Mavzu: Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo’lgan ezgu g’oyalar,dinimiz arkonlari e’zozlash



Yüklə 29,51 Kb.
səhifə3/3
tarix20.12.2023
ölçüsü29,51 Kb.
#187387
1   2   3
MavzuRamazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo’lgan ezgu g’oyalar,dinimiz arkonlari e’zozlash

Hadisdan olinadigan foydalar:

  1. Roʻza – doʻzaxdan asrab, jannatga eltuvchi vosita.

  2. Roʻza faqat yeb-ichish va shahvatdan tiyilishdan iborat emas.

  3. Haqoratli, bemaʼni, fahsh soʻzlar roʻzani buzadi.

  4. Roʻzador kishi boshqalarga chiroyli muomala qilishi zarur.

  5. Roʻza – nafsning tarbiyachisi.

  6. Roʻza tutishning oʻziga xos fazilatlari bor.

  7. Roʻzadorning savobi miqdorini faqat Alloh taolo biladi.

  8. Roʻza tutgan kishi amalini xolis Alloh uchun qilishi kerak.

  9. Dinda buyurilgan amallardan faqat roʻzada riyo boʻlmaydi.

  10. Roʻzador roʻzadan boshqa yaxshi amallarining har biri evaziga oʻn barobardan yetti yuz barobargacha savob oladi.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ushbu hadislarida roʻza va uning fazilatlari, roʻzadorning zimmasidagi burchlar, uning ajr-savoblarini birma-bir bayon qilganlar. Darhaqiqat, muborak Ramazon oyi kelishi bilan bandalarga mana shunday ulkan savob-ajrlar eshigi ochiladi.
Ramazon haqida quyidagilarni ham eslatib oʻtamiz. Bu oyda ilohiy samodan yer osmoniga Qurʼoni karim nozil qilingan. Ramazon avvali rahmat, oʻrtasi magʻfirat va oxirgi oʻn kunligi doʻzaxdan ozod boʻlish oyidir. Bu oydagi roʻzasi sababli inson bir yilga yetgulik taqvo zodi rohilasini yigʻadi. Alloh taologa imon bilan, savob umidida Ramazon roʻzasini tutgan kishining avvalgi gunohlari magʻfirat qilinadi. Jannatning “Rayyon” deb ataladigan darvozasidan faqat roʻzadorlar kiradi. Shuningdek, Ramazonda Qadr kechasi borki, uning fazilatlari Qurʼoni karim oyatlari va hadislarda oʻz ifodasini topgan.
Nodir QOBILOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
[1] Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihi Buxoriy. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2008. – B 311. Roʻza kitobi, 2-Bob. Roʻza tutmoqning fazilati. 1894-hadis.
Yüklə 29,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin