Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Sun’iy intellekt haqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib Stanford universitetining(AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956-yili tashkil topgan ilmiy to’garakda paydo bo’ldi. Bu to'garak tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygohi "Elektronika va xisoblash texnikasi" fakultetining faxriy professori Marvin Minskiy, "masalalarni universal hal qiluvchi" va "mantiqiy nazariyotchi" intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori — kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-Mellen dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Gerbert Seyman, hisoblash texnikasining ko'zga ko’ringan mutaxassislari Artur Semuel, Oliver Selfridj, Manshenon va boshqalar kirar edilar. Aynan shu to’garakda "Sun’iy intellekt" tushunchasi paydo bo’ldi.