rossiya savdo munosabatlari ham alohida o‘rin tutgan. Manbalarga ko‘ra, 1861 yildan keyin rus sanoatining jadal rivojlana boshlaganligi xom ashyo bazasi va tashqi bozorga bo‘lgan ehtiyojning yanada kuchayganligi Rossiyaning Qo‘qon bozorini faol egallab, undan cheksiz foydalanishning asosiy sabablaridan biri bo‘lgan.

XULOSA
Mustaqillika erishganimizdan so’ng, barcha sohalar qatori ilm-fanga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Xususan Vatanimiz tarixini o’rganish, tadqiq etish, ochilmagan qirralarni kashf etish asosiy masalalardan biri sifatida ko’tarildi. Jumladan xonliklar tarixini o’rganish ham dolzarb masalalardan bo’lib qolgan edi. Yangi davrga kelib Yevropa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatdan yuksalish jarayonini boshdan kechirdilar. O’rta Osiyo xonliklari esa aksincha chuqur tanglik holatiga tushib qoldilar. XVII-XIX asrlarda Oʻrta Osiyo va undagi davlatlar jahon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaverdi, ilg`or davlatlardan orqada qoldi. Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixigayangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojat qildi: ― ”Nega jahonda Axmad Farg`oniy Muxammad Xofiziy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Imon Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu chog`gacha erishgan yuksalish jarayonlaridan tushib ketdi? Nega soʻngi uch asr mobaynida boshimiz qaloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyaning oʻlkamizni nisbatan oson zabt etishida mana shu qaloqlikning ham oʻrni boʻlmaganmikin”.1
Bu jarayonlardan Qo’qon xonligi ham chetda qolmagan. To’g’ri, xonlik dastlabki davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jihatdan bir muncha yuksalish jarayonini boshdan kechirdi. Bunga yuqoridagi ma’lumorlarning ba’zilarini keltirib o’tishimiz mumkin. Mamlakatda savdo-sotiq, hunarmandchilik, yer egaligi munosabatlari rivojlangan edi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligida ham birmuncha yuksalish bor edi.Ammo bu yuksalishlar yuqori darajada emasdi. Buni xonlikning ko’p jihatdan Rus imperiyasiga bog’lanib qolganligidan bilib olishimiz mumkin. Bu esa oxir-oqibat xonliklarning, jumladan Qo’qon xonligining imperiya tomonidan zabt etilishiga sabab bo’lgandi. Bunday jarayonni faqatgina Qo’qon xonligi emas, balki O’rta Osiyodagi qolgan xonliklar ham boshdan kechirganlar. Shuning uchu ham xonliklar davri Vatanimiz tarixida chuqur tushkinlik davri sifatida e’tirof etiladi. Xulosa sifatida yana shuni qo’shimcha qilish mumkinki, bu davr xalqimizning bir muncha xatolari bilan esda qolarli desak mubolag’a bo’lmaydi. Buni bugungi davr ham ko’rsatib turibdi.


Yüklə 89,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin