Anotatsiya: O‘zbekiston istiqlol tufayli o‘z taraqqiyotining tamomila yangi bo‘lgan tarixiy davriga qadam qo‘ydi. Mana shu davrning eng muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, endilikda xalqimiz o‘zining tub manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, rivojlanish strategiyasini belgilab olish va uni mustaqil amalga oshirishdek tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan shart-sharoitlarga erishdi.Ushbu maqolada Raqamli O’zbekistonni yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan.
Kalit so’zlar:O’zbek modeli,Strategik maqsad,Milliy davlatchilik,Prezident,Siyosiy muholifat,Mulk shakllari
Kirish:Raqamli O’zbekiston modeli tushunchasi
Raqamli O’zbekiston modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloq etishdir
Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
2. Davlat - bosh isloqotchi.
3. Qonunning ustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish.
Taraqqiyotning "O'zbek modeli”
Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi. Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo'lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Dunyoviy davlat tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e'tirof etgan asosiy tamoyillariga asoslanadi.