Mavzu:Qushlar sinfi. Kaptarning tashqi va ichki tuzilishi Qiziqarli Ma‘lumotlar 1. Bugungi kunda odamlar Yer yuzida yashaydigan qushlarning 10 694 turini bilishadi.
2. Tuyaqush tuxumini qaynatish uchun uni 1,5-2 soat vaqt kerak bo‘ladi.
3. Dunyoda umuman qanotlari bo‘lmagan yagona qush - bu kivi.
4. Qushlarning tana harorati odamnikiga nisbatan 7-8 darajaga yuqori.
5. Parvoz paytida laylaklar yerga cho‘kmasdan uxlab qolishga qodir.
6. Qushlar terlamaydi.
7. Dunyodagi eng kichigi tuxum - qo‘ng‘ir qushga tegishli.
8. Qushlarning patlari uning suyaklaridan og‘irroq.
9. Qushlarning yuragi parvoz paytida daqiqasiga 1000 marta, dam olish paytida esa 400 marta uradi.
10. Hajmi bo‘yicha eng katta qush - 2 metrdan oshadigan tuyaqush.
11. Tuyaqushlar, kivilar, kazovarlar, dodoslar va pingvinlar ucha olmaydi.
12. Butun dunyoda zaharli qushlarning 6 turi mavjud.
13. Eng og‘ir qush - dudaki.
14. Chumchuq eng "aqlli" qush hisoblanadi, chunki 100 gramm chumchuq massasiga 4,5 gramm miya to‘g‘ri keladi.
15. Parvoz paytida kal burgut oyoqlarini yuqoriga ko‘tarib, uchishni davom ettirishi mumkin.
Qushlar sinfiga 8600—9000 tagacha tur kiradi. M D H da qushlarning 800 ta turi, shu jumladan, O'rta Osiyoda 450 ta turi va O'zbekistonda 441 ta turi uchraydi. Quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar orasida qushlar sinfi turlarining ko'pligi jihatdan birinchi o'rinda turadi. Qushlarning qazilma topilmalarini hisobga olganda, ular ikkita kenja sinfga bo'linadi:
1. Qadimgi qushlar yoki kaltakesak dumlilar (Archaeornithes) kenja sinfi.
2. Yelpig'ich dumlilar yoki haqiqiy qushlar (Neornithes, Orniturae)
kenja sinfi.
Qushlar Evalyutsiyasi Qushlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sudralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Qushlarning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksning toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. Ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra qushlar sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi PATLAR Ko'p jihatdan qushlar o’z go'zalligi uchun patlardan qarzdor. Ularning sharofati bilan odamlar qushlarni turlarga ajrata olishadi, lekin shu bilan birga ularning xususiyatlari haqida juda kam bilishadi. Biz tabiatning yana bir mo'jizasi bo'lgan va ko'pincha odamlar hayotning eng kutilmagan sohalarida ishlatadigan patlar haqida qiziqarli ma'lumotlarni sizlar uchun taqdim etamiz.
1. Patlar namlanmaydigan maxsus modda bilan qoplangan. Aynan shu hususiyat qushlarni yomg'irdan himoya qiladi. Patning ustiga tushgan tomchilar unga singmasdan pastga tushadi. Xuddi shu sababga ko'ra, suv qushlari hech qachon cho'kmaydi - ularning dumlarida yog' chiqaradigan bez bor. Qushlar uni tumshug'i bilan butun vujudga yoyib, patlarni namlanishidan o’zlarini himoya qilishadi.
2. Patlar qushlarni nafaqat suvdan, balki issiqlik, sovuq va hatto ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qiladi. Aytishimiz mumkinki, bu har xil fasllar uchun universal himoya.
3.Paxmoq patlar hattoki izg’irinda ham qushlar tanasini sovuq haroratdan himoya qila oladi. Gap shundaki paxmot patda ideal izolyator bo'lib, unga hatto sintetik materiallar ham raqib bo’la olmaydi.
5 .Uchish patlarini tuzilishi tufayli miniatyura qanoti deb atash mumkin. Qanotning old tomoni orqa tomoniga nisbatan ko’proq yelpinadi. Ularning magistralida kichik bir truba bor, buning natijasida ular buzilmasdan kuchli egilishga qodir.
4.Tovuslarning yorqin patini optik illyuziya deb atash mumkin, chunki ularning patlari chindan ham jigarrang. Haqiqat shundaki, yorug'lik to’lqinlarining patga tushishi uning rangi o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bu uni rang-barang qiladi. Shunga o'xshash holatni sovun pufakchalarida ham kuzatishingiz mumkin.
6. Boyqushlarning patlari shunday tuzilganki, ularning parvozlari shovqinsiz o’tadi. Bu esa qushlarga qorong'ida o'ljasini hech bir qiyinchiliksiz ovlashga imkon beradi.
7. Parvoz qilish natijasida patlar qariydi va to’kila boshlaydi. To’kilgan patlarning o’rnini esa yangi patlar o’sib chiqish orqali to’ldiradi. Shu bois ham qushlarning qanotlari hech qachon uchish qobiliyatini yo’qotmaydi
8.Pat faqatgina qush va parrandalarda mavjud. Dunyodagi qolgan jonzodlar bunday “mojiza”dan bebahradirlar.