Mavzu Qurilish maxsulotlarini mexanik xossalarini o\'rganish-fayllar.org
2.Mahalliy tabiiy tosh materiallar
О‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozlash qoplama materiallarini kо‘plab ishlatish, shuningdek temir yо‘l о‘tkazish kabi ishlar juda rivojlanib ketganligi tufayli oddiy g‘isht va sopol materiallar qurilish talablarini qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham qurilishda ajoyib materialtabiiy toshlar qо‘llanila boshlandi. Qurilish uchun zarur bо‘lgan tabiiy tosh materiallarni qidiruv ishlari О‘zbekistonda yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar zahirasi qurilish talablarini bir necha о‘n yillargacha qondira oladi. Bekobod hududi yaqinidagi Mо‘g‘ultov tog‘lari qoyalarining va Farhod tog‘i qoyalarining hammasi qora va kul rang ohaktoshlardan iborat. Bu oxaktoshlar sement ishlab chiqaruvchi zavodlarni 100 yil ta’minlay oladi. Ohangarondan to Angrengacha bо‘lgan yо‘lning shimoli-g‘arb tomonida ohaktosh zahiralari qoplanganligini kо‘rish mumkin.
Bu yerlarda ohaktosh qatlamining qalinligi 20 metrgacha yetadi. Bu hudud atrofidagi sopol materiallarga xos sog‘ tuproq qatlamining qalinligi 10 metrgacha yetadi. Bulardan tashqari, bu vodiylarda portlandsementga qо‘shiladigan tabiiy faol qо‘shilmalardan opokalar, vulqon tuflari va tabiiy pishgan tog‘ jinslari (gliyej) ham bor. Shuningdek, bunday qо‘shilmalar parkent, Qizilqiya, Angren hududida va Ohangaron vodiysida kо‘plab uchraydi. Beton va temir-beton qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan mayda (qum) va yirik (shag‘al) tо‘ldirgichlar О‘zbekistonda keng tarqalgan. Chirchiq daryosining Chinoz yaqinidagi о‘zanida, Sirdaryo о‘zanida, Farg‘ona vodiysi va boshqa yerlarda shag‘al va qum zahiralarini kо‘plab uchratish mumkin. Beton uchun yuqorida aytilgan daryo qumlari qatorida qadimiy dengiz qirg‘oq qumlarini ham ishlatish mumkin. Bunday qum konlari Toshkent yaqinidagi hududlarda va Farg‘ona vodiysida kо‘p uchraydi. Ular 10-20 metr qalinlikdagi qatlam sifatida, Ohangaron vodiysida kichkina tepaliklar sifatida Jilg‘a tо‘xtash joyigacha, Chirchiq vodiysida esa Barraj tо‘xtash joyigacha bо‘lgan joylarda kо‘p tarqalgan. Mays va Darvoza qum konlaridan deyarli 15 yildan beri qum qazib olinmoqda. SHо‘rob va Sulyukta kо‘mir konlari atrofida 20-30 metr qalinlikka ega bо‘lgan oq 17 qum qatlamlari yer yuzasiga kо‘tarilib qolgan.