Mavzu: Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo’lgan ezgu g’oyalar,dinimiz arkonlari e’zozlash



Yüklə 29,51 Kb.
səhifə2/3
tarix20.12.2023
ölçüsü29,51 Kb.
#187387
1   2   3
MavzuRamazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo’lgan ezgu g’oyalar,dinimiz arkonlari e’zozlash

Abu Hurayra roziyallohu anhu – Abdurahmon ibn Soxr Davsiy. Abu Hurayra uning kunyasi boʻlgan. Nima sababdan Abu Hurayra deb laqab olganini bunday hikoya qiladi: “Bir mushukcha topib olgandim va uni yengimda olib yurardim. Shu sababdan meni Abu Hurayra (mushukcha egasi) deya chaqiradigan boʻlishdi”. Hijratning yettinchi yilida islomni qabul qilgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarining barakoti sababli u zotdan eng koʻp hadis rivoyat qilgan sahobiydir. Alloh taoloning fazli bilan uch yilda 600000 hadis yod olgan. Bu hadis rivoyat qilish borasida Abu Hurayra alohida maqomga ega ekanini anglatadi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayrani yaktaklariga oʻtqazib, uni yaktaklari bilan oʻrab: “Ey Abu Hurayra, ilm senga yuqsin!” deb duo qilganlar. Abu Hurayra: “Oʻshandan keyin hech narsa esimdan chiqib ketmaydigan boʻldi”, deb rivoyat qiladi.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Abu Hurayra haqida: “Biz oʻz ekinimiz, bogʻlarimiz, chorvamiz bilan mashgʻul boʻlib turganimizda Abu Hurayra Paygʻambarimizning yonlarida ahli sufa bilan u zotdan ilm yod olar edi”, degan.
Abu Hurayra Abdurahmon ibn Soxr Davsiy roziyallohu anhu 78 yoshida hijriy 57 yili Madinada vafot etgan.
Hadisning umumiy maʼnosi:
Roʻza doʻzax oʻtidan asrovchi vositadir!”
Ramazon oyi kelishi sababli jannat eshiklari ochib, doʻzax eshiklari berkitilar ekan. Shaytonlar kishanband qilinib, Alloh taoloning rahmat farishtalari yer yuziga tusharkan. Ramazon oyining fazilatlaridan biri roʻza oʻz sohibini doʻzax oʻtidan asrashidir. Inson roʻza tutish bilan gunoh ishlardan saqlanishga harakat qiladi. Roʻza insondagi shahvoniy hirsni boʻgʻib turadi. Shuning uchun Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam roʻza ibodatini “doʻzaxdan asrovchi vosita” deganlar.
Binobarin, roʻza tutgan kishi haqoratli soʻzlarni tilga olmasin, soʻzlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin!
Roʻza tutmoq faqat yeb-ichishdan tiyilish va shahvoniy hirsni jilovlashdan iborat emas. Roʻza farz qilinishining asosiy hikmati bandalarda taqvo hosil qilish, musulmonlarning maʼnaviy-ruhiy dunyosini poklashdir. Buni Alloh taolo Baqara surasining 183-oyatida maʼlum qilgan.
Insonning ruhiy va maʼnaviy dunyosini poklab, xulqini oliy darajaga koʻtaradigan ishlardan biri bemaʼni soʻzlar; haqorat, masxaralash, behuda gap-soʻz, gʻiybat, boʻhtonlardan tiyilishdir. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam roʻza tutgan kishi oʻzini mana shunday qabihliklardan saqlashi kerakligini taʼkidlayaptilar. Tilni bunday beʼmani narsalardan saqlamaslik roʻzaning asl mohiyatiga putur yetkazib, uning savobidan mahrum boʻlishga olib kelishi mumkin.
Agar biror kishi roʻzador bilan urishsa yoki uni haqorat qilsa, roʻzador ikki bor: “Men roʻzadorman” desin!”
Roʻza tutgan kishiga xos boʻlgan odoblardan biri atrofidagilar bilan chiroyli muomaladir. Ulardan birortasi bilan janjallashib qolgudek boʻlsa, birodariga oʻzining roʻzador ekanini eslatib qoʻyishi darkor. Zero, roʻzani buzuvchi omillar sirasiga faqat yeb-ichish emas, balki tildan chiqadigan bemaʼni soʻzlar ham kiradi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam roʻzaning fazilati, mazmun-mohiyati, uni buzuvchi amallarga ishora qilib oʻtganlaridan keyin roʻzadorning fazilatlari va uning savoblarini bayon qilyaptilar:
Jonim qoʻlida boʻlgan Zot – Allohga qasamki, roʻzadorning ogʻzidan kelgan hid Allohning nazdida mushki anbardan ham xushboʻyroqdir”.
Roʻzador odamning oshqozonidan ochlik sababli chiqayotgan hid majoziy maʼnoda mushki anbarning hididan ham afzalroqdir. Chunki bunga sabab boʻlgan narsa Alloh taoloning amriga itoat qilib, yeb-ichishdan saqlanishdir.
Chunki Alloh taolo: “Roʻzador Meni deb yeb-ichmaydi va Meni deb roʻza tutadi, binobarin, uning mukofotini oʻzim beraman”, deydi”.
Musulmon odam yeb-ichishdan tiyilib roʻza tutishining sababi Alloh taoloning amriga itoat va Uning roziligiga erishish istagidir. Farishtalar musulmon kishining har bir savob amalini yozib boradi, faqat roʻza mustasnodir. Chunki, uning savobi qanchaligini na inson va na farishtalar biladi. Bandalar qilgan boshqa xayrli, savobli ishlarda xolislik kamayishi yoki riyo alomatlari boʻlishi mumkin ekan, ammo faqat roʻza amalida bunday holatlar boʻlmas ekan. Shu sababli Alloh taolo bandaning roʻzasi savobini faqat Oʻzi bilishi va shunga yarasha mukofotini ham Oʻzi berishini aytyapti.
“…va har bir yaxshiligi evaziga mendan oʻn barobar mukofot oladi”.
Shuningdek, roʻzador inson qilgan boshqa xayrli, savobli ishlarining har biri uchun kamida oʻn barobar mukofot oladi.

Yüklə 29,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin