Mavzu: Raqamli O’zbekiston modeli va undagi afzalliklar



Yüklə 224,27 Kb.
səhifə2/3
tarix11.05.2023
ölçüsü224,27 Kb.
#111727
1   2   3
222222222 (2)

Bu tamoyillar: 1. Erkin va adolatli saylovlar. 2. Ochiq va hisobot beruvchi hukumat. 3. Inson huquqlarining ustuvorligi. 4. Hokimiyat organlarining saylanib qo'yilishi. 5. So'z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi. 6. Qonun ustuvorligi. 7. Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi. 8. Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi. 9. Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjudligi. 10. Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o'tkazilishi. 11. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi. 12. Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko'rsatishi. 13. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi.

Asosiy qism:O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li

Bu asar Prezident Islom Karimov tomonidan 1992 yilda yozildi. Asarda O'zbekiston taraqqiyotining o'ziga xos yo'li va demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi., bu asar 5 qism, bo'limlarni o'zida ifoda etadi. Bular: 1. O'z yo'limizning shart-sharoiti va zaminlari. 2. O'zbekiston demokratik va itimoiy adolat jamiyati. 3. Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat. 4. Ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish - mustaqil O'zbekiston ichki siyosatining negizlari. 5. Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari.

Bizning bosh strategik maqsadimiz

Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon qayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo'lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.

Ozbek modeli haqida hamkorlar fikri.


O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o'ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan. Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan yutuqlar va marralardan har qancha faxrlansak, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o’tgan asrning 90-yillarida sobiq sho’ro saltanatidan qolgan ayanchli meros - biryoqlama rivojlangan, faqat xom ashyo yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va bedodlikdan xalqimizning sabr-kosasi to’lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash holatiga yetib borganini aslo unutib bo’lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo’lining chekkasida qolgan mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan umidini uzgan xalqni o’ta murakkab vaziyatdan izchil va barqaror rivojlanishyo’liga olib chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta.Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda yurtning boshiga, uzoq va yaqin tariximizda bo’lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz bir rahbar kelib qolganida nimalar bo’lishi mumkinligini tasavvur qilishning o’zi dahshatli. Unday holatda xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi. Toley baland xalq ekanmizki, Yaratgan peshonamizga uzoqni ko’ra biladigan, mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi!
Xulosa:Mustaqil Vatanimiz o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga boyligi bilan asrlarga teng yangi tarixi davomida o’z vaqtida tanlangan, har tomonlama o’zini oqlagan, to’g’riligini hayotning o’zi isbotlagan, jahonda taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan o’zining buyuk kelajagi sari qatiyat bilan bormoqda. Bugun bu modelning o’ziga xos va o’ziga mos jihatlarini, berayotgan samaralari ko’plab mamlakatlarda o’rganilmoqda, xalqaro ekspertlar, olimlar va siyosatchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda.Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz tanlagan yo’l -iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligiga asoslangan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohatchilik vazifasini o’z zimmasiga olishi, jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko’zda tutadigan mashhur besh tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli» samarasida milliy davlatchiligimizning mustahkam tamal toshi qo’yildi, mamlakatimiz izchil va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdiBu yo’lning hayotbaxsh samaralari - ozod va obod Vatanimizning go’zal va betakror qiyofasi, shahru qishloqlarimiz jamoli, xalkimiz farovonligida asrlar davomida namoyon bo’laveradi!

Yüklə 224,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin