Mavzu: Qushlar sinfi. Kaptarning tashqi va ichki tuzilishi Qiziqarli Ma‘lumotlar



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə4/4
tarix13.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#97046
1   2   3   4
Mavzu Qushlar s-WPS Office

Yo'g'on ichak
Garchi uning nomi yo'g'on ichakning ingichkadan kattaroq ekanligini ko'rsatsa-da, aslida u qisqaroq. Yo'g'on ichakning asosiy vazifasi hazm qilingan moddada mavjud bo'lgan oxirgi suv izlarini o'zlashtirishdir
Kanalizatsiya--Kloakada ovqat hazm qilish qoldiqlari siydik chiqarish tizimining qoldiqlari (karbamid) bilan aralashadi. Qushlar odatda najas moddalarini ovqat hazm qilish tizimidan chiqarib tashlaydi va siydik kislotasi kristallari bilan ajralib chiqadi.
Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi amfibiyalar
va reptiliyalarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan Awalo, qushlarning bosh miyasi, ayniqsa, oldingi miya katta yarimsharlarining rivojlanishi ular turq-atvorining juda murakkabligidan dalolat
beradi.
M a’lumki, qushlarning miyachasi muvozanatni ta'minlaydi va
harakatlar kordinatsiyasini boshqaradi. Shuning uchun ham uchish
qobiliyatiga ega bo‘lgan va murakkab hamda turli-tuman harakatlarni bajaradigan qushlarda miyachaning ahamiyati juda katta. Yana shuni aytish kerakki, agar sudralib yuruvchilar bosh miyasining massasi (vazni) orqa miya vazniga teng bolsa,qushlarda bosh miyaning vazni orqa miyasinikiga nisbatan og‘ir bo‘ladi.
Sezgi organlaridan qushlarda eshitish va ko'rish organlari yaxshi
rivojlangan. Eshitish organlari xuddi sudralib yuruvchilamikiga o'xshab 2 qismdan, ya’ni ichki va o'rta quloqdan iborat. Odatda qushlarda tashqi quloq bo‘limi bo'lmaydi, lekin, ayrim tungi qushlar (boyqushlarda) boshida qulog'i atrofida teri buramalari bo'lib, tashqi quloq bo'limiga o'xshab qolgan.
. Keraksiz mahsulotlarning parchalanishi buyraklarda sodir bo'ladi. Ularda hosil bo'lgan siydik ikkita siydik yo'li orqali kloakaga o'tib undagi chiqindilar bilan birga tashqariga chiqib ketadi. Qushlarda siydik pufagi yo'q. Shu sababli qushlarning sudralib yuruvchilardagiga o'xshash siydik kislotasidan iborat bo'lgan bo'tqasimon siydigi organizmda tutilib turmaydi. Siydik kislota oqsil almashinuvining asosiy mahsuli hisoblanadi.
Qushlarning ayirish organlari sudralib yuruvchilarning ayirish organlariga o'xshash. Qushlarning embrionlarida bir juft tana buyrak bo'lib, voyaga yetgan qushlarda bir juft chanoq buyragi, ya’ni metanefros buyrak bo'ladi
Qushlar buyragining hajmi sudralib yuruvchilarning b a ’zan esa sutemizuvchilarning buyragidan ham katta bo'ladi
.
Siydik orqali qushlardan ko'p suv chiqib ketmaydi, balki kloakaga tushgan siydikning bir qismi yana qaytadan
organizmga so'riladi. Ko'pgina qushlar, jumladan, yirtqich qushlar va ayrim chumchuqsimonlar umuman suv ichmaydi.
Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin